Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
IX.2. Harakatlar tarkibini, oʻq otishning taktik modellarini individuallashtirish
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX. 3. Oʻquv jarayonini tartiblash boʻyicha umumiy tushunchalar.
IX.2. Harakatlar tarkibini, oʻq otishning taktik modellarini individuallashtirish
Harakatlar tarkibini individuallashtirish, otishning taktik modellari. Otishning individual xususiyatlari koʻpincha zarbani bajarish texnikasining xususiyatlarida, 167 taktik qarorlarni qabul qilish tezligi va adekvatligida, mavjud sharoitlarga qarab otishning taktik modelini tanlash hamda samarali amalga oshirish qoidalarida namoyon boʻladi. Shuning uchun kamondan otishini nishonga otish texnikasiga, turli taktik usullar va harakatlarga, uning muayyan harakat hamda aqliy fazilatlar namoyon boʻlishiga moyilligini hisobga olgan holda oʻrgatish tavsiya etiladi. Bu mashgʻulotlarda zarur texnik-taktik harakatlarni oʻzlashtirish jarayonini tezlashtiradi va ulardan musobaqalarda muvaffaqiyatli foydalanishni belgilaydi. IX. 3. Oʻquv jarayonini tartiblash boʻyicha umumiy tushunchalar. Turli darajadagi musobaqalar kamonchilarni yil davomida tayyorlashning butun tizimining majburiy qismidir. Musobaqa natijalarining turli ahamiyatliligidan, kamondan oʻq otuvchilarning jismoniy va ruhiy sohalariga taʼsir qilish darajasidan kelib chiqib, ularni yillik sikldagi joylashuvi va ishtirokchilarning malaka darajasiga koʻra tartiblash maqsadga muvofiq. Bu mashgʻulot jarayonini yanada oqilona rejalashtirish imkonini beradi, kerakli tayyorgarlik darajasiga erishishga yordam beradi, keyin esa musobaqadan keyin toʻliq psixofizik tiklanishga yordam beradi. Oʻquv jarayonida oʻzaro hamkorlikka asoslangan doʻstona muhitni vujudga keltirish shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Sport taʼlimidagi oʻquv-biluv jarayoni sportchilarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. Murabbiy bilan sportchi orasida oʻzaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha shugʻullanuvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda oʻzaro tenglik muhiti hukmron boʻladi, oʻquv jarayonida shugʻullanuvchilarning aksariyat muammolarini yechishga koʻmaklashadigan taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Taʼlim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va shugʻullanuvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda shugʻullanuvchilar oddiy taʼlim oluvchilar emas, taʼlim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari boʻlishlariga erishiladi. Asosiy qism. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, murabbiy oʻquv-biluv jarayonini 168 tashkil etar ekan, har bir sportchilarning betakror ekanligi, uning taʼlim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqega, ustozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻlishini unutmasligi lozim. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasidagi har bir pedagog sportchilarning qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻla olishga erishishi, sportchilarning eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik boʻlishi, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri yoʻl koʻrsata olishi zarurki, shundagina taʼlim-tarbiya oldiga qoʻyilgan maqsadga erishiladi. Shugʻullanuvchilar orasidagi oʻzaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish kerak: − oʻquv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish; Shugʻullanuvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish; − shugʻullanuvchilar jamoasi orasida oʻzaro doʻstona muhitni vujudga keltirish kabilar. Oʻzaro hamkorlik va doʻstona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning uchun oʻquv- tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va oʻzaro axborotlar almashinuvi uchun qulay boʻlishini taʼminlash muhimdir. Taʼlim jarayonida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun shugʻullanuvchilarda ongli faoliyat koʻrsatish koʻnikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga oʻrgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki umumiy oʻrta taʼlim shugʻullanuvchilari murakkab, ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega boʻlgan, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni oʻzlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil, xulq-atvorida ijtimoiy meʼyorlarning shakllanishi jadal surʼat bilan kechadigan yoshda boʻladilar. Shunga koʻra quyidagilarning muhimligi kuzatilmoqda: — murabbiy bilan shugʻullanuvchilar hamkorligini boshlangʻich sinflardayoq yoʻlga qoʻyishning zarurligi; — murabbiy bilan shugʻullanuvchilar hamkorligini taʼminlashga xizmat qiladigan metodlarni qoʻllashning muhimligi; — shugʻullanuvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni oʻzlashtirish oʻzaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishi; — murabbiy bilan shugʻullanuvchilar orasida doʻstona hamkorlikka asoslangan muhitning vujudga kelishi murabbiy pedagogik 169 faoliyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi; — shugʻullanuvchilar va murabbiylar munosabatlarida anʼanaviy pedagogik yondashuvlarning saqlanib qolayotganligi va uni bartaraf etish ehtiyojining kuchayayotganligi; — taʼlim jarayoni samaradorligini taʼminlashda murabbiy bilan shugʻullanuvchilar hamkorligining muhimligi; — murabbiyning muomala odobi, nazokati, shaxslar-aro muomala maromi, shugʻullanuvchilar bilan doʻstona munosabatni oʻrnatuvchi muhim omil ekanligi va boshqalar. Taʼlim jarayonida shugʻullanuvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil etish uchun axborotni mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda sunʼiy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan unumli foydalanish mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yoʻnalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazifalarni kompyuter vositasida yechishda foydalaniladi. Oʻquv muhitida murabbiy ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon boʻladi. Pedagogika fani uchun umumlashgan quvvatlarni qoʻlga kiritish oʻta muhim ahamiyatga ega. Chunki u yangi bilimlarni oʻzlashtirishni taʼminlaydi. Umumlashgan quvvatlarni sarflash oʻquv jarayonida juda zarur hisoblanadi. Jumladan 1) shugʻullanuvchilarni aniq ilmiy, amaliy muammolarni yechishga jalb etish, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlarni hosil qilish; 2) shugʻullanuvchilarning oʻquv ishlarini shunday tashkillashtiriladiki, mantiqiy- lingvistik modeldan topshiriqlarni yechish vositasi va ularning yechimlarini tekshirish usuli sifatida foydalanish imkoniyati vujudga kelishi; 3) qoʻlga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron koʻrinishlarda ifodalanishi lozim. Buning natijasida shugʻullanuvchilarda kompyuterdan foydalanishga oid dastlabki koʻnikmalar tarkib topadi va har bir sportchida oʻzlari uchun zarur boʻlgan axborotlar bazasini yaratishga boʻlgan intilish vujudga keladi. Bu jarayonda guruh aʼzolari birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir sportchi oʻz bilim zaxirasini guruhdoshlari egallagan bilimlar yordamida boyitish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Bunda ularga yangi bilimlar bilan boyitilgan oʻquv materiallari yaqindan yordam beradi, shuningdek, murabbiy intellektual xarakterdagi oʻquv topshiriqlaridan kengroq foydalangan holda 170 hamkorlikka asoslangan oʻquv muhitini vujudga keltirishi lozim. Taʼlim-tarbiya tizimiga bunday yondashuvni tatbiq qilish natijasida maktab taʼlimida yangi yoʻnalish vujudga keladi. Pedagogik hamkorlik oʻzida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 1) shugʻullanuvchilarning quvvatlarini mujassamlashtirish asosida umumlashgan natijani qoʻlga kiritishga asoslangan jamoa mehnatini tashkil etish texnologiyasi; 2) intellektual texnologiyalarga asoslangan axborotlarga ishlov berish usullari. Bunday yondashuv natijasida intellektual madaniyatning yuqori darajasiga erishishi taʼminlanadi. Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar toʻrt koʻrinishda namoyon boʻladi. Hamkorlik nazariyasi – 1) fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos boʻladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, gʻoyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma; 2) nomuntazamlik, ochiqlik, oʻtish xarakteridagi jarayonlarning tengsizligiga asoslangan gʻoya atrofida birlashadigan muayyan xususiy ilmiy qarashlar; 3) tizimlarning oʻz-oʻzini tashkil etish yoki oʻtish jarayonlariga oid umumiy ilmiy yondashuvlar; 4) ilmda mavjud boʻlgan hukmron tafakkurga barham berish, oʻzgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, oʻtish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar, yangicha dunyoqarash − asosini tashkil qiladi. Taʼlim jarayonida shugʻullanuvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama oʻzgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo qilmoqda. Umumiy oʻrta taʼlim oldiga qoʻyilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat taʼlim mazmunini oʻzgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, murabbiy faoliyatini ham takomillashtirishga boʻlgan ehtiyoj kuchaymoqda. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasida shugʻullanuvchilarni hamkorlikda oʻqitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud: Guruhlarda oʻqitish (R.Slavin, Ishmuhamedov) da shugʻullanuvchilar teng sonli ikki guruhga ajratiladi. Har ikkala guruh bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh aʼzolari oʻquv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir sportchi mavzudan koʻzda tutilgan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishga eʼtiborni qaratadi. Kichik guruhlarda hamkorlikda oʻqitish . Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta sportchidan tashkil topadi. Murabbiy birinchi navbatda mavzuni tushuntiradi, soʻngra shugʻullanuvchilarning 171 mustaqil ishlari aniqlab olinadi. Shugʻullanuvchilarga berilgan oʻquv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir sportchi topshiriqning maʼlum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir sportchi oʻzi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, sheriklariga aytadi, soʻngra guruh aʼzolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. Murabbiy har bir kichik guruh maʼlumotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib ularni baholaydi. Murabbiy va sportchilarning hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy eʼtibor oʻzaro munosabatning rivojlanishini oʻrganishga qaratiladi, oʻqitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, murabbiy bilan sportchilarning birgalikdagi xatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat murabbiyning sportchiga koʻrsatadigan yordamidan boshlanadi; Shugʻullanuvchilarning faolligi asta- sekin oʻsib borib, butunlay ularning oʻzi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; murabbiy bilan sportchi oʻrtasidagi munosbatida esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega boʻladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling