Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Argishti I Sarduri davrlarida Urartuning kuchayishi


Download 70.5 Kb.
bet9/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1479927461 66199

4. Argishti I Sarduri davrlarida Urartuning kuchayishi. Menuaning o`g`li Argishti I davrida Urartu davlati yanada kuchaydi. U miloddan avvalgi 786–764-yillarda Urartuga htikmronlik qiladi. Argishti yilnomalarida Urmiyaning janubi-sharqidagi Mannaga tez-tez yurishlar qilingani, u yerda ko`p sonli asirlar qo`lga kiritilgani va chorva mollari haydab ketilgani to`g`risida gapiriladi. Argishti I qo`shinlari Ossur qo`shinlarini mag`lub etadi. Bu davrda Urartu Old Osiyodagi eng kuchli davlat bo`lib qoladi.
Jaliubda Urartu qo`shinlari Diyala daryosi sohili va Bobil chegarasigacha kirib bo`lganlar.
Janubi-g`arb tomonda esa Argishti I o`z qo`shinlarini Frot daryosining yuqorisidagi mamlakatlar va Shimoliy Suriyaga boshlab bo`lgan. Aigishti I qo`shinlari shimolda Sevan ko`li bilan Qora dengiz oralig`idagi mamlakatlar ustiga g`olibona yurishlar qilib, ularni o`ziga itoat ettirganlar. U harbiy yurishlari davrida behisob o`Jja, erkak va ayollardan iborat 280000 kishini asir qilib olib ketgan.
Argishti I davrida Urartu podsholigi o`z kuch-qudratining cho`qqisiga ko`tariladi. Argishti I dan so`ng Urartu taxtiga uning o`g`li Sarduri II o`tiradi. U miloddan avvalgi 764–735-yillarda podsholik qilgan davrda Urartu davlatining qudratini mustahkamlash borasida otasining siyosatini yuritadi. U harbiy islohot o`tkazib, ixtisoslashgan doimiy qo`shinni kuchaytiradi. Muntazam qo`shinga tayangan Sarduri II Kavkazortiga, xususan Eriax mamlakatiga bostirib boradi. G`arbda esa u Shimoliy Suriyaga qo`shin tortadi. Ossuriya qo`shinlariga qaqshatgich zarba beradi. Sarduri II davrida Urartu davlatining chegaralari boshqa mayda davlatlar hisobiga kengaytiriladi.
Sarduri II faoliyatining dastlabki o`n yilliklarida Urartu podsholigi o`z kuch-qudratini saqlab, Old Osiyoda birinchi darajali davlat bo`lib qoladi.
5. Urartu podsholigining kuchsizlanishi va parchalanishi. Miloddan avvalgi VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Urartu janubidagi Ossuriya kuchaya boshlaydi. Ossuriyaning kuchayishidan xavfsiragan Urartu Shimoliy Suriya va Kichik Osiyoning sharqiy qismidagi katta-kichik davlatlar bilan ittifoq tuzadi. Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III qo`shinni qayta tuzib, miloddan avvalgi 743-yili Suriyaning Arpada shahri yaqinida bo`lgan jangda Sarduri II ittifoqchilarining qo`shinini tor-mor etadi. Jangda yengilgan Sarduri II qo`shinlari Urartuga chekinadilar.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling