Qadimgi dunyo, feodal jamiyati уа ilk kapitalizmning iqtisodiy ta’limotlari


I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta


Download 373.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi373.12 Kb.
#209722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza. Qadimgi dunyo iqtisodiy rivoji

podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan 

yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa 

qilib qo‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu 

asarda  «buyumning  qiymati»  muammosi  ko‘tarilgan,  qiymat  miqdori 

«ish kunlari» bilan belgilangan,  rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga 

mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.

Bu  asarda  davlatni  boshqarish  bo'yicha  takliflar  berilgan  bo‘lib, 

bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan.  Masalan, unda mah- 

sulotning  bozor  bahosi  bilan  uning  tabiiy  qiymati  o‘rtasidagi  farq 

aytilgan.  Tovarga  bo‘lgan  ehtiyoj  ortganda,  uning  bahosi  qiymatdan 

oshib  ketishi  mumkin,  deyilgan.  Savdo  bilan  shug'ullanuvchilarga 

alohida  urg‘u  berilgan  bo'lib,  foyda  masalasi  ko'tarilgan,  foydaning 

miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy 

mahsulot  uchun  5,  chetdan  kelgan  tovarlar  uchun  10  foiz  (import 

o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.

Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim 

iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan.  Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga 

ko‘ra,  zardushtiylik  (zoroastrizm)  dinining  (islomgacha)  muqaddas 

kitobi bo‘lgan  «Avesto»  ya’ni  «hayot  yo‘riqnomasi»  (asli  «Ovasta») da 

ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan.

«Avesto»  bo‘yicha  turli  tabiiy  ofatlarga  qarshi  zaxira  oziq-ovqatlar 

barpo qilish qo‘Uab-quwatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda 

ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi 

daviga  mansub  fikrlarda,  masalan,  chorvadorlar  hamkori  Tim  to‘g‘- 

risidagi  afsonada  «oltin  asr»dagi  mol-qo‘ylaming  mo‘l-ko‘lligi  haqida 

so‘z  yuritiladi.  Yimning  xizmati  ulug'lanib,  kuchli  sovuq,  qor  va  suv 

to'fonidan hayvonlar va  odamlami  qutqarish uchun  «varu»  (qo‘rg‘on) 

qurdirib,  unga suv o'tkazadi,  mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, 

barcha o'simliklar urug‘i va yonib,  porlab tuigan olovni keltiradi  (Nuh 

payg'ambar  bilan  solishtiring).  Odamlar  uchun  turaijoy,  hayvonlar 

uchun  molxonalar  qurilgani  aytiladi.

«Avesto»ning  3-bobi  (fargard)  «Vandidot»  bo‘lib,  nisbatan  keyingi 

davr voqealarini  aks  ettiradi.  Unda,  asosan,  dehqonchilik va  dehqon 

mehnati ulug'lanadi  (awalgi boblarda chorva yetakchi edi).  Endilikda 

ko'proq ekin ekiladigan,  don, o‘t,  mevali ekinlar o‘stiriladigan, suvsiz



joylami  sug‘oradigan,  suvi  ortiqcha  yerlar  quritiladigan  (sug'orish 

bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi,  hatto  yerlarga ko‘p go‘ng 

solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish 

tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko‘rinib turibdi.

Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.av. VI-III asrlarda shakllangan. 

Bu  mamlakatdagi  dastlabki  quldorlik  davlatlari  m.av.  II  ming  yillikda 

paydo bo'lgan.  Konfutsiylik g'oyasi muhimdir.  Uning muallifi Konfiitsiy 

yoki Kun-Tszi (m.a.  551-478 yy.)  «Lun yuy» to‘plamida («Suhbatlar va 



mulohazalar») o‘z g‘oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan 

izlaydi. Shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming manfaatini himoya 

qiladi  (bu  g‘oyalar  keyinchalik  Ken-Tszi  (m.a.312-289-yy.),  Syun- 

Tszi  (313-278-yy.)  va  boshqalar  tomonidan  davom  ettirilgan). 

Yoshlaming qariyalarga hurmati,  ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi  asos 

qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar 

nisbatan  tekis  taqsimlanishi  kerak,  soliqlami  me’yorida  saqlash,  yer 

ishlarini  yaxshi  bajarish,  hammani  o‘z  vazifalarini  bajonidil  ato  etishi 

zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering).

Bu g‘oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy  o'zgarishlar davriga to‘g‘ri 

keladi.  Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj 

topdi,  tovar-pul  munosabatlari  o‘sdi,  savdo-sotiq  kuchaydi.  Sinfiy 

munosabatlar keskinlashdi.  Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy,  ahloq 

va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi 

aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk 

himoya qilinadi.  Konfiitsiy «buyuk jamoa mulki»  (dehqonlar jamoasi) 

va  xususiy  egalik  (quldorlar  mulki)ni  farqlaydi,  so‘nggisini  ko‘proq 

qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini 

ta’kidlaydi va uni tabiiy hoi, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo‘lib, 

hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi.  U  xalq hisobiga  quldorlar 

boyligi  ortishi  tarafdori  edi,  xalqni  ko'proq  ishlab,  kamroq  iste’mol 

qilishga chaqirdi.

Syun-Tszi  davlatning  iqtisodiy jihatdan  kuchayishi  tarafdori  edi, 

odamlaming boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish 

yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la 

olmaydi,  degan  fikr  paydo  bo‘ldi,  ya’ni  olim  mehnat  taqsimoti 

zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy 

siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:




1.  Xarajatlami  iqtisod  qilish,  ya’ni tejab-tergab  sarflash;

2. Xalq to'qligini ta’minlash;

3.  Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi.

Miloddan  awalgi  VI-III  asrlarda  legistlar  fqonuniy  degani)  oqimi 

paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga 

qarshi)  olib  borish  tarafdori  edilar  (namoyandalari  Tszi-Chap,  Li- 

Kuy),  markaziy davlat  kuchli,  mamlakat  esa yagona,  birlashgan bo‘li- 

shini  qo‘llab-quwatlashgan.  Legistlar  (Shan  Yan),  ayniqsa,  qishloq 

xo'jaligi,  dehqonchilik,  donchilikni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor 

berishgan.  Don  masalasini  hal  etish  bosh  masala  deb  bilingan.  Shan 

Yanning  fikricha,  davlat  ravnaqi  uchun  ikki  masalani  hal  etish  zarur: 

don  va  urush  (atrofdagi  yerlami  bosib  olish).  Dehqonlar  ro‘yxatini 

o'tkazish,  qonun  yo‘li  bilan  yig‘ilgan  don  miqdoriga  bog‘liq  yagona 

soliq  tizimini  kiritish  taklif  etiladi.  Qonun  yo‘li  bilan  turli  «ishyoq- 

maslar»ni «yerga qaytarish»,  ya’ni dehqonchilik bilan  shug‘ullanishga, 

mehnat  qilishga  majbur  etish  siyosatini  qo‘llash  kerak  deganlar 

(Xitoydagi  1960-yillar  davomida  ro‘y bergan  madaniy  inqilob  davrida 

shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulot- 

lari  bilan  savdo  qilishni  qat’iy  cheklash  ham  talab  qilingan  (go‘yoki 

savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdo-garlar savdoni 

tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohib-korlik taqiqlangan, 

umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.av.  351-y.)




Download 373.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling