Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Funksional o‘zaro bog‘liqlik. Yuqori texnologik mahsulotlarni


Download 0.98 Mb.
bet69/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

1. Funksional o‘zaro bog‘liqlik. Yuqori texnologik mahsulotlarniajratibturadigan bunday jihat bu – umumiy korporativ strategiya bilan kengroq aloqa va funksional o‘zaro bog‘liqlik darajasiningyuqoriroq ekanligini bildiradi. Ushbu jihatmarketing konsepsiyasini iste’mol marketingidan ko‘ra to‘laroqamalga oshirishga imkon yaratadi.
2. Mahsulotning murakkabligi. Sanoat kompaniyalarida ko‘pgina tadqiqot vaishlanmalarning xarajatlari yuqoriligi risk va texniknovatorlikningham yuqori bo‘lishini talab qiladi. Bu esa kompaniyalarda boshqaruvqarorlari qabul qilishda texnik qadriyatlar ustunlik qilishimumkinligini keltirib chiqaradi. Ushbu holda “mahsulotni xaridordan ko‘proq yoqtiribqolish” real riski mavjud bo‘lib, mijozning ehtiyojlario‘zgarishiga moslashuvchan javob qaytarish qobiliyati yo‘qotiladi. Bunda yuqori texnologik mahsulotlar – sotuvchi va xaridor o‘rtasidagiiqtisodiy, texnik va shaxsiy o‘zaro aloqalarning murakkab yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
3. Xaridor va sotuvchining o‘zaro bog‘liqligi. Xaridor vasotuvchining o‘zaro bog‘liqligi yuqori texnologik mahsulotlar marketingining – ayniqsa,mahsulotlar sotish sohasida – o‘ziga xos tavsifnomasi hisoblanadi.Xaridor sezilarli darajada ta’minotchiga – xomashyo, detallar yoki yig‘uv uzellari yetkazib berishning kafolatlanishiga; kapital asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha malakali xizmatlar ko‘rsatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun material yetkazibberishning uzluksizligiga; buyurtmalar bilan ishlashsamaradorligiga va qoidaga ko‘ra, kredit muddatini uzaytirish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori texnologik mahsulotlar marketingida muzokaralar olibborishjarayoniko‘pincha xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibgasoluvchi muhim vosita rolini o‘ynaydi.
4. Xarid jarayonining murakkabligi. Xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni murakkabligirasmiy tashkilot ta’siri, qatnashchilar sonining ko‘pligini e’tiborgaolish lozim bo‘lgan texnik va iqtisodiy omillar, firma faoliyatko‘rsatadigan tashqi muhit omillari va bitimga jalb qilingan pulmiqdorining muhimligi kabi omillar natijasi hisoblanadi. Bunda murakkablik, kompaniyaning marketingstrategiyasini xaridorlar xulq-atvori bilan birga muvofiqlashtirish jarayoni iste’mol tovarlari va xizmatlari marketingiga qaraganda ancha qiyin va murakkab ekanligi bilan izohlanadi.
Yuqori texnologik mahsulotlarni bozorga kiritish murakkab jarayon va o‘ziga xos yondashuvga asoslanadi. Xorijiy tajribaga ko‘ra mahsulotlar mamlakatlarda bozorga kirishning diffuziyasi sohasidagi tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion mahsulotning bozorga kirib borishida (innovatsiyalar diffuziyasi) ikki xil yondashuv mavjud:

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling