Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
5. To‘qima injeneriyasi
245 buyrak 137-rasm. To 'qima muhandisliginingprinsipi. «Ideal» (mukammal) matriks qanday xossalarga ega bo'lishi kerak? 1. Matriks xo‘jayin-organizm to‘qimalarini strukturasiga o‘xshagan va to'qimani bo‘shliqda o ‘sishini ta’minlashi kerak. 2. Matriks butun hujayraga ozuqa moddalari kirishini ta’minlab turadigan yirik g‘ovakchalar majmuasiga ega bo'lishi kerak. 3. Matrikslami sirti ma’lum strukturaga ega bo‘lishi kerak, chunki matrikslardagi nanometr darajasidagi g‘ovaklar tartibi yoki ularni sirtini g‘adir-budirligi, ularga yopishadigan hujayralami funksional faolligiga ta’sir ko'rsatadi. 4. Mukammal matriks uchun zarur bo‘lgan xususiyat - bu bioparchalanish xususiyati. Matriks parchalangandan key in hosil bo‘la- digan mahsulotlar organizmdan tez chiqib ketishi kerak. 5. Optimal karkaslar to‘qima hujayralarini o‘z-o‘zidan tiklanishini faollashtiradi (matriks materiallariga, biologik faol moddalar, hujayralami o‘stirish faktorlari, dorivor moddalar qo‘shish mumkin). 246 6. Matriksni mexanik xususiyatlari xo‘jayin-organizmni to‘qima- larini xususiyatlariga mos kelishlari kerak. Matrikslar biologik to‘qimalardan tayyorlanadi. Buning uchun ulardan hujayralami chiqarib tashlash va hujayralararo moddalarning uchlamchi strukturasini saqlab qolish o‘ta muhimdir. Shuningdek, matrikslami noorganik va organik materiallardan, masalan, sopol, gidroksilappatit, polimerlar, kollagen, jelatin, marjon va boshqa birikmalar asosida ham tayyorlash mumkin. Parchalanmaydigan matrikslardan foydalanilganda, organizmda begona materialni uzoq vaqt davomida qolib ketishi bilan aloqador bo'lgan muammolar paydo bo‘ladi. Matrikslar tayyorlashda biologik parchalanuvchi polimerlarga ustuvorlik berilishi ham mana shu bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda, bu maqsadda sut va glikol kislotasi asosida tayyorlangan polimerlardan keng foydalanib kelinmoqda. Aynan shular asosida teri, suyak, tog‘ay, pay, mushak tolalari va boshqalar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Matriks tayyorlashni istiqbolli usullaridan biri elektrostatik Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling