Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186
Titanni 
qanday 
xususiyatlari 
meditsinada 
foydalanishni 
ta’minladi?
Titan va uning qotishmalarini qimmatbaho xossalari quyidagilar:
- yuqori biologik mosligi;
- korroziyaga chidamliligi;
- magnitli xossalarini yo‘qligi;
- issiq o‘tkazuvchanligini pastligi;
- solishtirma og'irligini (po‘latga nisbatan) pastligi.
Titanni yuqori darajada korroziyaga chidamliligi, uning sirtida tezda 
asosiy metall bilan mustahkam bog'langan oksidli plyonka hosil 
qilishidir. Bu plyonka metall bilan tirik organizmning korrozion - faol 
muhitini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishidan saqlaydi. Hozirgi vaqtda
implantatlar tayyorlash uchun ko'proq texnik toza titan hamda titanli 
qotishmalar: Ti-4AL-6M, Ti-55Al-2Sn, Ti-2.5Al-5Mo-5V va boshqalar 
ishlatiladi.
Ammo o‘zini mexanik xarakteristikasi bo‘yicha titanli qotishmalar 
po‘latdan pastroq turadi. Bunda yuqorida keltirilgan qotishmalarni 
ko‘pchiligi tirik organizm uchun zaharli bo‘lgan qotishtiruvchi 
kimyoviy elementlar (Ni, Al, V va boshqalar) saqlaydi. Tajribalarda 
korroziyaga chidamli bo‘lgan titanli qotishmalardan biri Ti-6Al-4Vni 
suyak hujayralariga nisbatan zaharli ta’siri borligi aniqlangan. Shuning 
bilan birga, yuqorida keltirilgan qotishtiruvchi elementlar saqlamagan
242


qotishmalar suyak to‘qimalari hujayralariga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Shunday ekan, qotishtiruvchi elementlardan foydalanmasdan, titanning 
mexanik xususiyatlarini qanday osbirish mumkin?
Bu muammoni hal qilish variantlaridan biri - titanli qotishmalami 
toza nanostrukturalangan titan bilan almashtirish. Nanostrukturalangan 
holatda (bo‘lakchani o‘lchami 100 nmdan kichik) titanni mexanik tavsifi 
(mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, cho'ziluvchanlik xususiyatlari) 
titan qotishmalarini xossalariga yetib keladi. Mexanik mustahkamlik 
nanostrukturalangan titandan tayyorlangan implantatlarda, dastlabki toza 
titandan tayyorlanganlaridan 2-3 marta balandroq bo‘ladi.
Shunday qilib, titanni nanostrukturalaridan nafis va shikast 
chaqirmaydigan, talab qilingan mexanik xossalarga ega bo‘lgan 
implantatlar tayyorlash mumkin (135-rasm).

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling