Qadimgi misr


Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari


Download 33.53 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi33.53 Kb.
#226444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QADIMGI MISRccc

Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari
Qadimgi Misr tarixini o'xganish uchun qadimgi Misming

zamonamizgacha saqlanib kelgan ko‘pgina yozma yodgorliklari

katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma’lumotlar moddiy

madaniyat yodgorliklarini ko‘p jihatdan to‘ldiradi, bu ma’lumotlar

qadim zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san’at va diniy

e’tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining

qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o‘tgan asarlaridan

Misr tarixiga oid ko‘p ma’lumot olish mumkin. Garchi yunon

va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida

ba’zan bir qator qimmatli ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsalar ham, lekin

ularning ma’lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab

qiladi.


Qadimgi Misr tarixi ko‘p xil manbalar orqali o'rganiladi. Bu

manbalarni yetti turga bo‘lish mumkin:

1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy

matnlar, hujjat va yo‘riqnomalar.

2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal’a, ibodatxona,

sog‘ona, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k.

3) Xalq og‘zaki ijodiyoti: qo‘shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-

etik asarlar.

4) Tilshunoslik ma’lumotlari.

5) Etnografiya ma’lumotlari

6) Antropologiya ma’lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda

odamlarni jismoniy tuzilishini o‘rganish mumkin bo‘lgan tasvirlar.

7) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo‘llar.

Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampolonning Misr

iyerogliflarini o‘qishi qadimgi Misr yozuvini o‘rganishda muhim

ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha

bo‘lgan fir’avnlarining ro‘yxati sanab o'tilgan va yirik harbiy yurishlar

va Nil toshqinlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari

(Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan

≪Tutmos III annallari≫ (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan

biri hisoblanadi.

Kohin Manefonning (taxminan er. aw. VI—III asrda) yozilgan

asarida Misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan.

Manefon 30 sulola ro‘yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga

bo‘ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilaming Misr tarixini eng muhim

davrlarini aniqlashlari uchun, jumladan, qadimgi Misr tarixini,

qadimgi, o‘rta, yangi va so‘nggi podsholik davrlariga bo‘lish

imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan

tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida

(V sulolasi er. aw. XXV—XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan

biri Axetaton shahri (El-Amama)ni qazishda topilgan bo‘lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.

Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti

namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: ≪Axtoy nasihatnomasi≫,

≪Amenemope nasihatnomasi≫, ≪Ipuser so‘zIari≫. Badiiy adabiyot namunalari:

≪Suzamol dehqon to‘g‘risidagi qissa≫, ≪Sinuxet hikoyalari≫

va hokazolami aytish mumlcin.

Ertaklar: ≪Ikki aka-uka to‘g‘risida≫, ≪To‘g‘ri va egri≫ haqida

≪Kemada halokatga uchraganlar≫ ertagi, ≪Unu Amonning Biblga

sayohati≫ (Er. aw. XI asr kabilar).

Diniy ruhdagi asarlar: V—VIII sulola fir’avnlari piramidalari

ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo‘lib

(er. aw. XXIV—XXII asrlar), ular ≪Piramida matnlari≫ deb ataladi.




Download 33.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling