Qadimgi dunyo, feodal jamiyati уа ilk kapitalizmning iqtisodiy ta’limotlari
Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Download 373.12 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Qadimgi dunyo iqtisodiy rivoji
1.2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar
Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I mingyilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilami ekspluatasiya qilishning asosiy shaldiga aylangan edi. Ishlab chiqarish, asosan, quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomeming «Iliada» va « Odisseya» poemalarida aks ettirilgan bo‘lib, iqtisodiyotning natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiad (m.av.VIII-VII asrlar)ning «Mehnat
dehqonchilikni ulug‘laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. Qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm surgan «oltin asr», ijtimoiy jabr va og‘ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo‘lmagan davmi ham yoritgan. Miloddan awalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo‘lgach, qulchilik keng tus oladi, urug'chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Solon (m.av. 640/635-559) islohotlari pul xo'jaligining afzalhgini ko'rsatib berdi (m.av. 594). Islohot tufayli qulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada
ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunannandchilik, savdo o'sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo‘lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullami hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qulchilik o‘z tabiatiga ko‘ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma’lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g‘oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo‘jalikni yoqlash yo‘lini tanlaydi, ya’ni sinfiy xarakterga ega bo‘la boradi. Bu yo'nalish Ksenofont (taxminan m.av. 430-354), Platon
laming iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. «Ekonomiya» so‘zi («oykonomiya»: «oykos»
uy, xo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to‘g‘risida qoida mazmuniga ega bo'lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo‘lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xjalikni ulug'laydi. U, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o'zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog'liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. Download 373.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling