Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni litseziyalashning o‘rni
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
14.2. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni litseziyalashning o‘rni
Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar agar u yangi bo‘lsa hamda ularni sanoatda (boshqa tarmoqlarda) qo‘llash mumkin bo‘lsa ular huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi va shu asosda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni ta’minlaydi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarning o‘ziga xos muhim yangilik alomatlari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ilgariroq (oldinroq) bo‘lsagina u yangi deb hisoblanadi hamda unga maxsus foydalanish huquqini beruvchi litsenziya olish imkoniyatini yaratadi. Litsenziyalash ham patentlashga o‘xshab nomoddiy mulk egasi huquqlarini tan olishning usuli hisoblanadi hamda patent egasining boshqa shaxslar bilan alohida huquqlarining bir qismini sotish (berish) bo‘yicha tuzgan huquqiy bitimi (shartnomasi) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda amaliyotda kelishuvchi tomonlarni belgilash uchun quyidagi umum qabul qilingan atamalardan foydalaniladi: litsenziar – litsenziya sotuvchi; litsenziat – litsenziya sotib oluvchi; litsenziya savdosi – bu zamonaviy texnologik almashinuv yoki uni sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv akti hisoblanadi. Iqtisodiyotda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni litsenziyalash ulardan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar (mualliflik huquqini ifodalovchi guvohnoma, patent va boshqalar) asosida foydalanish huquqini beradi. Ilmiy kashfiyot va ixtirolarga dastlabki patent yoki patent quyidagi hollarda beriladi: yaratilgan ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarga beriladigan mualliflik yoki huquqiy vorislik hujjati bo‘lganda; muallifga shaxsiy ijodiy mehnati va yaratgan mahsuloti (texnik yechimi) uchun shu mulkning muallifi deb e’tirof etilganda; agarda yaratilgan ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar bir necha jismoniy shaxslarining birgalikdagi ijodiy mehnat asosida yaratilgan bo‘lsa (yoki ular o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomasi bo‘lsa) hamda ular teng huquqli muallif sifatida e’tirof etilganda. Ilmiy kashfiyot va ixtirolarni litsenziyalash yaratilgan mulkdan foydalanish huquqini berish shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilik va kashfiyotlarni litsenziyalash jarayoni litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda mulkdan foydalanish faqat patent egasining ruxsati bilan foydalanish huquqini beradi. Bunday litsenziyalar bo‘yicha tuzilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Iqtisodiyotda litsenziyalashning bir necha ko‘rinishlari amal qiladi. Jumladan, ochiq litsenziyalar – bunda, patent egasi mulkdan foydalanish huquqini har qanday shaxsga topshirishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi ariza asosida ruxsat beriladi. Yopiq litsenziyalar – bunday litsenziyalar davlat yoki milliy xavfsizlik manfaatlarini kuzlab patent egasining ruxsatisiz unga mutanosib miqdorda tavon to‘lash sharti bilan mulkdan foydalanishga ruxsat beriladi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni moliyalashtirish hamda rag‘batlantirish belgilangan tartibda qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida amalga oshiriladi. Agarda patent egasi bo‘lmagan shaxs mazkur mulkdan foydalanishda unga doir litsenziyalarni sotib olish patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida (haq miqdori, to‘lash shartlari, mukofot puli belgilangan kelishuv asosida) amalga oshiriladi. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash bozorida patentlarning sotib olinishi, sotilishi yoki litsenziyaga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holat bir qator yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Patentlardan bank kreditini olishda garov sifatida ham foydalanish mumkin. Patentlar potensial investorlarning e’tiborini korxonalarga jalb qilishi mumkin, chunki sarmoyadorlar patentning mavjudligi boshqa raqobatchilar uchun to‘siq ekanligini yaxshi bilishadi. Patentlar nafaqat ilmiy va texnologik rivojlanishga sarmoyangizni himoya qilishi va shu bilan investitsiyalarning daromadliligini oshirish bilan birga, uchinchi shaxslarga sizning patentingizdan foydalanish uchun litsenziya berish orqali daromadni ham ta’minlashi mumkin. Aksariyat venchur kapital firmalar, investitsiya banklari, moliyaviy tahlilchilar va boshqa investorlar patentning ijobiy qiymatini tan olishadi. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, yangilikning ixtiro sifatida tan olinishi uchun uning ma’lum bir sohada butunlay yangi kashfiyot sifatida qabul qilinishi talab etiladi. O‘zbekiston Respub-likasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunning to‘qqizinchi va o‘n birinchi moddalarida patent egasining huquqlari keltirilgan: “Sanoat mulkining ob’ektiga patent yoki dastlabki patent quyidagilarga beriladi:sanoat mulki ob’ektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga) muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent yoki dastlabki patent berish to‘g‘ri-sidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga topshirilgan arizada ko‘rsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular rozi bo‘lgan taqdirda); ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratgan sanoat mulki ob’ektiga patent yoki dastlabki patent olish huquqiga, agar bu hol ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchi ega bo‘ladi. Basharti ish beruvchi bilan muallif o‘rtasida ushbu modda ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, muallif talabnoma topshirish va patent yoki dastlabki patentni o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob’ektidan o‘z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan haqni to‘lagan holda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’ekti maxfiy saqlanadigan bo‘lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to‘lashi shart, bu haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozimligi. Sanoat mulki ob’ektiga patent yoki dastlabki patent, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘lib o‘tadi”82. Shuningdek, yuqorida bayon qilingan qonunning o‘n birinchi moddasida ta’kidlanganidek: “Patent egasi sanoat mulki ob’ektiga o‘z xohishicha egalik qilish va uni tasarruf etish hamda undan foydalanish, basharti bunday foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini buzmasa, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur ob’ektdan foydalanishini taqiqlab qo‘yish mutlaq huquqiga egadir, bunday foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno. Bir necha patent egasiga qarashli bo‘lgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanish borasidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan bitimga binoan belgilanadi. Bunday bitim bo‘lmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofazalangan sanoat mulki ob’ektidan o‘z xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’ektga oid litsenziya berishga, patent yoki dastlabki patentni o‘zga shaxsga topshirishga haqli emas. Patent egalari o‘rtasidagi nizolar o‘zaro murosaga kelishning iloji bo‘lmasa, sud tartibida hal qilinadi. Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki ob’ektlariga patent berilganligini ko‘rsatuvchi ogohlantirgich tamg‘adan foydalanishi mumkin. Patent egasi sanoat mulki ob’ektidan foydalanishi shart. Patent yoki dastlabki patent ro‘yxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida patent egasi sanoat mulki ob’ektidan butunlay yoxud yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanmoqchi va foydalanishga tayyor bo‘lgan har qanday shaxs, basharti patent egasi u bilan litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, majburiy oddiy litsenziya berishni so‘rab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin. Basharti patent egasi sanoat mulki ob’ektidan butunlay yoki yetarli darajada foydalanilmaganligiga uzrli sabablar borligini isbotlab bera olmasa, sud aytilgan litsenziyani berib, undan foydalanish me’yorlarini, to‘lov miqdori, muddati va tartibini belgilab qo‘yadi. To‘lov miqdori litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim.” 83 Umuman yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni litsenziyalash iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning kelajak strategiyasidir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling