Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet63/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tayanch iboralar
Ilmiykashfiyot, ixtiro, g‘oya,litsenziyalash, texnik yechim, ixtirolar bozori, litsenziyalashbozori, huquq,tijoratsirlari.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Ilmiy kashfiyot nima?
2.Ilmiy kashfiyotlar ob’ektlari va ularni aniqlash usul-larini sharhlab bering?
3.O‘zbekiston Respublikasida ilmiy kashfiyotlarni muho­faza­lash qanday amalga oshiriladi?
4.Ixtiro, ilmiy kashfiyotlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respub­likasining qaysi qonunlarini bilasiz?
5.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishida ilmiy kashfiyotlarning roli nimalardan iborat?

15-mavzu: Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari


Reja:

15.1. Zamonaviy innovatsion strategiyalarning mohiyati va turlari. Innovatsiyalar menejmenti konsepsiyasi.


15.2. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natija­la­rini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bo­zor tahlili.
15.3. Yuqori texnologik mahsulotlarning marketing xusu­siyat­la­ri. Bozorga kirishning diffuziya modeli. Yuqori texnologik mahsu­lotlar xaridorining xususiyatlari. Bozorni baholash. Chegara­viy narx. Narxni belgilash usuli.
15.4. Intellektual mulk bozori parametrlari – innovatsiyaning tijorat potensialini baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot sifatida.


15.1. Zamonaviy innovatsion strategiyalarning mohiyati va turlari. Innovatsiyalar menejmenti konsepsiyasi

Zamonaviy innovatsion strategiyaning mohiyatini ochib berish uchun eng avvalo iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy asosini va menejment strategiyasini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Mashhur avstriyalik iqtisodchi olim I.Shumpeter84 innovatsiyalarni tavsiflovchi beshta o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltiradi:

  • yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta’minotidan foydalanish;

  • yangi iste’mol xossalariga ega bo‘lgan mahsulotlarni xo‘jalik oborotiga kiritish;

  • pirovard mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayonida yangi turdagi xomashyodan foydalanish;

  • korxonani boshqarish tarkibi va uni moddiy-texnik ta’minlash tizimini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar;

  • mazkur innovatsiya pirovard mahsulotlari uchun yangi sotish bozorlarining paydo bo‘lishi.

Zamonaviy innovatsion strategiyada innovatsiyalarning keng doirasi korxonalar faoliyatiga ta’siri va foydalanishning sinergetik tavsifi, ularni tasniflashga qat’iy yondashuvni talab qilmoqda.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling