Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Innovatsion salohiyat va innovatsion faollikni oshirish omilida
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
Innovatsion salohiyat va innovatsion faollikni oshirish omilida innovatsion tizim shakllantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida innovatsion rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni mamlakat miqyosida inno-vatsion salohiyati va innovatsion faollikni baholashdan iborat. Bunda innovatsion faollik hududning rivojlanishini ta’minlaydigan yagona omil sifatida namoyon bo‘ladi. Hududlar iqtiso-diyotining innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishini integral baholash uchun ilmiy tadqiqot va ishlanmalar ma’lumotlarini ekspertiza qilish talab etiladi. Bunday ekspertiza texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlab chiqilgan ITTKI va innovatsion loyihalarning iqtisodiy baholarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ishonchlili-gini hisob-kitob qilish; hisoblab chiqilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari: a) sof diskontlangan daromad (SDD); b) diskontlangan daromadlilik indeksi (DDI); v) o‘zini qoplash muddati; g) ichki daromadlilik me’yori (IDM) sifatini baholash; loyihalar samaradorligi hisob-kitoblarining ishonchliligini baholash innovatsion loyihalar vujudga keltiradigan pul oqimlari hisob-kitoblarini amalga oshirish hamda bashorat narxlarini ishlab chiqishga asoslanadi. Innovatsion salohiyat va innovatsion faollikni oshirishda ekspertiza va innovatsiyalarni tanlashning ko‘p variantli tizimi asosidagi ilmiy va texnologik salohiyatlarni rivojlantirish hisobiga hududlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va innovatsion portfel ishlab chiqiladi. Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: ilmiy-texnik xodimlar (tadqiqotchilar, konstruktorlar, texnologlar, eksperimental baza ishchilari), jumladan, fan doktorlari, fan nomzodlari va ilmiy darajasi bo‘lmagan xodim-lar umumiy soni; ilmiy yo‘nalish bo‘yicha o‘rtacha mehnat staji; ilmiy yo‘nalish doirasida ilmiy maktab mavjudligi; ilmiy yo‘nalish mavzularida dissertatsiya himoya qilgan fan doktorlari va fan nomzodlari soni, mavzulari bo‘yicha chop etilgan nashrlari, jumladan, xorijda chop etilgan monografiyalar va nashrlar soni; nashrlardan sitata keltirishlar, jumladan, xorijiy manbaalardan; ilmiy anjumanlarda ishtirok etish soni (shu jumladan xorijdan takliflar), ilmiy yo‘nalish mavzulari bo‘yicha kashfiyotlar mavjudligi, patentlangan ixtirolar va sotilgan litsenziyalar soni (shu jumladan xorijda); ilmiy yo‘nalish bo‘yicha davlat miqyosida mukofot bilan taqdirlangan ilmiy natijalar mavjudligi kabilardan iborat. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling