Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
oltin stafilokokkni oqsilli organizmga moddalami yo‘naltirilgan
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Nanobakterin: Haqiqatmi yoki ba’zi bir olimlarni xayoliy adashishimi
- 89-rasm. Nanobakteriyalar (skanirlovchi elektron mikroskoplar yordamida suratga olingan).
- Nimaga asoslanib nanobakteriyalar borligi haqida xabar qilingan
- Birinchidan
oltin stafilokokkni oqsilli organizmga moddalami yo‘naltirilgan
transporti vositalarini xarakteristikasini tuzatish maqsadida ishlatilishi mumkin ekanligi aniqlangan. 157 Hozirgi vaqtda, Aydako universiteti olimlari «super mikrob» oqsilidan foydalanib, biosensorlar yaratish ustida ishlamoqdalar. 4. Nanobakterin: Haqiqatmi yoki ba’zi bir olimlarni xayoliy adashishimi? Finlyandiyaning Kuopio shahridagi universitetning xodimi O.Kayander juda kichik mikroorganizm ajratib olgan va uni nanobakteriya deb atagan (89-rasm). 89-rasm. Nanobakteriyalar (skanirlovchi elektron mikroskoplar yordamida suratga olingan). Nanobakteriyani uzunligi 20-150 nm oralig‘ida bo‘ladi. Demak, u hozirgacha aniq bo‘lgan bakteriyalar, zamburug‘ sporalari yoki ko‘p hujayrali organizmlar hujayralaridan ancha kichik. Nimaga asoslanib nanobakteriyalar borligi haqida xabar qilingan? Elektron mikroskop yordamida tadqiqotchilar tashqi ko‘rinishidan dumaloq shaklga ega boMgan bakteriyalarni eslatuvchi tartibli strukturalami kuzatganlar va rasmga olganlar (89-rasm). Keyingi kuzatishlarda «sirli nanostrukturalar»ni ko‘payishi aniqlangan. Ushbu kuzatishlar olimlarni nanobakteriyalar deb nomlangan hayotni yangi strukturasi bilan tadqiqotlar olib borishga ishontirgan. Birinchidan, nanobakteriyalar mustaqil hayot jarayonlarini olib borishlari uchun juda kichik. Ikkinchidan, ulami ichiga moddalar almashinuvi va ko‘payishni ta’minlovchi molekulalar va strukturalar sig‘maydi. Ammo 1990-yillami boshlarida finlyandiyalik olim 158 O.Kayanderni va uning tarafdorlarini nanobakteriyalar borligi haqidagi fikrlari, o‘zini paleontologik tasdig'ini topgan. AQSH ni Texas universiteti geolog olimi R.Folk Rim atrofidagi issiq manbalaming mineral qoldiqlarini kuzatish jarayonida, elektron mikroskopda O. Kayander topgan strukturaga o‘xshagan jonli struktura borligini kuzatgan. Keyinroq, avstriyalik geologlar dengiz sathidan 3,5 km pastda kontinentni g‘arbiy qirg‘og‘idagi qumlami kuzata borib, uning sirtida miniaturali qismlardan iborat bo‘lgan, uzunligi 20 dan 128 nm gacha bo'lgan ipsimon jonivorlami kuzatganlar. Bu struktura tashqi ko‘rinishi bo‘yicha zamburug‘ iplarini eslatgan. Avstriyalik tadqiqotchilar, mikroblarga o‘xshatib o‘zlari kuzatgan strukturani «nanobam» lar deb ataganlar. Nanobakteriyalami o‘lchami shunchalik darajada kichik boMganki, ulami ichidan hatto DNKni bir necha molekulalariga ham joy topish amri mahol bo‘lgan. Tirik hujayralami boshqa strukturalari haqida gapirmasa ham bo'ladi. Shuning uchun olimlar, nanobamlar barcha boshqa organizmlardan nafaqat o‘lchamlari, balki faoliyat ko‘rsatish mohiyati bilan ham farq qilishini taxmin qilganlar. O. Kayandemi fikriga ko‘ra nanobamlar, aminokislotalar va yog‘ kislotalarini o‘zlari sintez qilmaydi va ulami atrof-muhitdan tayyor oladi. Balki nanobamlar hamkorlikda hayot ko‘rish uchun koloniyalar hosil qiladi yoki ulami genlari shunday tarqalganki, nanoblar faqat gumhlarga birlashgan holatdagina ko‘payishlari mumkin. Bu muammo haqida yagona fikrga kelinmagan va O.Kayander kuzatgan nanobakteriyalar haqidagi tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda. Nanobakteriyalami ko‘payishlari mumkinligi, tirik borliq haqida Trolland-Myuller taklif qilgan konsepsiyaga asosan, ulami tirik deb tan olishga majbur qiladi. O. Kayander va boshqa olimlami fikrlaricha, nanobakteriyalar har xil kasalliklarni keltirib chiqarishlari mumkin va shuning uchun ham o‘ta xavilidir. Ular bosh miya, buyrak va boshqa organlaming hujayralarini o‘limga olib kelishlari mumkin. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling