Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Mennnadlar sulolasi davrida Lidiya


Download 70.5 Kb.
bet5/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1479927461 66199

2. Mennnadlar sulolasi davrida Lidiya. Lidiya podsholigining ravnaq topgan davri Mermnad sulolasining asoschisi Giges (692–654) podsholik qilgan davrga to`g`ri keladi.
Giges davrida Lidiyaga Frigiyaning bir qismi, Kari, Troada va Misiya qo`shib olinadi. Shu munosabat bilan Lidiya Marmara va Qora dengiz bo`g`ozlari va savdo yo`llariga chiqib oladi. U Lidiyani Egey dengizi sohillari bilan bog`lash uchun Milet va Smirna ustiga yurish qiladi. Ammo yaxshi natijaga erisha olmaydi. Giges shfarqda Ossur podsholari bilan ittifoqda bo`lib, ularning yordami bilan Kappadokiyada kimmeriylar ustidan g`alaba qozonadi. Ossuriya shu yo`l bilan Lidiyani o`ziga tobe qilishga uringan edi. Lidiya podshosi Ossurlarga tobelikdan qutulish uchun Misr va Bobil bilan ittifoq tuzadi. Vaziyatdan foydalangan kimmeriylar Lidiya ustiga bostirib kiradilar. Kimmeriylar bilan bo`lgan jangda Lidiya qo`shinlari batamom yengiladi. Giges jangda halok bo`ladi.
Lidiyani katta qismini kimmeriylar bosib oladilar. Miloddan avvalgi 694-yili Sardi shahri ham dushmanlar tomonidan bosib olinadi. Ko`chmanchilar Sardi shahrining qal`asini egallay olmagan edilar. Shahar qal`asi Gigesning o`g`li Ardis tomonidan qattiq mudofaa qilingan edi. Ardis (654–605) davrida Lidiya nozik siyosatini qo`llab kimmeriylar bosqini va ossurlar asoratidan qutuladi. Lekin kimmeriylar Lidiyaga yangidan hujum qiladilar. Ardis kimmeriylarning yangi hujumlarini qaytarib, Egey dengiziga chiqish uchun ham kurash olib boradi.
3. So`nggi Mermnadlar davrida Iidiya podsholigi. Lidiya Sadiatt va Aliatt podsholigi davrida g`arbda Milet bilan, sharqda Midiya bilan davomli urushlar olib boradi. Har ikki tomondagi urush tinchlik sulhi bilan tugallanadi. Midiya-Lidiya sulh shartnomasi 585-yil 28 maydagi quyosh tutilish vaqtiga to`g`ri keladi.
Sulhga ko`ra Galis daryosi Lidiya va Midiya davlatlarining chegarasi etib belgilangan. Tinchlik shartnomasi shoh Alitta qizini Midiya shahzodasi Astiagga nikohlab berishi bilan mustahkamlanadi. Lidiya daylatining bu davrdagi yutuqlaridan biri kimmeriylarning Kichik Osiyodan quvilishi edi. Podsho Krez davrida Lidiya qo`shinlari Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini bosib oladi.
Lidiya eroniylar bosqinidan himoyalanish uchun Yunon davlatlari, Misr va Bobil bilan ittifoq tuzadi. Miloddan avvalgi 546-yili Krez qo`shinlari Kappadakiyadagi Pteriya shahri yaqinida Eron qo`shinlari bilan to`qnashadilar. Biroq urushda har ikki tomon ham g`alabaga erisha olmaydi. Shu yili Eron shohi Kurush II Lidiya ustiga yurish qilib, Sardi yonida Krez qo`shinlarini yengadi. Sardi eroniylar tomonidan egallanib, Krez asirga olinadi. Miloddan avvalgi 546-yildagi dahshatli jangdan so`ng 150 yil hukm surgan Lidiya podsholigi barham topadi.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling