Nanotrubkalami sirtini o‘zgartirishni eng keng tarqalgan usullaridan
bin, ulami sirtiga polietilenglikol bog‘lashdir.
Shunday nanotrubkalar
dorivor moddalami unchalik katta boMmagan molekulalaridan boshlab,
makromolekulalargacha (DNK, oqsil) bo‘lgan
moddalami tashish
xususiyatiga ega.
Hujayralarni
nanoqoziqchalarga
«o‘tqazish».
Moddalami
hujayraga yetkazish uchun bar xil usullardan foydalaniladi. Masalan,
oqsil virusga bog‘lanishi yoki bir-biriga, ya’ni
boshqa oqsilga
bog‘lanishi mumkin. Ammo bunday usullar ko‘pincha qisqa spetsifik
bo'lib, ular faqat ma’lum birikmalar va hujayra
tiplariga moijallangan
bo‘ladi. Bu esa, muammoni yana qiyinlashtiradi.
Dorivor moddalami bar xil tipdagi hujayralarga yetkazadigan
universal usul yaratish mumkinmi? Bu
muammoni yechishga
qaratilgan bir taklifni Garvard universiteti (AQSH) professori X.Park
rahbarligidagi olimlar tomonidan berilgan. Ular trupkalar vertikal
sepilgan asosda o‘stirilgan hujayralar hech
qanday shikastlanmasdan
o‘zlarini normal tutishlarini kuzatdilar.
Bir necha soatdan keyin,
hujayralar o'zlarining og‘irligidan sekin pasayib, nanotrubkaga «o‘tirib»
qolishlarini va ularga hech qanday zarar yetkazmasligini kuzatganlar.
Bunday «operatsiya»dan keyin hujayralar yaxshi o‘sib, rivojlanishlari va
bo‘linishlari ham tajribada kuzatilgan (125, 126-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: