Qadimgi dunyo, feodal jamiyati уа ilk kapitalizmning iqtisodiy ta’limotlari
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g‘oyaIar
Download 373.12 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Qadimgi dunyo iqtisodiy rivoji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta Katon
- Yarron
1.3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g‘oyaIar
Bu davrdagi olim va mutaxassislaming asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Bu g‘oyalaming rivojiga e’tibor berilsa, quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Katta Katon (m.av. 234-149-уШаг yirik yer egasi bo'lgan)
himoya qildi. Katon o‘z talablarini o‘zi ta’minlovchi yoki iste’mol qiymati ishlab chiqaruvchi xo'jaliklami tan olar edi (natural xo‘jalik himoya qilinadi). U faqat oitiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo'jaUkda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalamigina sotib olish zarur, degan g‘oyani qo‘llaydi. U qul mehnati asosida xo‘jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Bu davrda natural xo‘jalik bilan biiga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozomi qo‘llagan Katon, shu, bilan biiga yollanma
mehnatga dushman bo'lgan. U qul mehnatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho‘kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan. Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo‘layotganligini ko‘rgan Katon yaylov xo‘jaligini, keyinchalik savdo va sudxo‘rlikni qo‘llab-quwatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to‘la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shgan (xato fikr). «Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak», - deydi u. Dehqonlar qo'lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, eridn Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yeisizlandi. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlaming yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo‘li bilan hal etmoqchi bo'ldilar. Yer egalarining qo'lidagi yeming bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib, kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko‘zda tutilgan, eng muhimi, bu toifa quldorlaming ishonchli tayanchi bo'lishi kerak edi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo‘yicha, davlat yeridan foydalanuvchilaming har biri 500 yuger (125 gektar), har o‘g‘li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish taqiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo'linib, kambag‘al fuqarolarga berilgan, lekin bu yemi birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132-yilda ataylab o‘ldirildi. Gay (ukasi) Grakx m.av. 123-122-yillardabu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o‘zgarishlami amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.av. 111 -yilda davlat yerlarini sotishga yo‘l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.av. 121-yilda Gay ham jangda halok bo‘lgan). Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Yarron (m.av. 116-27) va Lyusiy Kolumella (I asr) lar quldorlik xo'jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. Shu bilan birga, olim va arxeolog bo'lgan Varron «Qishloq xo'jaligi to'grisida» degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o‘rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlami qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni biiga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron ular o'rtasidagi «buyuk ittifoq» tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo‘jalik o‘z-o‘zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo‘lgan va ulami «gapiruvchi qurollar» deb bilgan. U qullaming siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va bir millatga tegishli qullami ko‘p saqlamaslik kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson). Kolumella o‘zining qishloq xo‘jaligiga oid yirik asarida qullar mehnatining samarasi pastligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, qullar yemi yaxshi ishlamaydUar, yer yuqori hosil berishi uchun qayg'ur- maydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilaming mehnati qullami- kidan yuqori bo'lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalaming inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo'shimcha yer hisobigagina oshdi. Qullar imkoni boricha yemi ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlami erkin kolonlaiga bo‘lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to‘g‘ri xulosaga keldi. Uningcha, mayda ishlab chiqarishga o‘tish kerak edi (hozirgi davrga solishtirib ko‘ring).
Download 373.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling