Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Oqsil moddalar 
Oqsillar (proteidlar) – tirik organizm hujayralarida sintezlanadigan biologik 
polimerlar. Oqsil tirik organizmning hayotiy mahsuloti boʻlib, uning yashashi, 
rivojlanishi, yetilishi va oʻziga oʻxshash nasl hosil qilishiga imkon yaratadi. Barcha 
oqsil molekulalari uglerod, vodorod, azot, kislorod va oz miqdorda oltingugurtdan 
tashkil topgan. Oqsil molekulalari zanjiridagi boʻgʻinlar aminokislotalardan iborat. 
Hujayra quruq ogʻirligi ning 50% dan oshiqrogʻini oqsil tashkil etadi. 
Oqsilning organizm hayot – faoliyatidagi ahamiyati niho-yatda xilma-xil. 
Oqsilning strukturali oqsil deb ataluvchi katta gruppasi organizm turlicha 
strukturasining hosil boʻlishida ishtirok etadi. Hujayralar qobigʻi va ularning ichki 
tuzilmalari – organnellalar, shuningdek, nerv ustunlari qobiqlari polisaxa-ridlar va 
yogʻlar bilan murakkab moddalar hosil qiluvchi alohida erimaydigan oqsildan tashkil 
topgan. Oqsil qon tomirlari devori tarkibiga qiradi. Teri, pay, boylam, togʻay, suyak 
tarkibida kollagen oqsili boʻladi. Keratin son, tirnoq tuzilmalarning asosiy tarkibiy 
qismi hisoblanadi. 
Gormonlar oqsili organizmning barcha hayotiy jarayonla-rini, oʻsishi va 
koʻpayishini boshqarib turadi. Alohida yorugʻlik sezgir oqsil – rodopsip yordamida 
koʻz toʻr pardasida predmetlar tasviri aks etadi. Muskullarda qisqaradigan oqsil miozin 
va aktin borligi tufayli ular qisqaradi va yoziladi. Ayni shu oqsil tufayli barcha 
hayvonlar yurish qobiliyatiga ega. Baʼzi hayvonlar (ilon, hashorat va boshqa) hamda 
oʻsimliklarning kuchli zaharli moddalari, shuningdek bakteriyalar toksini xam oqsildir. 
Shuning uchun ular tuxum oqida va oʻsimliklar urugʻida toʻplanadi. Baʼzi oqsil zahira 
oziq moddalar hisoblanadi. Fermentlar oqsilning muhim va turli gruppasini tashkil 
etadi. Organizm-dagi barcha kimyoviy jarayonlar fermentlar ishtirokida oʻtadi. Ovqat 
hazm boʻlishi, kislorodning oʻzlashtirilishi, moddalarning oʻzaro bir-biriga aylanishi, 
almashinuv mahsulotlarining hosil boʻlishi va organizmdan chiqarib yuborilishi, 
energiya toʻplanishi, qon ivishi va boshqa fermentlar ishtirokisiz amalga oshmaydi. 


198 
Baʼzi oqsil gruppalari tashuvchalik funksiyasini bajaradi. Masalan, eritrositlardagi 
gemoglobin kislorodni oʻpkadan organizmning turli toʻqimalariga eltadi va 
toʻqimalarda hosil boʻlgan karbonat angidridni oʻpkaga olib kelib, nafas chiqarganda 
uning oʻpkadan tashqariga chiqib ketishiga imkon yaratadi. Oqsil organizmni himoya 
qilish vazifasini ham oʻtaydi. Qonga kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar yoki ularning 
organizm hayot faoliyati uchun xavf tugʻdiradigan mahsulotlar tushganda organizmda 
antitellar – immunoglobulin oqsil ishlab chiqariladi. Ular organizm uchun yot boʻlgan 
zaharli oqsilni yoki kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlar hayot-faoliyati 
mahsulotlarini neytrallashda ishtirok etadi. Oqsilning organizmni himoyalash 
vazifasiga qonning ivishini ham misol qilib keltirish mumkin. Qon plazmasida 
fibrinogen oqsili eriydi. U rangsiz va koʻrinmaydi. Lekin qon tomirning shikastlangan 
joyida fibrinogen tez polimerlanib, oq fibrin ipiga aylanadi va choʻkmaga tushib, 
jarohatlangan joyni paxta yangligʻ toʻsib qoʻyadi. Suvda eritmaydigan, kimyoviy 
jihatdan inert oqsildan tortib, suvda eriydigan, biologik jihatdan aktiv, zaharli barcha 
oqsilpeptid bogʻi bilan bogʻlangan ayni bir xil aminokis-lotalardan tashkil topgan. 
Tabiatda 20 xilga yaqin aminokis-lotalar (oqsil shu aminokislotalardan tuzilgan) 
mavjudligi ularning zanjirlarda maʼlum ketma-ketlikda joylashishini cheksiz 
oʻzgartirishga amaliy imkoniyat yaratib beradi. 
Har bir oqsilning politeptid zanjiri oqsiliga xos boʻlgan aminokislotalarining 
tuzilishi bir xilda yoki bir-biriga yaqin boʻlgan, lekin aminokislota qoldiqlari turlicha 
ketma-ketlikda joylashgan ikkita oqsilning xossasi kimyoviy jihatdangina emas, balki 
biologik jihatdan xam deyarli turlicha boʻladi. Oqsil molekulasi aminokislota 
zanjiridagi bittagina aminokislota qoldigʻi oʻrnining almashtirilishi ham ayni oqsil 
xossasining anchagina oʻzgarishiga sabab boʻladi. Aksari oqsil tarkibiga kiradigan 
aminokislota qoldiqlarining soni 100 dan kam emas. Ular oqsil tarkibida qatʼiy tartibda 
birin-ketin joylashib, oqsil molekulasining polipeptid zanjirini, yaʼni barqaror 
birlamchi strukturasini tashkil qiladi. Juda koʻp aminokis-lotalardan tuzilgan uzun 
polipeptid zanjirining turli qismlari oʻzaro bogʻlanishi tufayli oqsil molekulasining 
yuksak tashkiliy shakllari – ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi strukturalari hosil 


199 
boʻladi. Tirik organizmda oqsil paydo boʻlishi nuklein kislotalari va koʻp sonli maxsus 
fermentlar ishtirokida oʻtadigan murakkab jarayondir. 
Oqsil shakli, toʻqimasi va individual xossalari bilan farq qiladi. Har qanday oqsil 
issiq qonli hayvonlar, jumladan odam organizmiga kiritilganida antitela hosil 
boʻlishiga boʻlishiga olib keladi, yaʼni oqsil antigen xossasiga ega. Organizmga yot 
oqsil kirganida allergik holatni yuzaga kel-tiradi. Organizmga singmagan oqsil va 
polipeptidlar ichakda soʻrilib, qonga oʻtadi va organizmga allergiya singari taʼsir etadi. 
Oddiy oqsillarni hazm boʻlishi va soʻrilishining buzilishi. Oqsil oziq-ovqat 
ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ovqat bilan meʼda-ichak yoʻllariga 
kirgan oqsil ovqat hazm qilish shiralaridagi fermentlar taʼsirida parcha-lanadi 
(singiydi). Oziq-ovqatdagi oqsil aminokislotagacha parchalanib, ichak orqali qonga 
oʻtadi. Shunday qilib, oziq-ovqatdagi oqsil oʻziga xos koʻrinishini yoʻqotadi, undan 
hosil boʻlgan aminokislotalardan organizm oʻziga mos – strukturali, fermentli va h.k. 
oqsilni vujudga keltiradi. Baʼzi oqsil- ning meʼda-ichak yoʻlida chala parchalanishi 
ancha ogʻir kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin. 
Oqsilga yolchimaslik va u bilan bogʻliq boʻlgan kamchi-liklar. Odam 
organizmning oqsilga yolchimasligiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin: 
oqsilning organizmga oziq-ovqatlar bilan yetarli miqdorda kirmasligi, oziqli oqsilning 
chala hazm boʻlishi va yaxshi soʻrilmasligi (kuchli ich ketishi, dispepsiya, dizenteriya, 
chillashir, ovqat hazm qilish bezlari funksiyasining buzilishi) oqsilning organizmda 
juda kuchli almashinuvi, binobarin, fiziologik holatlari (homiladorlik, laktatsiya va b. 
da) kuyganda, suyak singanda, xirurgik operatsiya-larda, infeksion kasalliklarda va 
b.da sodir boʻladigan stress (tanglik) holatlarida unga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi, 
turli kasalliklarda, masalan, nefroz, qon yoʻqotish, oqsilning ekssudat va 
transsudatlarga oʻtishi, toʻqimalarda, qon zardobida oqsil sintezining buzilishi, bir 
qator kasalliklarda (gastrit, yarali kolit, ileit va b.) oqsilning ichak epiteliylaridan oʻtib 
yoʻqolishida. 
Oqsilga yolchimaslik organizm toʻqimalarining oʻzidagi oqsilning 
parchalanishiga va azot balansining buzilishiga sabab boʻladi. Dastlab qon zardobidagi 


200 
oqsil miqdori kamayib gipoproteinemiya paydo boʻladi. Gipoproteinemiya 
suyuqlikning qondan toʻqimalarga oʻtishiga va shish paydo boʻlishiga olib keladi. 
Qondan keyin ikkinchi navbatda jigar, muskul va teridagi oqsil miqdori kamaya 
boshlaydi, eng soʻnggida yurak muskuli va bosh miya oqsili tugay boshlaydi. Markaziy 
nerv sistemasi funksiyasining buzulishi oqsil almashinuviga ancha taʼsir koʻrsatadi. 
Oqsilning parchalanishi tezlashib, yangidan hosil boʻlishi esa sekinlashadi. Bu 
atrofiya, distrofiya va boshqa kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Gormonlarning oqsil 
alma-shinuvida alohida ahamiyati bor. Qalqonsimon bez gormonlari organizmdagi 
oqsil parchalanishi jarayonini kuchaytiradi va hosil boʻlishni tezlashtiradi. Gipofizda 
ishlanib chiqadigan oʻsish gormoni taʼsirida oqsilning hosil boʻlishi va sintez-lanishi 
tezlashadi. Bu oqsil miqdorining koʻpayishiga va organizmning oʻsishiga imkon 
yaratadi. 
Kuchli mashgʻulotlar bajarlishida, ayniqsa 2-3 martadan koʻp oʻtkaziladigan 
mashgʻulotlarda, qayta tiklanish jarayonlarini jadallashtirishda ovqatlanish rejimiga 
maxsus ozuqa preparat-lar kiritiladi. Bular qatoriga oqsil gidrolizatli sport ichimliklari 
kiradi. Quruq sport ichimlik “Olimpiya”, “Sportakiad”, “Viktoriya”, “Ergoton”, 
“Veleton”, “Diyeta Ekstra” va oqsil-glyukozali shokolad, oqsil pechenyesi, 
“Olimp”oqsil marmeladi va boshqalardir. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling