U o ‘ziga xos komplementar bo‘lgan
antigen uchastkasini tanib
olishini ta’minlaydi va u bilan aloqaga kiradi. Shu bilan antitana
antigenni zararsizlantiradi.
4. Gumanizatsiya. Gen injenerlari, sichqonni antitana polipeptidini
kodlovchi genini (DNK uchastkasini) o'zgartiradi.
Natijada sichqonni
antitanalarida odam antitanalari polipeptidlarini fragmentlari paydo
bo‘ladi. Mana shu modifikatsiya tufayli kasalni immun sistemasi
sichqonni antitanasini xuddi begona moddaga o‘xshatib
qabul qilmay
qo‘yadi.
Antitanalarni ishlatilishi. Antigenlar sog‘lom hujayralami ham,
rak hujayralami ham plazmalemmalarida uchraydi. Ammo kasallangan
hujayrani antigeni bilan sog‘lom hujayrani antigeni orasida farq bor. Bu
kasal
hujayra orqali bir antitana, sog'lom hujayra bilan boshqa antitana
bog‘lanadi degan tushunchani beradi.
Mana shu sog‘lom va rak hujayralari antigenlari orasidagi
farqdan onkologik kasalliklarni davolashda foydalansa bo‘ladimi?
Bu muammoni yechish uchun olimlar, rak hujayralari antigenlariga mos
keladigan
antitanadan
(monoklonal
antitanadan)
foydalandilar.
Antitanalar ferromagnit mikroboMakchalariga «bog‘landi». Shu yo‘l
bilan rak hujayralari uchun o‘ziga xos bo‘lgan
immunomagnitli
sorbent tayyorlab olindi. Organda bu sorbent faqat kasal hujayralar
bilan birikma hosil qiladi xolos. Bunday
organ magnit maydoniga
solinganda undan rak hujayralami tanlab chiqishi kuzatildi. Bunday
ajralib chiqishni sorbentning mikrobo‘lakchalari amalga oshirdi.
Mikrobo‘lakchalar rak hujayralari bilan «bog‘lanib», magnit maydonida
bir tomonlama harakatlandi. Organ rak hujayradan tozalanadi.
Mana shu
tartibda, olimlar yuqorida keltirilgan muammoni yechishga muvaffaq
bo'ldilar va antitanalar asosida samarali hamda nisbatan xavfsiz boMgan
davolash usulini yaratdilar.
Onkologik kasallik og‘ir o'tayotgan holatlarda,
organdan rak
hujayralami ajratib, chiqarib tashlash organni sog'lomlashtirish uchun
yetarli emas. Bunday holatlarda, organ (yoki uni bir qismi) sog'lom
hujayralami transplantatsiyasiga muhtojlik sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: