Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Yangi tovar konsepsiyasini shakllantirish va aniqlash


Download 0.98 Mb.
bet79/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Yangi tovar konsepsiyasini shakllantirish va aniqlash jarayonida tovarning yakuniy tavsiflarini iste’molchining unga munosa­batni hamda ishlanmaning bu bosqichida xarid qilish niya­tini aniqlash uchun iste’molchiga taqdim etiladigan manfaatlar to‘plamining tasviri taqdim etiladi. Bu potensial iste’molchilar tashabbuskorligining sinovidir. Ular tovarning og‘zaki tasviri, yozma ma’lumot shaklidagi yangi tovarning tasviri, shakli, ko‘rinishi va boshqa shu kabilarda o‘z munosabatlarini ifodalashi kerak bo‘ladi.
Yangi tovar konsepsiyasini aniqlash jarayonida shu vaqtgacha boshlang‘ich mahsulotni xarid qilib kelayotgan mijozlar (“almash­ti­rish samarasi”) va birinchi bor yangi mahsulotni xarid qilayotgan mijozlar (“jalb etish samarasi”) dan yangi mahsulotni sotib olish borasidagi tushum bozorga yangi tovarni chiqargungacha bo‘lgan tushumdan ko‘p bo‘lganda ijobiy natijaga erishishini bildiradi.
Innovatsion bozorda yangi tovarni ishlab chiqarish bir qator o‘ziga xos bozor talablarini yuzaga keltiradi. Bular quyi­da­gi­lar­dan iborat:

  • tovarni yangi innovatsion texnologiya asosida ishlab chiqarish;

  • deffekt tovarlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • tovarlarni iste’molchi mijozlar talabiga mos o‘zgartirib tu­rish;

  • yangi tovarlarni modifikatsiya qilish va dizaynlarida o‘zgar­tirishlar kiritish;

  • iste’molchi talabiga mos raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish.

Innovatsion bozorda yangi tovarlarni bozorga chiqarish va ularga servis xizmat ko‘rsatishda raqobatning kuchayishi va tovar­lar­ning murakkablashuvi bilan iste’molchilar yangi tovarning faqat sifat xususiyatlarini emas, balki sotish va sotishdan keyin­gi xizmat ko‘rsatish tizimi ham katta ahamiyatga egaligi bilan ifodalanadi.
Yangi tovarlarni bozorga chiqarishda servis xizmat ko‘rsatish iste’molchi xarid qilgan tovar (asosan texnik murakkab mahsulotlar­)ni oqilona kafolatlangan ishlatish imkonini bera­digan ta’minlash tizimidan iborat.
Innovatsion marketingda bunday xizmatlar texnik va tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus xizmatlarning barchasini qamrab oladi. Bunday servis xizmat ko‘rsatish yangi tovarlarni bozorga chiqa­rishdagi innovatsion marketing jarayoni bo‘yicha quyidagi yangi maqsadlarni bajarish imkonini beradi:

  • innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish stra­tegiyasini belgilab olish;

  • innovatsion tovarlar uchun yangi iste’molchilarni topish va ular orasida ustun munosabatlarni shakllantirish;

  • mavjud iste’molchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash va ularni yangi xaridlarga rag‘batlantirish.

Yangi yaratilgan tovarlar uchun servis xizmatlarini ko‘rsatish, korxona imijini yaratib, “mijozlarning ehtiyojlarini ishonchli qondirish”dan iborat bo‘lgan marketing maqsadini kam xarajatlar bilan amalga oshirish va raqobat kurashini samarali olib borish asosida innovatsion marketingni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling