Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Zamonaviy innovatsion strategiyalar


Download 0.98 Mb.
bet65/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Zamonaviy innovatsion strategiyalar tovar modifikatsiyasi, assortimentni yangilash, ehtiyojlarni qondirishning yangi darajalariga erishish, sotish va xizmat ko‘rsatishning mukammal usullari va kommunikatsiyalar shaklidan foydalanish nazarda tutiladi. Bularning hammasi tovar va xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish uchun sharoit yaratadi.
Yangilikni joriy etishda korxonalar boshqaruv faoliyatida quyidagi innovatsion menejment strategiyalari qo‘llaniladi hamda bunday strategiyalarni tanlash imkoniyatini yaratadi. Bular quyidagilardan iborat:

  • hujumkor strategiya (bozorni yangi sohalariga va bozor istiqbollariga yo‘naltirish va uni boshqarish);

  • himoyalanish strategiyasi (raqib faoliyati natijalari tahlil qilingandan keyingina bozorga chiqish va shu asosda boshqarishni tashkil etish);

  • hazm qiluvchi strategiya (yangiliklarni boshqa kompaniyalardan xarid qilish);

  • oraliq strategiya (raqobatchilar o‘rtasidagi bozor o‘rnini to‘ldirish);

  • bozorni yaratish (bozorni kengaytiruvchi yangiliklarni joriy etish);

  • qaroqchilik strategiyasi (bunda yangi mahsulot, yangi texno­lo­giya­larni bozorda kutilmaganda kiritilib, bozor faoliyatini kamaytiruvchi yangiliklar joriy etiladi).

Qoidaga ko‘ra, innovatsion jarayonlar joriy etishni mene­jer­lar­ning qaysi tarkibiy bo‘linmalaridagi faoliyatidan qat’i nazar ishlab chiqarish, tashkiliy-texnologik, marketing va boshqa­ruv faoliyatining turli tomonlarini qamrab oladi. Menejerlar faoliyatiga – marketing bo‘yicha mutaxassislardan tashqari, innovatsion jarayonlarga bog‘liq oddiy xodimlar, personal xodimlari ham bevosita aloqador hisoblanadi. Bunday vaziyatda innovatsiyani joriy etish jarayoni vertikal ravishda yuqoridan pastga yo‘naltiriladi.
Agar yangiliklar muvaffaqiyatli joriy etilsa, unda mazkur vertikalga iste’molchilar ham qo‘shiladi. Bu holatda yangiliklar yanada kengroq tarqalish imkoniyatini kasb etadi: yangiliklarni muvaffaqiyatli korxonaga sotish hajmini oshirishga, mijozlar sonini orttirishga imkon beradi va bir vaqtning o‘zida raqobatchilarga ham mazkur muvaffaqiyatni takrorlash istagini uyg‘otadi.
Menejment konsepsiyasi bo‘yicha yangicha yondashuv – strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaxshiroq ishlashga asoslanishini talab qiladi. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi va shu asosda jarayonni boshqaradi, natijada ko‘proq unumdorlikka erishadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, menejment konsepsiyasiga ko‘ra XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor yetakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR86, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y beradi. Integratsiyalangan menejment kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni o‘sadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rish uchun ko‘proq uni boshqarishga e’tibor qaratish zarur bo‘lib qoladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling