Demak, olimlar nanotrubkalar teshib o‘tgan hujayralarga osonlik
bilan kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa,
bunday hujayralarga
chegaralanmagan holda kerakli molekulani yetkazishga yo‘l ochib
beradi.
Bu tadbir qanday amalga oshiriladi? Birinchi navbatda
organizmga kiritilishi kerak bo‘lgan modda
yoki moddalar nisbatan
bo‘shroq (mustahkam qilmasdan) qilib, nanotrubkani sirtiga bogManadi.
Hujayra ekilib, rivojlanib, nanotrubkalar ulami teshib kirganlaridan
keyin, molekulalar hujayra ichiga kirib oladi (126-rasm).
Agar nanotrubkani uzunligi o‘zgartirilsa,
moddani hujayraning
kerakli joyiga yetkazib berish imkoni paydo bo‘ladi. X.Park
rahbarligidagi guruh RNK, DNK va oqsillami har xil tipdagi
hujayralarga kiritib, bu usulni universal ekanligini namoyish qildilar.
Nanotrubkalar massivini tashkil qilish
unchalik murakkab ish emas,
buning ustiga nanotrubkalarga har xil molekulalar bog‘lab, hujayraga
katta miqdordagi moddalarni birdaniga kiritish mumkin.
3. Virus kasalliklarini diagnostikasida, sun’iy antitelalar olish va
ishlatishda nanobiotexnologiyalardan foydalanish
Virusli infeksiyani diagnostikasi juda ko‘p
xilma-xil usullar
yaratilganiga qaramasdan o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Yuqumli kasalliklar diagnostikasi bo‘yicha birinchi navbatda
qanday vazifalarni bajarish kerak?
- diagnoz qo'yish tadbirlarini tezlatish;
- kasallik chaqiradigan viruslami aniqlash usullarining sezgirligini
oshirish;
- kasallik chaqiradigan viruslami juda kam miqdorda ham
aniqlashni
yo‘lg aq o ‘yish;
- nusxani nafaqat sifat, balki miqdoriy analizini yo‘lga qo‘yish.
Bu vazifalarni bajarishda atom-kuchli mikroskopdan foydalanish
dolzarb hisoblanadi. Bu usul qisqa
vaqtda bir necha nanometrli
nusxaning sirtqi ko‘rinishini aniqlashga imkon beradi.
Atom-kuchli
mikroskop
immunoglobulinlami
(oqsil
tabiatli
antitana) qo‘shimcha ishlov bermasdan aniqlash imkonini beradi. Bu
usul immunoglobulinlaming molekulalarini shakllari va o ‘lchamlaridagi
farqqa asoslangan (127, 128-rasmlar). Xuddi shu usul bilan viruslami
ustki qavatidagi oqsillami aniqlash ham mumkin (bu oqsillar antigenlar
rolini bajaradi).
234