Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak.
Memfis yonida yirik tosh konlari, 0 ‘rta Misrda Fiva yaqinida alebastr
konlari va Sinay yarim orolida boy mis konlari bo‘lgan. Oltin
Shimoliy Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelinga i.
Aholi: Qadimgi Misrliklar oVrta bo‘yli, to‘ladan kelgan, soqoli
qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan. Ozgina turtib chiqqan daxan.
Qalin lablar, uzunchoq bosh, ≪negroid≫ va ≪Osiyo≫ belgilari
qo‘shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat boMgan.
Ovqat: arpa non, emmer bo‘tqasi, quruq baliq, piyoz, sarimsoq
va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo‘lib
pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo asosiy ichimlik
bo‘lgan. Go‘sht kam iste’mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi
aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan er.aw.VI ming yillik
oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlaming qo‘shilishidan
qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |