Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet64/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

15.1.1-jadval
Innovatsiyalarning tasniflanishi



Tasniflash belgisi

Innovatsiyalarni tasnifiy guruhlash

1.

Natijasi innovatsiyalar bo‘lgan FTT bosqichlari va innovatsiyalarni qo‘llash sohalari

Ilmiy,texnik, texnologik, axborot, tashkiliy boshqaruv, ijtimoiy

2.

Innovatsiyalarni amalga oshirish sur’atlari

Jadal, sekinlashgan, o‘sib boruvchi, bir tekis, sakrashsimon

3.

Innovatsiyalarni ko‘lami

Transkontinental, trans-milliy, mintaqaviy, yirik, o‘rta, mayda

4.

Innovatsiyalarning amaliyotdagi natijaviyligi

Yuqori, past, barqaror

5.

Innovatsiyalar samaradorligi shakliga ko‘ra

Iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, integral

15.1.1-jadvalda keltirilganinnovatsiyalarning tasnifigako‘ra ularni aniq, to‘la va ob’ektiv baholash hamda natija­viy­li­gi­ni aniqlash korxonalar amaliyotida boshqarish usullarini tanlash imko­nini beradi.


Nazariy jihatdan innovatsiyalarning har xil turlarini amaliyotga qo‘llash sohasidan kelib chiqib, ular strategiyalarini belgilash hamda bir qator muhim vazifalarni hal etishda namoyon bo‘ladi. Bu esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tashkiliy-boshqaruv, innovatsion strategiya –ishlab chiqa­rish­da transport, sotish va ta’minot sohalarini tashkil qilish jarayonlarida;

  • texnik strategiya – yangiyoki takomillashgan xususiyatlarga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladi;

  • axborot strategiyasi – ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohasidagi ratsional axborot oqimlarini tashkil qilish, axborot olishning tezkorligi va ishonchliligini oshirish vazifalarini hal qilishdanamoyon bo‘ladi;

  • ijtimoiy strategiya – mehnat sharoitlarini yaxshilashga, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muammolarini hal qilishda namoyon bo‘ladi.

Umuman olganda, zamonaviy innovatsion menejment konsep­siyasini shakllantirish jarayoni korxonalar darajasida (yaratil­gan yangiliklar bo‘yicha) uchta asosiy guruhga ajratiladi:
1) yangi namunadagi tovarlar (mahsulotlar) ishlab chiqariladi va bunda ularni iste’mol qilish jarayonida sifat jihatidan mut­laqo yangi mahsulotlarni yaratishni tashkil etadi;
2) texnologik yangiliklar – eski yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishning tubdan yangi usullari yoki texnologiyalarini o‘z tarkibida mujassamlashtiradi;
3) boshqaruv yangiliklari. Bunda boshqaruv apparati tomonidan korxonalar faoliyatini takomillashtirish jarayonida qo‘llaniladigan sifat jihatdan yangicha ishlash usullari tushu­niladi.
Innovatsion jarayonlar strategiyasida boshlang‘ich materiallar va ma’lumotlardan samarali foydalanish takomillashtirilishi hisobiga iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkoniyati yaratiladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining pasa­yishiga va sifatining oshishiga olib keladi.
Yu.V.Yakovesning85 fikricha, innovatsion mahsulotlar har xil turlarining yuqorida keltirilgan tasnifidan foydalanish va ularning amaliyotdagi xususiyatlarini bilish, mulkdorlar va menejerlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • har bir yangilikni aniq identifikatsiyalashni, boshqalari orasida uning o‘rni hamda imkoniyatlari va cheklanishlarini aniqlashni ta’minlash;

  • aniq turdagi yangilik va innovatsion strategiya o‘rtasida samarali o‘zaro aloqadorlikka erishish;

  • yangiliklarning tegishli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish va uni tashkilot strategik vazifalarini amalga oshirish maqsadida yangilari bilan almashtirish;

  • yangiliklar tizimining barqarorligi va muvozanatiga ta’sirini kamaytirish imkoniyatini beradigan tegishli kompensatsion (“antiinflyatsion to‘siqlarni bartaraf qilish”) mexanizmni ishlab chiqish.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling