Qadimgi misr


Misrshunoslik fanining rivojlanishi


Download 33.53 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi33.53 Kb.
#226444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QADIMGI MISRccc

Misrshunoslik fanining rivojlanishi
XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan

hech kim shug‘ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr

boshlarida fransuz olimlari 1809—1828-yillari 48 tomli ≪Misr tasviri

≫ nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampoon

qadimgi misr yozuvini o'qidi. Shampolon misrshunoslik

asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va

Brugsh ≪Misr xronologiyasi≫, ≪Misr fir’avnlari to‘g‘risida kitob≫

asarlarini yaratdilar.

XIX asniing 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich

boshlandi.

1) Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik

qazilmalarni o‘tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab

chiqildi, topilmalar o‘rganildi va doimiy saqlana boshlandi.

2) Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan

chop etila boshlandi.

3) Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari

ishlanib, yirik asarlar to'plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari

muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib

borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik fanining taraqqiyotidagi

xizmati katta bo‘ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning

davomchisi boidi. U III tomli ≪Qadimgi davrda Misr tarixi≫,

Brested II tomli ≪Misr tarixi≫, Maspero ≪Misr tarixi≫ va Ed.Meyer

≪Qadimshunoslik tarixi≫ asarlarini yozdilar.

Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to‘g‘ri

keladi. Angliyada ≪Kembridj Qadimgi tarixi≫ seriyasi chop etilib

(I- XI tomlari, 1928—1938-yillarda chop etildi), nemis olimlari

AErman va X.Tropye (1926—1931 -y.) V tomli Misr lufi‘atini tuzdilar.

A.Gardner III tomli ≪Vilbur papirusi≫, ≪Ramseslar davri

ma’lumoti hujjatlari≫ va ≪Misr onomastikasi≫ asarlarini chop qiladi.

Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari

olib bordilar. Faqat XX asming 20-yillaridan boshlab, o‘zi misrlik

bo‘lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar.

Rus olimlari ham Misr tarixini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydilar.

V. G. Barskiy degan odam 1727—1730-yillarda bir necha sharq

mamlakatlarini aylanib chiqqan, shunda Misrda ham bo‘lgan, Barskiy,

Qoxira, Rozett va Iskandariyada boiib, o‘zining ≪Sayohat≫ degan

asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur yodgorliklaridan birini

mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlami ilova qilgan,

muallif bu rasmlami shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi

iyeroglifni yozuvchi o‘z zamonasiga ko‘ra juda aniq aks ettirgan.

Mashhur rus olimlari V. To‘rayev, I. Nikolskiy, E. Avdiyev va boshqalar

misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydilar.




Download 33.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling