Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


-rasm. Nanotrubka bo'shlig'idagi molekulalar. Kompyuter modeli


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
123-rasm. Nanotrubka bo'shlig'idagi molekulalar. Kompyuter modeli,
Nanotrubkalami dorivor moddalar tashuvchisi sifatida ishlatishni 
eng zarur sharti ularning sirtini o'zgartirish (funksionalizatsiya qilish, 
faollashtirish). Bu jarayon nanotrubkalami sirtiga dorivor moddalar 
orasida bog'lovchi vazifasini bajaruvchi kimyoviy guruhlami bog‘lash 
orqali amalga oshiriladi (124-rasm).
124-rasm. Funksionalizatsiya qilingan nanotrubkaning kompyuter 
modeli.
232


Nanotrubkalami sirtini o‘zgartirishni eng keng tarqalgan usullaridan 
bin, ulami sirtiga polietilenglikol bog‘lashdir. Shunday nanotrubkalar 
dorivor moddalami unchalik katta boMmagan molekulalaridan boshlab, 
makromolekulalargacha (DNK, oqsil) bo‘lgan moddalami tashish 
xususiyatiga ega.
Hujayralarni 
nanoqoziqchalarga 
«o‘tqazish». 
Moddalami 
hujayraga yetkazish uchun bar xil usullardan foydalaniladi. Masalan, 
oqsil virusga bog‘lanishi yoki bir-biriga, ya’ni boshqa oqsilga 
bog‘lanishi mumkin. Ammo bunday usullar ko‘pincha qisqa spetsifik 
bo'lib, ular faqat ma’lum birikmalar va hujayra tiplariga moijallangan 
bo‘ladi. Bu esa, muammoni yana qiyinlashtiradi.
Dorivor moddalami bar xil tipdagi hujayralarga yetkazadigan 
universal usul yaratish mumkinmi? Bu muammoni yechishga 
qaratilgan bir taklifni Garvard universiteti (AQSH) professori X.Park 
rahbarligidagi olimlar tomonidan berilgan. Ular trupkalar vertikal 
sepilgan asosda o‘stirilgan hujayralar hech qanday shikastlanmasdan 
o‘zlarini normal tutishlarini kuzatdilar. 
Bir necha soatdan keyin, 
hujayralar o'zlarining og‘irligidan sekin pasayib, nanotrubkaga «o‘tirib» 
qolishlarini va ularga hech qanday zarar yetkazmasligini kuzatganlar. 
Bunday «operatsiya»dan keyin hujayralar yaxshi o‘sib, rivojlanishlari va 
bo‘linishlari ham tajribada kuzatilgan (125, 126-rasmlar).

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling