Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlaming ajralib
chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o'sha davr uchun
buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka
asoslangan natural xo'jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala
doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning
bosh sababchisi deb bildi. U sudxo‘rlik operasiyalarini inkor etdi va
baholami me’yorda saqlash yo‘li bilan savdogarlaming foydasini
chegaralashni talab qildi. Aflotun qullami fuqarolar deb tan olmadi va
ulami biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi bo'lishi mumkin
emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-
toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirishlari
kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekam-u ko‘st
davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
Do'stlaringiz bilan baham: