Q. X. Mah kamov, M. Abduvohidov tribotexnikadan amaliy mashgulotlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tribotexnikadan amaliy mashg\'ulotlar. Ahmedxo\'jaev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.17-rasm. Detalni ishlash vaqti davrida yeyilish chizmasi.
5.4.3. ISHLATISH SHAROITIDA YEYILISHGA
QARSHILIKNI TA’MINLASH USULLARI Mashina detallarini loyihalash va tayyorlash bosqichlarida yeyi lishga chidamlilikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar uni ishlatish sharoitlarida ham davom ettirilishi kerak. Detalni xo'rdalash va barqaror ishlatish davriga qarab quyidagi tadbirlar o'tkaziladi. 1. Detalni xo'rdalash davrida: — xo'rdalash rejimiga amal qilish; — mikrogeometrik xo‘rdalash bilan yuzalar g‘adir-budirligini optimallash va mustahkamligini oshirish; — mikrogeometrik xo'rdalash bilan yuzalar to'lqinsimonligi va shakliy xatoligini tuzatish; — xo'rdalashda moyni to ‘g‘ri tanlash; — kamqovushqoqlik moyni ishlatish; — moy tarkibiga xo'rdalash davrini qisqartiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish. 2. Detalni barqaror ishlash davrida: — rejali ogohlantirish oldini oluvchi ta ’mirlash rejimiga amal qilish; — har oyda texnik xizmatdan o'tkazish; — davrli texnik xizmatdan o ‘tkazsh; — mavsumiy texnik xizmatdan o ‘tkazish; — moyning sifatli bo‘lishini ta’minlash; — moy turini to ‘g‘ri tanlash; — moyni qo‘shimchalar bilan legirlash; — kerakli moylash rejimini ta ’minlash; — moyni ifloslanishdan saqlash; — moyni sifatli tozalab turish. Mashinalardan foydalanish davrida aksariyat qo‘zg‘aluvchan detallarning yeyilishi davri 3 sohaga bo'linadi (5.17-rasm). 5.17-rasm. Detalni ishlash vaqti davrida yeyilish chizmasi. Birinchi sohada yeyilish yotuvchi chiziqli bo'lib yangi o'rna- tilgan detalni xo'rdalanish, ikkinchi soha yotiq to ‘g‘ri chiziqli bo‘lib detaining normal ishlash va 3 sohada tiklanuvchi egri chiziqli boMib, detalni ish resursi tugab jadal yeyilishga uchragan davrni ifodalaydi. Xo'rdalanish davrida detal eng ko‘p yeyiladi, chunki yangi detal sirti- dagi g'adir-budirlik optimal emas, tayyorlash va yig'ishdagi noaniq- l i k l a i mavjud, amaliy tutash yuza oz bo'lib, ishqalanish zonasida harorat tezda ko'tarilib ketadi. Shuning uchun mashinalardan foydalanishda birinchi navbatda xo'rdalash rejimlariga amal qilish kerak. Xo‘rdalash ikki bosqichdan iborat: 1) mikrogeometrik xo'rdalanish. Bu davrda g'adir-budirlik opti- maliashadi va sirt qatlam pishitiladi; 2 ) makrogeometrik xo'rdalanish, bunda to'lqinli va geometrik shakliy xatoliklar to'g'rilanadi. Bu davrda kam qovushqoqlik va maxsus qo'shimchali moydan foydalanish kerak. Normal ishlash davrida ishqalanish juftligida tirqish kattalash- ganligi sababli dinamik kuchlar hosil bo'lishi va qismni moylash sharoiti yomonlashishi mumkin. Yeyilish m a’lum chegaraga yetgan- da tirqish tez kattalashib konstruksiyani ish qobiliyatini t’’gashiga ,aoab bo'ladi. Yeyilish tezligini oshirmaslik va muddatdan oldin yaroqsizla- nishining oldini olish uchun kompleks profilaktik tadbirlar o'tkazish kerak. Bu tadbirlar asosan mashinani har almashmada, davriy va mavsumiy texnik xizmatdan o'tkazishdan iborat bo'ladi. Mashinani texnik ko'rikdan o'tkazib turish uni o'rta va kapital ta ’mirlash bilan qo'shilib buzilishdan saqlashning rejali ta ’mirlash (BSRT) tizimini tashkil etadi. Mashinalarni BSRT tizimi mashina- larni texnik diagnostika qilish va ishlatish kursida batafsil o'rganiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling