Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari.
Sport mashgʻulotida texnik mahoratni takomillashtirish jarayonini boshqarishning oʻziga xos qonuniyat (prinsip) lari mavjud: I Oʻzaro munosabatni boshqarish prinsipi. Qarama-qarshi (salbiy) va birlik (ijobiy) tendensiyalarida 2 xil oʻzaro munosabat mavjud. Masalan jismoniy sifatlar orasidagi munosabat maʼlum darajada zidligidan bir-birining rivojlanishiga xalaqit berishlari mumkin; chidamlilikning haddan tashqari rivojlanishi tezlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, kuchning rivojlanishi tezlikka bardosh berish va zarur faoliyatning shakllanishiga salbiy tasir qiladi. Biroq bu sifatlar orasidan ularning mustaqil rivojlanish mosligini topish mumkin, bu esa ularning kompleks rivojlanishiga (kuch chidamligi, tezlik-kuch va boshqalar) yordam beradi. Shuningdek toshlarni otishdagi hayotiy tajriba nayza uloqtirish texnikasini egallashga salbiy tasir qiladi yoki eski texnik usullar yangi texnik usullarning hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Yangi malakalar avvalgilaridan ustun tursa ham ayrim vaqtlari ekstremal ( musobaqa ) sharoitlarda eskilari yuzaga chiqishi mumkin. II. Mos kelish prinsipi. Barcha vosita, metod va nagruzkalarning hajmi muayyan sport turlariga zarur boʻlgan jismoniy sifatlarning mutanosib rivojlanish talablariga qarab tanlanishi kerak. Masalan, har jihatdan jismoniy tayyorlash barcha jismoniy sifatlarni bir xilda yuqori darajagacha rivojlanishini talab qilmasdan aniq ixtisoslashgan yoʻnalishda boʻlishi kerak. mos kelish prinsipi organizmning nagruzkalarga boʻlgan reaksiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Sportchining 165 psixologik tayyorlanishi, mashgʻulot rejimi va musobaqadagi faoliyati orasida maʼlum moslik boʻlishi zarur. III. Kompensatsiya (oʻrnini bosish) prinsipi. Hayvonot va inson hayotida kompensatsiya prinsipi muhim biologik oʻrinni egallaydi. Uning yordamida hayotiy zarur tomonlarning buzilishi yoʻq qilinadi va fiziologik tenglik tiklanadi. Harakat faoliyatida bu prinsip bir butun harakat sistemasida harakat elementlarining tasodifiy oʻzgarishi oʻrnini bosish va butun sistemani uning qismlari oʻzgarishiga boʻlgan javobini boshqarish shaklida namoyon boʻladi. Birinchi shakli harakat strukturasining alohida qismlarida oʻzaro oʻrnini bosish samarasini taʼminlaydigan cheklanishlar yuzaga kelganda sodir boʻlsa, ikkinchi shakli harakatning bir zvenosi ichida toʻliq oʻrnini bosa olmasdan, lekin bir butun harakatning samarasini pasaytira oladigan ancha harakat oʻzgarishlaridan iborat boʻladi. Bunday hollarda texnik jihatdan mavjud kamchiliklarning oʻrni qoʻshimcha zoʻr berishlar orqali qoplanadi. Kompensatsiyaning uyqash shakllarini individual texnika xillarining oʻzaro munosabatida, harakat sifatlarini rivojlantirishda, taktik harakatlarni tanlashda uchratish mumkin. IV. Bosh omillar va ritmlar prinsipi. Harakat texnikasida bosh omillar muhim ahamiyatga ega. Chunonchi jismoniy tayyorlashda bu prinsip ayrim jismoniy sifatlarning bosh ahamiyatga ega boʻlishida ifodalanadi. Oʻrta masofaga yuguruvchi uchun bosh omil chidamlilik hisoblanadi va h. k. Bosh omillarga bosh parametrlar, bosh elementlar, harakatning bosh fazalari kiradi. Harakat asosiy fazasida faqatgina bir bosh zveno oʻzgarishi harakat faoliyati strukturasini ancha oʻzgarishiga sabab boʻladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bosh omilning ahamiyati harakatning samarali suratini belgilashga xos boʻlgan harakat aktivligini orqali kuchaytiriladi, Harakatning samarali surati esa, koordinatsiya strukturalarining oʻzgarish hajmi va mohiyati harakatning turli qismlarida zoʻr berish tezligi va dinamikasi orqali ifodalanadi. Harakat koordinatsiyasi elementlarining har qanday kuchaytirilishi bosh elementlarning yoki elementning bosh zveno fazasining kiritilishi bilan bogʻliq. Meʼyor masalasiga kelsak , uning kishi hayotini tashkil qilishda boʻlgan ahamiyati va ishlab chiqarish unumdorligiga qanday ijobiy tasir koʻrsatishi maʼlumdir. Butun masala bu ishni meʼyorida taqsimlanishiga bogʻliq. Agarda bu aynan suratning oʻzi 166 boʻlsa va eng yuqori zoʻriqish holatlari osoyishtalik vaqtlari bilan navbatlanib borilsa, zamonaning hech qanday joʻshqin surati ham, hech qanday ruhiy kechinmalarning oʻtkirligi ham gipertoniyaga olib kela olmaydi”.Bu gaplar bevosita mashgʻulot rejimini uyushtirishga ham taalluqlidir. V. Oʻzaro bogʻliqlik prinsipi. Bu jismoniy sifatni rivojlantirishga qaratilgan har qanday mashq boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishiga maʼlum oʻzgarish kiritadi, ular orasida maʼlum son jihatdan oʻzgarish (jamgʻarish ) lar vujudga keladi, ulardan samarali foydalanish malakalarini shakllantiradi. Organizmning rivojlanishidagi bunday uzluksiz oʻzaro bogʻliqlik obyektiv qonuniyatdir. Yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliqlik mashgʻulot jarayonining oʻzida ham boʻlishi mumkin (jismoniy tayyorgarlik-sportchi harakat faoliyatining asosi shaklida; texnik va taktik tayyorgarlik esa jismoniy imkoniyatlardan keng foydalanish vositasi tariqasi namoyon boʻladi ). Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda sportchilarning individual, yoshga xos va jinsiy xususiyatlarining nomuvofiq hisobga olinishida namoyon boʻluvchi koʻp yillik sport tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklar rejalashtirish va amalga oshirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishga toʻsqinlik qiladi hamda bu muammoning turli tomonlarini chuqur va tizimli oʻrganish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Shu jihatdan bolalar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar sport maktablari, Oliy sport mahorat maktablari va sport turlari boʻyicha federatsiyalari va uyushmalar hamda taʼlim muassasalari (umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalar)ini sport toʻgarak darslarida oʻtkaziladigan sport mashgʻulotlarini yanada yaxshi yoʻlga qoʻyish hamda takomillashtirish muhim masala ekanligi eʼtirof etiladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling