Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Qayta tiklash vositalarining tasnifi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Qayta tiklash vositalarining tasnifi 
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogika, psixologik va tibbiy 
guruhlarga boʻlinadi. 
Pedagogik vositalari;
Asosiy vositalar boʻlib hisoblanadi, chunki ratsional ravishda tuzilgan sport 
mashgʻulotlarnigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi va sport natijalarni 
oshiradi. Bunda quyidagi faktorlarga katta ahamiyat beriladi: mikro va makrosikllarda 
shu bilan sportchini koʻp yillar davomida tayyorlanishida yuklanish va dam olishni 
birga qoʻshib toʻgʻri olib borilishi. maxsus qayta tiklash sikllarini kiritish, dam olish 
kunlar, mashgʻulotlarni har xil sharoitlarda oʻtkazilishi, mushaklarni boʻshashtiruvchi 
mashqlar, yengil krosslar, mashgʻulotlarni kirish va tugash qismlarini ratsional 
ravishda tuzilishi va h.k. 
Psixologik vositalari; – psixologik – asab tangligini (tarangligini) chetlatadi, shu 
bois organizmining harakat va fiziologik funksiyalari tezda qayta tiklanadi.
Bularga har xil asabiy va ruhiy holatlarini boshqarish uslublar: uxlab dam olish, oʻz 
kuchiga ishontirish, oʻz-oʻzini irodasini mustahkamlash, mushaklarni boʻshashtirish 
usullari, boʻsh vaqtlarni sermazmuni oʻtkazish, gipnoz va x. kiradi. 
Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda qoʻllaniladigan tibbiy vositalar asosiy rolni 
oʻynaydi. 


194 
Tiklanish deganda organizmning funksional holati oʻzgargandan keyin uning 
fiziologik holatini ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz (ichki muhitni saqlash) 
holatiga qaytishi tushuniladi.
Aerob reaksiyalar va assimilyatsiya ustun kelishi tiklanish jarayonlarining 
xarakterli tomonidir. 
Maʼlumki, ishdan keyin davrda faqat organizmning sarf qilgan resurslari va 
shuningdek, uning fiziologik funksiyalari tiklanibgina qolmay balki muhim funksional 
struktur qayta qurilishlar ham boʻladi. Shuning uchun tiklanish jarayonlarini bilib 
hisobga olish trenirovka yuklamalariga doimo toʻgʻri yordam beradi. 
Yuklanish natijasida organizmning ichki muhitida kuchli oʻzgarishlar sodir 
boʻladi, qon reaksiyasi kislotali tomonga suriladi, energetik resurslar kamayadi
termoregulyatsiya, buziladi, yurak-qon tomir, nafas sistemalarining faoliyati buziladi. 
Bularning faoliyatini yaxshilashda tibbiy vositalar yordam beradi. Buning natijasida 
charchoqlik holati yoʻqoladi, ish qobiliyati oshadi, organizmga keyingi beriladigan 
yuklanishga moslanishini yengillashtiradi. 
Sportchilar organizmning ish qobiliyatini qayta tiklashda sport tibbiyotida keng 
kompleksli vositalar qoʻllaniladi. Bunga birinchi navbatda maxsus ovqatlanish, 
ergogenli diyeta va vitaminlar kiradi. 
Bundan tashqari oʻsimliklardan va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan farmakologik 
preparatlar qoʻllaniladi 
Gigiyenik vositalari ham keng qoʻllaniladi – bir meʼyordagi rejim, tabiatdagi 
tabiiy kuchi va x.z. Eng asosiysi esa tiklanishning jismoniy vositalarning yigʻindilari: 
massajdan tortib, sauna, termo (issiq) – elektro,baro, – magnit va boshqa uslublar 
koʻllaniladi.
Koʻpgina tibbiy vositalar organizmga katta taʼsir qiladi. Bu vositalarni notoʻgʻri 
koʻllanishi, organizm holatiga mos kelmasligi, dozirovka koʻpayib ketishi, 
sportchilarning sogʻli-gʻiga taʼsir etishi, uning ish qobilyatini yomonlashishiga olib 
keladi. Shuning uchun buni qoʻllashda sportchilarning individual holatini, yoshini, 
jinsini sogʻligini, jismoniy rivojlanishiga, organizmning konkret holatiga, 


195 
mashgʻulotning yoki musobaqaning bosqichi va xarakterini hisobga olish kerak. Bu 
vositalar vrach koʻrsatmasi asosida qoʻllaniladi. 
Mashgʻulotlar va musobaqalar jarayonida sportchilarni ish qobiliyatini 
oshirishda, tiklanish jarayonlarni tezlashtirishda va charchash holatlarni oldini olishda 
ovqatlanishi katta ahamiyatga ega. 
Modda almashinuv tufayli oʻsish va rivojlanish, morfo-logik oʻzgarishlarni 
turgʻunligini va biologik sistemalarni funksional darajalari taʼminlanadi. 
Katta jismoniy yuklanishlarda oziqa moddalarga extiyojligi, qisman oksil moddalarga 
va vitaminlarga oshishi kuzatilgan yuklanishlarni kuch va quvvat oshishi bilan 
energiyani sarflanishi ham oshadi. 
Sportchilar va sport ustozlari har xil jismoniy yukla-nishga taalluqli energiyasini 
mos kelishini aniqlashi mumkin. 
Qayta tiklash jarayonlarini tezda tiklash maqsadida katta yuklanishlar va 
musobaqalar davomida ovqatlanish kaloriyasini oʻylab chiqarilgan normativlarga 
nisbatan 5-10%, suyuklikni esa 0,5-1 litrdan oshirish lozim. Tiklanish davrida ozuqa 
bilan oqsil moddalarini istyemol qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Ozuqani oksil 
tarkibini 50-60 % goʻsht, baliq, jigar, soʻzma, sut tashkil qiladilar. 
Oqsil moddalar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar., glyutamin (sutki bugʻdoyni 
oqsillari) lipoproteinlar (sut, jigar, mol goʻshtli oqsil moddalarni va xolin )mol jigarida, 
tilda, tuxum sarigʻida, noʻxatda qayta tiklanishi taʼminlanadi. 
Yogʻ va uglevodlar – tiklash jarayonlarida katta rol oʻynaydilar. Yogʻ mahsulotlari 20-
25% dan oshmasligi lozim va uglevodlarni miqdorini oshirish lozim. Jigar va 
mushaklarda glikogen zapaslarini oshirishda yuklanishlardan 24-28 soat oʻtgandan 
keyin sportchilarni ozuqa tarkibini uglevodlar bilan boyitilishi lozim. Bular bir sutkali 
kaloriyasini 60% tashkil etishi kerak. Qayta tiklash davrida uglevodlar tarkibi: 64% 
kraxmal va 36% oddiy qandlardan iborat boʻlishi kerak. Tiklanishni taʼminlashda oson 
yengil suriluvchi uglevodlar (Masalan asal), hoʻl mevalar va sabzavotlar katta 
yuklanishlar davrida bir sutkali ratsionini 15-20% tashkil qilishlari lozim. 


196 
Tiklanish jarayonlarini – kalsiy, fosfor, natriy, magniy, temirga boy meneral 
moddalar tezlashtiradi. Bu modda-lar mushaklar, bosh miya, miokardda almashinuv 
jarayonlarini boshqarishi, fermentlarni va vitaminlarni organizmda oʻzlash-tirilishi, 
kislorodni tashuvchi xususiyatlarini, suyak toʻqima-larini mustahkamlanishida katta 
rol oʻynaydi. 
Issiq sharoitda mashq davomida koʻp terlash natijasida tiklanish davrida ozuqa 
rasionida osh tuzini miqdorini sutka davomida 5-7 g koʻpaytirish mumkin, mushaklarni 
tirishishida sportchilarga maxsus tuzli tabletkalarni berish kerak. 
Tiklanish davrining boshlanishida organizmda ishqorlik moddalar mineral suvlar, hoʻl 
mevalar va sabzavotlar bilan taʼminlash kerak. Ichaklarni faoliyatini yaxshilashda 
qatiq, kefir va apelsinlarni ovqatlanish rejimiga kiritish lozim. 
Kun davomida 3-4 marta ovqatlanish tavsiya etiladi (mashgʻulotlar va 
musobaqalardan 1,5-2 soat oʻtgandan keyin). Tiklash muammolarida vitaminlar 
alohida oʻrin egallaydi. Katta yuklanishlarda vitaminlar yetishmovchiligi yuzaga 
kelishi mumkin. Zamonaviy sportda kompleksli vitaminli preparatlar qoʻlla-niladi. 
Shular qatorida kompleksli preparatlar (uglevodlar meniral tuzlar mikroelementlar va 
vitaminlar yigʻindisi yoki oqsil moddalarni yigʻindisi) keng qoʻllaniladi. 
Mushaklarni energetik potensialini oshirishga olib keluvchi ovqatlalanish energogen 
diyeta deb nom olgan (ugle-vodlar, oqsil va yogʻ moddalarni kompozitsiyasini 
oʻzgartirish). 
Mushaklarda glikogenni miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, jismoniy yuklanish 
shuncha katta samarali bajariladi. Masalan, oddiy aralash diyetada (KMU) 
veloergometrda MPKning 75% tashkil qilingan jadallikda mashq 114 daq davomida, 
uglevod diyeta – 167 daq, oqsil-yogʻ diyetada atigi 57 daqiqa davomida toʻxtovsiz 
mashq birinchi hodisada glikogenni miqdori 1,75 g/100 g mushakni ogʻirligiga teng, 
ikkinchisida – 3,51 /100 g uchinchisida esa atigi 0,63 g/100 g ekanligini aniqlashgan. 
Mushaklarda kislarodning tarkibi qancha kam boʻlsa, shuncha uzun masofaga yugurish 
tezligi past boʻladi. Energogen diyeta nafaqat sportchilarni ish qobilyatini oshirishda, 


197 
shu bilan sportchilarni mashgʻulotlar va musobaqalarni samaradorligini taʼminlashda 
ham qoʻllaniladi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling