Qadimgi misr


Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podshoiik davri


Download 33.53 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2022
Hajmi33.53 Kb.
#226444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QADIMGI MISRccc

Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podshoiik davri

(er. aw. XXXI-XXIX asrlar)

Ilk dehqon jamoalari er. aw. VI—V ming yillikda Quyi Misrda

Fayum vodiysida mavjud bo‘lgan. Fayum manzilgohida g‘alla

ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan.

Bu madaniyatga mansub bo‘lgan manzilgohdan suyak-garpun,

toshdan yasalgan o‘roqlar va loy idishlar topilgan. Shu vaqtda Yuqori

Misrda chorvador dehqonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab

Tasiy madaniyati deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab qabrlar topilgan.

Bug'doy ekilgan, mayda chorva mollari boqilgan, sirti qora va kulrang

loy idishlar yasalgan. Tasiylar urug‘ jamoasi boiib yashaganlar.

Ulardan ko‘ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (er. aw. IV

ming yillik) ga tegishli aholi urug‘ jamosi bo‘lib yashab chorvachilik

va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov

berilib, kichik' kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham mavjud

boigan. Badariylar kulolchilikni takomillashtirganlar. Er.aw. IV

ming yillikning 1-yarmida Amrat manzilgohlari yanada yuqoriroq

rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlangan qo‘rg‘onlar paydo

bo‘lgan. Aholi soni o‘sgan. Mis buyumlari ko‘paygan, garpunqarmoqlar

yasalgan, ilk tilla bezaklar paydo bo‘lgan. Kulollar

naqshli idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk sulolagacha bo‘lgan

davr).

Er. aw. IV ming yillikning II yarmida Gerzey davri (hozirgi



Gerzi qishlog'i nomidan) sulolaviy davrgacha bo‘lgan 2-bosqichda

sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik

ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qazib ochilgan

qabrlardan ko‘plab buyumlar topilgan. Bu vaqtda ilk ibtidoiy

qulchilik paydo bo‘lgan. Qullar ≪tirik murdalar≫ deb atalgan.

Misrning ilk davlatlari xo‘jalik faoliyatini birgalikda oli y borishga

intilgan dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo bo‘ldi.

19

Sug‘orish inshootlarini rivojlantirish va yiriklashtirishga bo‘lgan



ehtiyoj davlat hokimiyatini shakllanishini rag‘barlantirdi. Davlat

hokimiyati sug‘orish tizimini yaratish va ta’mirlashda yetakchilik

qila boshladi.

Misming ilk davlatlari hajmi jihatidan uncha katta boimagan

edi. Keyinchalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi Misr 20 ta katta

bo‘lmagan viloyat — nomlar (Misr viloyatlarini antik yozuvchilar

≪nom≫ deb, ularni hokimlarini ≪nomarx≫ deb ataganlar) ga

bo‘lindi. Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv

jarayoni kuchli boMgan. Nomlar o'rtasidagi uzoq urushlar natijasida

er. aw. IV ming yillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita

yirik davlat vujudga keladi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj,

quyi Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan. Birinchisining poytaxti

Exnab (Nexen), ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo‘lgan.

Misming ilk podsholaridan biri sanalgan Narmer yodgorliklarida

yuqori misr podsholarining g'alabalari ularning ishtiroki bilan

muhim marosimlar abadiylashtirilgan. Yodgorliklarda harbiy tasvirlar

ko‘pchilikni tashkil etadi. Podsholaming hokimiyati er. aw. IV

asr o‘rtalaridan boshlab merosiy tus ola boshlaydi. Chunki, Nil

vodiysining uncha katta bo'lmagan nomlari o'rtasidagi muntazam

olib borilayotgan urushlarda harbiy yo‘l boshchi nomarxlaming

mavqei kuchayib boradi. Er. aw. IV ming yillikning oxiriga kelib

podsholami hokimiyatiga ilohiy tus berilib, ular xudo Xor (bu xudo

lochin ko‘rinishida tasvirlangan) bilan qiyoslangan.

Har ikki podsholik o‘rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq

kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho Narmer va undan oldin

o‘tgan o‘tmishdoshlari g‘olibona urushlar olib borganlar. Er. aw.

XXXI asrning II yarmi atroflarida mamlakatni haqiqiy birlashtiruvchisi

va I umummisr sulolasi asoschisi deb misrliklarni o‘zlari

Narmerning o‘g‘li Mina (yunoncha Menes)ni hisoblaydilar. Mamlakatni

birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o'tgan podsholar

Quyi Misrda uzoq umsh olib boradilar. Mismi amalda to‘la

birlashtirgan va I umummisr sulolasiga asos solgan podsho Narmerning

o‘g‘li Mina (yunoncha — Mina, er. aw. XXXI asming ikkinchi

yarmi atrofida) bo‘ldi. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan

strategik muhim nuqtada yangi poytaxt mustahkamlangan shahar

Memfis (Minnefer misrcha)ni qurdi. Misrning Tinis viloyatidan kelib

chiqqan I—II sulolalar davri ilk podsholik davri deyiladi. Ilk

podsholik davrida yagona va ko‘p sonli davlat apparati va bu apparatni

boqadigan davlat yer egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida

tashkil etilgan yirik xo'jaliklarda davlatga qaram bo‘lgan ishchilar

mehnat qilar edilar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o‘tashga

majbur bo‘lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Sug‘orish inshootlari

va ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis

qurollari yaxshi ma’lum bo‘lsa-da, tosh mehnat qurollari ham

keng tarqalgan edi.

I—II sulolalar podsholari butun mamlakatni har ikki yilda bir

marta aylanib chiqishlari an’anaga aylangan. Mafkurada uning

birligi his qilina boshlanadi. Endilikda podshoni unvoniga mamlakatni

janubi va shimolida e’tiqod qilinadigan ma’budlar Nexbet

va Yajit — ≪Ikkala hukmron≫ — ≪Yuqori va Quyi Misr podshosi≫

so‘zlari qo‘shiladi. Butun mamlakat miqyosida Yuqori Misming

bosh xudosi Xorga e’tiqod qilish keng tarqaladi.

Bu davrda Misr tashqi dunyo bilan faol aloqa olib boradi.

Misrning tosh ko‘zalari bu vaqtda sharqiy 0 ‘rtayer dengizining barcha

hududlaridan topilgan: Finikiya va Suriyadan yog‘och (mashhur

Livan kedri), Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza

toshlari olib kelinadi. Luviya va Arabiston sahrolari yo‘llari

o‘zlashtiriladi. Shimoliy Nubiya ustidan Menes davridan yo‘lga

qo‘yilgan Misrni nazorati saqlanib qoladi.

Er. aw. XXIX asr o'rtalari atrofida Misrda siyosiy halokat yuz

berdi. I’odsho Sexcmib Xorga sig'inishni bekor qilib, uning afsonaviy

dushmani Seton bilan o‘zini qiyosladi, poytaxtni Memfisdan

Abidosga ko‘chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi. Misrni birligini II

sulolaning so‘ngi vakili Xasexemum qayta tikladi. U Quyi Misrni

tor-mor qildi (uning haykaldagi yozuv 47209 kishini o‘ldirilgani

yoki haydab ketilgani haqida xabar beradi).




Download 33.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling