Qadimgi misr
Etnografiya nia’lumotlari
Download 33.53 Kb.
|
QADIMGI MISRccc
Etnografiya nia’lumotlari. Misrliklar boshqa ko‘pgina qadimgi
Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik daviga mansub bo‘lgan kishilaming o‘ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o‘lchab ko‘rish natijalari, shuningdek, qadimgi Misr tipining somali va boshqa qabilalarning tipiga birmuncha o‘xshab ketishi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko‘ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o'zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o'xshab ketadilar. Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan hosildorlik ma’budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlaming diniy e’tiqodlari bilan mahkam bog‘langanidan dalolat beradi. Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubiyadan maxsus ≪xudo raqsi≫ ni bajaruvchi pakana odamning Misiga keltirilganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan ham juda yaqin bo‘lganlar. Qadimgi Misr tili o‘zining ba’zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o‘xshab ketadi. Misrda va Nil vo-diysini o'rab olgan baland togiiklarda o'tkazilgan arxeologik qazishmalaming ko‘rsatishicha, o‘ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltiigan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar.
Download 33.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling