kirganlaridan keyingina oladi.Viruslar tabiatda keng tarqalgan, ular
barcha tirik organizmlarni kasallantiradi.
Ular odamlarni har xil
kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi: gripp, ospa, poliomielit,
qutirish, ensefalit, xatarli shishlar, OITS, tepki va h.k.
Viruslar 1892-yilda rus botanigi D.I.
Ivanovskiy tamaki mozaikasi
kasalligi haqidagi tadqiqotlarining natijalarini e’lon qilgandan keyingina
fanga ma’lum bo‘ldi. Oradan 7 yil o‘tgach,
gollandiyalik mikrobiolog
M. Beyemik «virus» degan atamani taklif qilgan.
Tirik bo‘lmagan va tirik tabiat orasida o‘ziga xos ko‘prik
vazifasini bajarib turgan viruslar qanday tuzilgan? Viruslami
o‘lchami 20-100 nm va faqat ba’zi viruslargina (masalan, ospa virusi)
300 nm ga teng. Ulami ko‘pchi!igini faqat elektron mikroskopda ko‘rish
mumkin
xolos.
Viruslami
tuzilishi
juda
sodda.
Ular
ikki
komponentdan, nuklein kislotalari (DNK
va RNK)
hamda oqsilli
qavatdan tuzilgan. Nuklein kislota -
irsiy axborotni tashuvchisi
(genetik material), oqsillar esa uni himoya qiladi va fermentatsiya
jarayonini ta’minlaydi. OITS virusiga o ‘xshagan
murakkab viruslar
qo‘shimcha tashqi qavatga (lipidli membrana) ega. Tashqi qavatda
glikoproteinlar - retseptorlar joylashgan va ular xo‘jayin
hujayrani
tanishga (topishga) yordam qiladi (90-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: