Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet68/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega bo‘lgan xari­dor­lar. Amalda ular jami xaridorlarning 10 foizini tashkil eta­di.Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati ham­da o‘z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda mavjud bo‘lib, ularning daromad mikdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchi guruh – har bir mamlakatdagi o‘rtacha daromad egalaridir.Ularning soni juda ko‘p, garchi bu guruh ichida yana o‘ziga xos tabaqalanish bo‘lsa-da, umuman olganda, shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari hisoblanadi.
Uchinchi guruh– bir shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy ta’mi­not­ning turli ko‘rinishlaridan foydalanadilar, o‘z daromad­lari­ning 80foiziga yaqinini asosiy ehtiyojlarni qondirishga sarf­lay­dilar.
II.Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalar natijalaridan olina­digan innovatsiyalarni tijoratlashuvining maqsadli bozor tah­lilida iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.
Bozorda iste’molchi talabi sabablarini o‘rganishda, eng avvalo, xaridor (iste’molchi) o‘zini qanday tutishi, ya’ni maqsadli bozordagi uning tovar, narx haqidagi tasavvuri, moliyaviy imko­niyat­lari, didi, bilim darajasi hisobga olinadi. Bunda iste’molchi narx to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi sotuvchining xulq-atvori,tovar-moddiy boyliklarning aylanish holati, foy­da­li savdo chegirmalari, sotilgan tovar assortimenti samarasi kabi­lar­ga bog‘liq bo‘ladi.
Maqsadli bozorda xaridorlar ma’lum bir tovarni korxona faoliyatini va bozorni chuqur tahlil qilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina sotib oladilar. Ayniqsa, iste’mol buyumlari xaridorlari talabi juda xilma-xil va murakkab bo‘ladi. Shu sababli ularni tanlash jarayoni ham bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Maqsadli bozorda marketing xaridorlari segmentatsiyasida bu kabi masalalar iste’molchi talabini qondirishdan kelib chiqib hal etiladi.
Iste’molchiningiste’mol buyumlariga bo‘lgan ehtiyojining shakllanishida demografik ko‘rsatkichlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki xaridorlarning yoshi o‘zgarishi bilan tovarlarga munosabati va ehtiyoji o‘zgaradi. Respublikamizda olib borilayotgan marketing faoliyatlarida aholi asosan 5 guruhga bo‘linadi:

  • maktab yoshigacha;

  • maktab yoshida;

  • 18-30 yoshgacha;

  • 30-50 yoshgacha;

  • 50 yosh va undan kattalar.

Bu bo‘linish respublikamiz aholisini ilmiy-psixologik xusu­siyat­laridan kelib chiqadi. Iste’mol buyumlariga bo‘lgan ehti­yoj­larni shakllanishida mamlakatdagi oilalarni katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bugungi kunda respublikamizdagi aho­li oilalarining soni bo‘yicha quyidagi guruhlar:

  • 1-2 kishilik ;

  • 3-4 kishilik;

  • 5 kishi va undan yuqoriroq bo‘lgan oila a’zolari asosida turkum­lanadi.

Maqsadli bozor tahlilini o‘rganishda iste’mol talabi sababini o‘rganish, xaridorni tovarni sotib olishdagi o‘ziga xos xulq-atvordagi belgilarida ham namoyon bo‘ladi.
Bu borada, chuqur tadqiqot olib borgan Filipp Kotler o‘z ilmiy tadqiqotlarida mazkur belgilarni ko‘rsatib o‘tadi87. Ular quyidagilar:
1. Tovarni sotib olish sababiga ko‘ra:a) doimiy;b) alohida.
2. Sotib olishdan manfaatiga ko‘ra:a) sifati bo‘yicha;b) xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha; v)iqtisod qilish maqsadiga ko‘­ra.
Yuqoridagi belgilar xaridorni xarakterini to‘la-to‘kis ochib berishga, uni tovarga bo‘lgan munosabati va sotib olish imkoniya­tini aniqlashga yordam beradi.
III. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalar natija­lari­ning tijoratlashtirishda maqsadli bozor tahlilidagi uchinchi tar­ki­biy qismi hisoblangan xaridorlarning qondirilmagan ehtiyo­jini aniqlash o‘ziga xos yondashuvni talab etadi.
Bunda, xaridorni qondirilmagan ehtiyojlarini aniqlashda iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish tovarlarini segmentlash amal­ga oshiriladi. Bu jarayon quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

  • birinchidan, mavjud mahsulotlar sifati va raqobat­bar­doshlik darajasiga;

  • ikkinchidan, boshqa xaridorlarning tovarga bo‘lgan munosa­ba­tida;

  • uchinchidan, taklif etilayotgan tovarlarning iste’molchi ehti­yo­j­ini qondirish barqarorligiga;

  • to‘rtinchidan, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mut­la­qo yangi va sifatli mahsulotni bozorga kiritish zarurligida na­mo­yon bo‘ladi.

Xaridorlarning qondirilmagan ehtiyojlarini aniqlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi:
1. Konsentrlangan uslub, ya’ni kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan va unchalik qimmat bo‘lmagan, ammo ayni paytda katta vaqt va xarajatlarni talab qiladigan hamda yagona maqsad sari yo‘naltirilishi bilan xarakterlanadi.
2. Dispersli uslub esa, bir vaqtning o‘zida bir necha bozor segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, ammo keyinchalik vaqt o‘tishi bilan ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baholash yo‘li bilan samaraliroq bozor segmentini tanlash imkoniyatiga ega bo‘linadi.


15.3. Yuqori texnologik mahsulotlarning menejment xususiyatlari. Bozorga kirishning diffuziya modeli. Yuqori texnologik mahsulotlar xaridorining xususiyatlari. Bozorni baholash. Chegaraviy narx. Narxni belgilash usuli

Jahon iqtisodiyoti globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish va ularning jamiyat iqtisodiy salohiyatiga ta’siridagi o‘zgarishlari hisoblanadi. Bugungi kunda, ro‘y berayotgan iqtisodiy innovatsion o‘zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o‘zgartiradi, balki mamlakatdagi iqtisodiy faollikni ta’minlaydi. Innovatsion rivojlanish konsepsiyasiga ko‘ra, texnika va texnologiyalardagi innovatsiyalarning har bir yangi avlodi o‘zining ijtimoiy hayotdagi ta’sir doirasini kengaytiradi hamda yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o‘zgarishlarga olib keladi.


Iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlaridan ma’lumki, raqobatning asosiy vazifasiga kapital resurslar va moddiy boyliklarga egalik qilish emas, balki innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga qanchalik darajada joriy qilishdir. Shu boisdan innovatsion texnologiya asosiy yetakchi kuchga aylanadi va biznesning rivojlanishini belgilab beradi. U kichik kompa­niya­lar­dan tortib, xalqaro bozorlardagi yirik kompaniyalar faoliyatida ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yuqori texnologik mahsulotlarning menejment xususiyat­lari­ning muhim xarakterli jihati sifatida yirik, o‘rta va kichik kompaniyalarda iqtidorli personalning jalb etilganligi bilan innovatsion loyihalarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Loyiha doimo muayyan iste’molchiga yo‘naltiriladi va uning iste’molini qondirish yuqori daromad olishga olib keladi. Bunda boshqaruv mehnatini taqsimlashningvertikal ierarxik tuzilishi va ierar­xik pog‘onalari yo‘qolib borib, yangi innovatsion bosqichga o‘tadi.Yuqo­ri texnologik mahsulotlarning menejmenti o‘ziga xos yonda­shuv­ga ega bo‘lgan innovatsion matritsali boshqaruv bilan alma­shi­ni­ladi.
Bunday menejment jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati shunday ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadiki, bunda ishlab chiqaruvchilar ichki bozorning kengayishi birinchi navbatda yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishi hisobiga ro‘y beradi hamda mahsulotlarning hayotiylik davrining ilk bosqichlaridanoqxari­dor­lar manfaatdor bo‘ladi. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsion jarayon yuqori texnologik mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq omillar ijobiy ta’siriga imkon beradigan tendensiyalar shakllanadi. Bu omillar ichki ishlab chiqarishda mahsulotlarga talabning innovatsion tarkibiy qismlarida o‘z ifodasini topadi.
Shu sababdan,dunyo iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har bir mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardoshligini ta’minlash uchun innovatsion menejment jarayonida yuqori texnologik mahsulotlarning menejment xususiyatlari birinchi navbatda tashqi bozorga emas, balki ichki bozorga yo‘naltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, “innovatsiyalar harakati” raqobatli ustun­lik­lar­ni amalga oshirish uchun ichki bozorda hayotiylik davri qisqa bo‘l­gan mahsulotlar bilan to‘ldirilishi lozim.
Jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari yuqori texnologik mahsulotlar bozorining kon’yunkturasida ham keskin o‘zga­rish­lar­ga olib keldi. Bugungi kunda, yuqori texnologik mahsulotlar iste’­mol qilish intensivligi yuqoriligi, yuqori texnologik mahsu­lotlar savdosini beqarorlashtirib, asosiy bozor segment­lari­da erkinlashtirishni kuchaytiradi.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xomashyo resurslarini qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsu­lot­lar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Ularning ta’siri osti­da, so‘nggi o‘n yillikda, istalgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar­lar, shuningdek “aqlli” materiallar deb ataladigan, materiallar ulushi ortdi, ular atrof-muhit o‘zgarishlariga javoban o‘z xususi­yatla­rini o‘zgartirmoqdalar88.
Keyingi yillarda jahon tovar bozori strukturasining o‘zgarishi, Osiyo davlatlarining, ayniqsa, Xitoy va Hindistonning iqtisodiy o‘sish dinamikasi yuqori texnologik mahsulotlarga bo‘lgan talabning global oshishiga olib keldi89. Bunday talab bugungi kunda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham mavjud.
Yuqori texnologik mahsulotlar menejmenti strategiyasining yana bir muhim jihati iste’mol tovarlari marketingidan asosanmahsulotning o‘zi bilan emas, balki xaridorning tavsifi va o‘ziga xususiyatlari bo‘yicha farq qiladi. Masalan, yuqori texnologik mahsulotlar bozorlarida xuddi alohida shaxslar vaoilalar bilan bir qatorda avtomobillar, yuk mashinalari, asbob-uskunalar kabi muhim strategik mahsulotlar xarid qiladigan korxonalar ham ishtirok etadi.Ayni paytda, yirik ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari(oziq-ovqat, kimyo va neftni qayta ishlash bilanshug‘ullanuvchi kompaniyalar va boshqalar), shuningdek, mahsulot sotibolish va uni sanoat xaridorlari va institutsional xaridorlarga qaytasotish bilan shug‘ullanadigan distribyutorlar ham yuqori texnologik mahsulotlar xaridorlarihisoblanadi.
So‘nggi yillardagi jahondagi globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotidagi turli rivojlangan mamlakatlarning ilm sig‘im­li texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori texno­logik tarmoqlarning rivojlanishi hamda shu asosda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ilm sig‘imli bozorlarning asosi o‘z ichiga elektronika va hisoblash sanoati, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya, robot­soz­lik, gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, axborot xizmatlarini oladi. Hozirgi kunda nanoelektronika, gen injene­riyasi, multimedia interfaol axborot tizimlari, yuqori harorat­li o‘ta o‘tkazuvchanlik, kosmik texnika, nozik kimyo va boshqalar­ning sanoat o‘zlashtirilishi amalga oshirilmoqda. Jahon texnolo­giya­lar bozorining uzluksiz kengayishi va texnologiyalar yangilashning yuqori tezligi jahon bozorida sotilayotgan texnologik mahsulotlar qiymatining tovarlar va xizmatlar bozo­ri­ga nisbatan yuqoriligini ta’minlaydi.Bu esa yangi texno­logiya­lar­ning yuqori daromadliligi va ishlab chiqarish jarayonini jadal rivojlanishdagi rolini belgilab berishga asoslanadi.
Jahon ilm sig‘imli tarmoqlar mahsuloti bozorining umumiy hajmi taxminan yiliga 2,5-3 trln. doll. deb baholanadi. Yuqori texnologik tovarlar sirasiga kiradigan mahsulotlar qiymatida ITTKI ulushi 3,5foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar bu ko‘rsatkich 3,5-8,5foizga teng bo‘lsa, mazkur tovarlar «yuqori sifatli texnika», 8,5foizdan yuqori bo‘lsa, bu “eng yuqori sifatli texnika” deb hisoblanadi.90
Eng yuqori ilm sig‘imli salohiyatga ega texnologik novatsiyalar, iqtisodiy rivojlanishdagi ko‘lamli o‘zgarishlar asosiga aylanadi. Shu bilan birga, bunday o‘zgarishlar yangi avlod mahsulotiga qondirilmagan talab ta’siri ostida jahon bozorining tezkor taraqqiyotini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida yuqori texnologik mahsulotlar xaridorlari uch guruhga bo‘linadi:

  1. Sanoat xaridorlari.

  2. Institutsional xaridorlar.

  3. Hukumat xaridorlari.

Shu bilan birga yuqori texnologik mahsulotlarga bo‘lgan talab iste’mol tovarlari vaxizmatlarga bo‘lgan ehtiyojga ham bog‘­liq bo‘ladi. Bular xomashyo, detallar vayig‘uv uzellari xaridor­ning yakuniy mahsuloti tarkibiy qismigaaylanadi va ularga bo‘l­gan talab (ehtiyoj) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori texnologik mahsulot­lar­ga bo‘lgan talab bilan belgilanadi.
Yuqori texnologik mahsulotlarga talab “hosila”, “qo‘shimcha” talab ekanligi tufaylimarketologlar faqatgina xaridorlarningmahsulotlarga bo‘lgan talabini rag‘batlantirgan holdao‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yuqori texnologik mahsulotlar xaridorining xususiyatlari marketingining to‘rtta o‘ziga xos jihati bilan xarakterlanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling