Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish
Oʻquv jarayonining yoʻnalishi
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
DARSLIK 2023 йил октябр 2
Oʻquv jarayonining yoʻnalishi.
Kamondan otish mashgʻulotlarining asosiy mazmuni otish texnikasi va taktikasini toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Buning sababi shundaki, pirovard natijada sport yutuqlari asosan taktik va texnik tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, otuvchining jismoniy tayyorgarligi harakatlarining ixtisoslashuvi darajasi bilan 160 tavsiflanadi, buning asosida kamondan otishda va eng samarali yoʻlni tanlashni taʼminlaydigan taktik bilim, koʻnikma va malakalar darajasi belgilab beradi. Maʼlumki sportchilarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish albatta, Umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy ish qobiliyatini va maxsus jismoniy tayyorgarligi vositasida amalga oshirishning qulay yoʻllarini izlash bilan bogʻliq boʻladi. Bunda asosan sportchilarning alohida individual qobiliyatlari va zaxiradagi harakat imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beruvchi jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va maxsus tayyorgarligini rivojlantirish va texnik — taktik mahoratlarini shakllantirish, shuningdek, sportchilarning turli musobaqalardagi samaradorligini oshirish uchun asos hisoblanadi. Kompleks nazorat usullari murabbiy oʻqituvchi va sportchilar orasidagi qaytuvchi aloqalarni amalga oshirib, ana shu asosda mashgʻulot ishtirokchilarini tayyorlashda ularning boshqaruv qarorlari darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi. Kompleks nazorat yaʼni — sportchilarning tayyorgarligi, oʻquv mashgʻulotlari Jarayonining mazmuni va bellashuv faoliyatini har tomonlama baholash maqsadida, nazorat turlari yaʼni, bosqichli, joriy va tezkor (operativ) nazorat turlaridan shuningdek, pedagogik, ijtimoiy — psixologik va tibbiy-biologik koʻrsatkichlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi. Ularning har biri sportchilarning holatini muayyan tipiga muvofiq boʻladi. Bosqichli nazorat — sportchilarning bosqichli holatini, yaʼni uzoq muddatli mashgʻulotlar samaradorligining oqibatida kelib chiquvchi holatini baholash imkonini beradi. Shugʻullanuvchining bunda holatlari uning bir necha yillar davomidagi uzoq tayyorgarligining (yil, makrosikl, davr yoki bosqichdagi) natijasidir; joriy nazorat – shugʻullanuvchining joriy ahvolini oʻrganishga yoʻnaltirilgan boʻlib, u mashgʻulotlardagi yuklamalar, tayyorgarliklardagi yoki musobaqalardagi mikrosikllar natijasidir; — tezkor (operativ) nazorat — sportchilarning operativ holatlarini, yaʼni ular organizmining muayyan mashgʻulotlar va musobaqalar asnosidagi yuklamalarga boʻlgan tezkor reaksiyalarini baholashni koʻzda tutadi. 161 Qoʻllaniladigan vosita va usullarga koʻra nazorat pedagogik, ijtimoiy- psixologik va tibbiy biologik xarakterga ega boʻlishi mumkin: -pedagogik nazorat jarayonida texnik — taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasi, musobaqalarda ishtirok etishning oʻziga xosliklari, sport natijalarining dinamikasi, mashgʻulotlar jarayonining tuzilishi, mazmuni va hokazolar baholanadi. Ijtimoiy – psixologik nazorat sportchi shaxsiyatini, uning ruhiy holatini va tayyorgarligini, mashgʻulotlar va bellashuv faoliyatiga xos boʻlgan umumiy sharoitlarni oʻrganish bilan bogʻliq boʻladi. Tibbiy-biologik nazorat sportchining sogʻligi ahvolini, turli funksional tizimlarning imkoniyatlarini, mashgʻulotlarda va musobaqalashuv jarayonlarida asosiy yuklamani oʻziga oluvchi, alohida organlar va mexanizmlarni baholashni koʻzda tutadi. Hozirda sport mashgʻulotlari nazariyasi va uslubiyatida sport amaliyotida kompleks nazoratning barcha turlarini, jismoniy vosita va uslublarini qoʻshgan holda, murabbiylar sportchilarga sport mashgʻulotlarida va sport musobaqalarida qoʻllab kelsa, ijobiy natijaga erisha oladi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, musobaqa bellashuvlarida texnik-taktik tayyorgarlik darajasi yuqori boʻlgan sportchi koʻproq jismoniy sifatga ega boʻlgan sportchidan koʻra yaxshi natija koʻrsatadi. Avvalambor, oʻquv mashgʻulotlari bellashuvlarida berilgan yuklamalarni nazorat qilish orqali mahoratga ega sportchining usullarini chiroyli va koʻproq bajarish har doim bellashuv natijalarini yaxshilanishiga olib keladi. 3 Ikkinchidan texnik-taktik mahoratga yoʻnaltirilgan oʻquv-mashgʻulot jarayonida sportchilarga berilayotgan yuklamalar hajmini nazorat qilish orqali taqsimlash, sportchiga musobaqa faoliyatida yaxshi ishtirok etish imkonini beradi. Sportchilarning oʻquv mashgʻulot jarayonini rejalashtirish nazariy jihatdan, eng avvalo, oʻzaro bogʻliq maqsadlar majmuasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi mashq qilish yaʼni mashgʻulot dasturlari tizimini ishlab chiqish ( yaqin, oʻrta va uzoq maqsadlarga muvofiq holda shoshilinch (tezkor), joriy va koʻp yillik yoki istiqbolli dasturini shakllantirish maqsadga muvofiq boʻladi. 3 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Sportchilarni tayyorlashda texnik-taktik mahoratlarini hakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari Yu. Yu. Aripov 162 Tayyorgarlikning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda sportchilarning individual xususiyatlarini maksimal tarzda hisobga olish – malakali sportchilar takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Texnik faoliyatni oʻzlashtirish va harakat malakalarini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlarni boshqaruvchi shartli reflektor, mexanizmlar shartsiz reflekslar asosida sodir boʻladi. Tayyor “energiyalar” shartsiz reflekslarning mavjudligi koʻnikma va malakalarning ixtiyorsiz shakllanishida harakat apparatini boshqarishni osonlashtiradi. Lekin, shakllanadigan texnik harakatlar va tugʻma reflekslar orasida oʻzaro salbiy munosabatlarni ham hisobga olish lozim, ular texnik jihatdan samarali harakatlarni oʻzlashtirishga qarshilik koʻrsatishlari va harakatdagi xatoliklarni yuzaga keltirishlari mumkin. Turmush sharoitida shakllangan malakalar shunday tormozlovchi xususiyatga egadir. Hayotiy malakalarning salbiy taʼsiri har bir sport turida “oddiy” siklli yugurishdan atsiklik harakatiga ega boʻlgan mashqlargacha uchraydi. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrashning oddiy hayotiy shakli oyoqning aktiv turtkisiga asoslangan. Hozir sakrashda depsinish texnikasi aktiv, reaktiv va inersiya kuchlarining oʻzaro ratsional munosabatida sodir boʻladi. Harakatlarni bajarish va boshqarish mexanizmlardagi bu farq oʻrgatish jarayonini murakkablashtiribgina qolmasdan, kuchlarni maksimal talab etadigan sharoitda ratsional texnik malakalarning mustahkamlanishiga chinakam toʻsiq boʻlib xizmat qiladi. Boʻlajak davr sportchi modelini tuzishga yuqori natijaga erishish imkonini yaratadigan jismoniy sifatlar, texnik va taktik rivojlanish darajasini sarflashni ifodalashi zarur. Bunda vaqt omili, yaʼni sportchining xalqaro klass darajasiga etilishi uchun ketadigan vaqtni hisobga olish katta ahamiyatga ega boʻladi. Texnik mahorat- sport kurashi sharoitida maksimal natijaga erishishga qaratilgan sport mashqlarining eng ratsional harakat strukturasini puxta oʻzlashtirishdan iborat.Harakatlarni oʻzlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirishda ong juda katta ahamiyatga ega, unga hattoki avtomatlashtirilgan harakatlar ham tobe boʻladi. Undan tashqari har qanday maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida keladigan maʼlumotlar asosida toʻxtovsiz korreksiya qilish 163 jarayonida shakllanadi. Shu boisdan trener harakat malakasining takomillashishini boshqarib borishdan tashqari sportchining psixikasiga tasir qila bilishi kerak. Amalda texnik mahoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi: 1) texnika asosan harakatning zamonaviy ratsional strukturasiga toʻgʻri keladi va shuning bilan birga sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy xususiyatlariga mos keladi; 2)sportchi harakatining texnikasi uning funksional imkoniyatiga toʻliq mos kelmaydi va zamonaviy texnika modeliga nisbatan ozmi-koʻpmi kamchiliklari mavjud boʻladi. Shuning uchun harakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondashish zarur. Birinchi holda u toʻgʻri harakatlarning son jihatdan yanada rivojlanishiga bogʻliq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulslarining koʻpayishi, koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit harakat faoliyatining ritmi bilan oʻzaro munosabati va shuning asosida maʼlum harakat faoliyatini shakllantirish. Ikkinchi holda harakat texnikasini takomillashtirish harakat malakasini ancha oʻrgatish va harakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroq qismlarga almashtirish bilan bogʻliq boʻladi. Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, harakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener va sportchilar texnik mahorat darajasini aniqlashning obyektiv koʻrsatkichlariga, uning takomillashib borishini kuzatish oʻlchovlariga ega boʻlmasliklarida va, shuningdek, ijro etish texnikasining mukammal modelining aniq emasligidadir. Shuning uchun trener ham, sportchi ham harakatlarni muntazam toʻgʻrilab borish va ularning ijro etilishini kuzatib borishi uchun texnik vositalar yordamida tez maʼlumot olish metodlariga ega boʻlishlari shart. Texnik mahorat darajasi harakat potensialidan samarali foydalanish darajasi bilan aniqlanishi kerak. Bu yerda texnik mahorat darajasi va sport natijasining oʻlchov birligiga zoʻr berish hajmi va sarf qilingan jismoniy kuch orasida nomutanosib bogʻliqlik mavjuddir. Bunda harakat samarasining mutlaq birlikdagi hajmigina emas, balki harakat potensialining tejamlik koʻrsatkichi ham hisobga olinadi. Tejamlikning son koʻrsatkichi qanchalik past boʻlsa, mahorat shunchalik yuqori boʻladi. Shunday qilib, texnik mahoratning asosiy koʻrsatkichi harakatlarning samaradorligi va 164 tejamligidadir. Harakatni bajarish uchun organizm reaktiv va tashqi kuchlardan qanchalik koʻp foydalansa va aktiv muskul ishi qanchalik kam qoʻshilsa tana harakati shunchalik tejamli va ratsional boʻladi. Texnik mahoratning-eng integral (analitik) koʻrsatkichi harakat ritmidir, unga xos belgilardan maʼlum vaqt intervallarida turli shiddatdagi zoʻr berishning ratsional navbatlanadigan fazalarning mavjudligidir. Texnik mahorat harakatlarning ishonchliligi va aniqligi bilan ifodalanadi. Turli xil harakat uygʻunligidan tashkil topgan (yoʻnalishi, zoʻr berish darajasi va hokazolar boʻyicha koʻp oʻzgaruvchan) harakatlar sistemasi kam ishonchlidir. Shuning uchun siklik harakatlar atsiklik harakatlarga nisbatan ishonchliroq sistemaga ega. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling