Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
-rasm. Nanostrukturalangan va oddiy titandan tayyorlangan
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titanli implantatlarni biologik mosligini qanday ko‘tarish mumkin
135-rasm. Nanostrukturalangan va oddiy titandan tayyorlangan
implantatlar: A- Timplant (Chexiya) firmasi tayyorlagan stomatologik implantatlar; Nanoimplant ®, d=2.4mm; Timplant , d=3.5 mm; B- umurtqa pog'onasini korreksiya qiladigan implantatlar. Afsuski, nanostrukturalangan titan o‘zining xossalari bo‘yicha orga- nizmning har qanday to‘qimalaridan, jumladan suyak to‘qimalaridan ham ancha farq qiladi. Titanli implantatlarni biologik mosligini qanday ko‘tarish mumkin? Bu muammoni yechishni bir varianti, implantatlarni sirtiga maxsus ishlov berish {modifikatsiya). Dastlab, implantatlarni sirtiga g‘o- vakli va g'adir-budirlik beriladi. Keyin uni ustiga xossalari bo‘yicha odam- ni suyak to‘qimasini xossalariga yaqin turadigan qoplama bilan qoplanadi. Bunday qoplama asosini hayvon kollagenlari va gidroksiapatitni sintetik nanostrukturalari tashkil qiladi. Bundan tashqari, kompozitsion 243 materialga (preparatga) biologik fool moddalar, o‘stiruvchi faktor va adgeziya faktorlari kiritilishlari mumkin. Ular suyak to‘qimasining normal faoliyatini va shikastlangan suyakni tezda bitib ketishini ta’minlaydi. Implantatlarga qoplama sifatida uglerodli nanotrupkalar va fulleren saqlagan materiallar ham ishlatiladi. MaMumki, uglerod tirik organizm- larni asosiy elementlaridan biri va sezilarli salbiy reaksiya chaqirmasligi kerak. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda uglerodli plyonkalar yaxshi biologik moslikka ega ekanligini ko‘rsatgan. Metallardan farqli o‘laroq, tirik to‘qima va qon bilan o‘zaro munosabatga kirgan uglerodli nanostrukturalar organizmni zaharlovchi faol ionlar hosil qilmaydi. Hatto, implantatdan ajralganda ham yetarli darajada katta oMchamga ega bo‘lgan uglerodli zarrachalar organizmda immun reaksiya chaqirmaydi. Ba’zi bir metallardan tibbiyot amaliyotida foydalanishni istiqbolli sohasi, ulami oldingi shaklni «eslab qolishiga» asoslanadi. Bu xususiyat birinchi marta, o'tgan asmi 50-yillarida oltinni kadmiy bilan qotishmasida sezilgan: qotishma past haroratda deformatsiyaga uchragan va kritik haroratgacha isitilganda yana eski holatiga qaytgan. Bu hodisa shaklni eslash samarasi deb nom olgan. XX asmi oxiriga kelib, shaklni eslash samarasi 20 dan ko‘proq qotishmalarda topilgan. Shular orasida eng ko‘p tarqalgan va qayta tiklash tibbiyotida keng ishlatiladigan nikelni titan bilan qotishmasi nitinol hisoblanadi. Nitinoldan fiksatorlar va bo‘g‘inlar uchun skobalar, tomirlami ichidagi yupqa devorlar, tibbiyot instrumentlarini ishchi qismlarini tayyorlash mumkin (136-rasm). Bu qotishmalami foydali xususiyati shaklni eslash samarasi bilan birga yuqori darajada egiluvchanligidir. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling