Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Urartuda ilk davlatlarning tashkil topishi. Miloddan avvalgi XV–XIV asrlarda


Download 70.5 Kb.
bet8/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1479927461 66199

2. Urartuda ilk davlatlarning tashkil topishi. Miloddan avvalgi XV–XIV asrlarda Kavkaz tog`lari ortidagi Sevan, Van va Urmid ko`llari atrofida Urartu nomi bilan mashhur bo`lgan juda ko`p jangovar qabilalar yashar edilar. Keyinchalik ichki va tashqi zaruriyat ularni alohida-alohida qabilalar ittifoqiga brrlashib yashashga majbur etgan. Ular orasida urartu qabilalari ittifoqi ajralib turardi. Miloddan avvalgi XIII asrda ossur qo`shinlari bir necha bor bu qabilalar ustiga bostirib kelganlar va jang qilganlar. Miloddan avvalgi XII asrda Ossur podshosi Tiglatpalasar I Van ko`li atrofiga bostirib kiribo`z jangovar aravalari va saroylari bo`lgan 23 podsho ustidan g`alaba qilganligini qoyaga yozdirib qoldirgan.
Miloddan avvalgi XV–X asrlarda Van ko`li atrofidagi qabilalar Urartu atrofida birlashadilar. Birlashgan Urartu davlatining birinchi hukmdori Aramu edi. Aramu miloddan avvalgi 864–845-yillarda Urartuda hukmronlik qilgan. U Ossuriya podshosi Salamansar III ning Urartuga bostirib kirgan qo`shinlariga qattiq zarbalar bergan.
Miloddan avvalgi IX asr o`rtalarida Urartu mustaqil davlat darajasiga ko`tarilgan edi.
3. Urartu podsholigining kuchayishi. Podsho Sarduri I (miloddan avvalgi 835–825 yillar) davrida Urartu davlati kuchayadi. Sarduri I qo`shinlari ossur qo`shinlari ustidan bir necha bor g`alabaga erishadi.
Sarduri I o`zini «ulug` qudratli, jahon va Nairi mamlakatining podshosi-shahanshohi» deb e`lon qiladi. Sarduri I qo`shni qabilalar ustiga yurish qilib, Urartu yerlarini kengaytiradi. U bosib olingan qabilalardan boj-xiroj oladi. Sarduri I Van ko`li sohilida mustahkam devorli Tushpa shahrini barpo qilib, uni Urartu davlatining poytaxtiga aylantiradi.
Sarduri I ning o`g`li Ishpuini (miloddan avvalgi 825–810-yillar) davrida Urartu davlati mustahkamlanadi. Bu davrda Van ko`li shimolidagi joylar Urartuga birlashtiriladi. Urmiya ko`lining janubi va janubi-g`arbida joylashgan Muasasir Urartu davlatiga tobe etiladi.
Ishpuin qo`shinlari Urmiya koiining janubi-sharqidagi Manna podsholigining ichkarisigacha kirib boradilar va Ossuriya chegaralariga xavf soladilar. Urartu qo`shinlari Mannani bosib oladilar. U yerdan ko`plab qo`y, echki, qoramol, ot va behisob boyliklar olib qaytadilar. Ammo mamlakatni vayron etmaydilar.
Ishpuinining o`g`li Menua (miloddan avvalgi 810–786-yillar) davrida Urartu davlati har jihatdan mustahkamlanadi. U qo`shinni qayta tuzib, mamlakatda kuchli nazorat o`matadi. U shahar, ibodatxona, ayniqsa harbiy istehkomlar qurish, mamlakatni obodonlashtirish va suv insthootlari yaratishga katta e`tibor beradi. U Tushpa shahri yaqinida 70 km uzunlikdagi «Menua kanali»ni qurdiradi.
Menua shimolda Araks daryosi vodiysi, janubi-g`arbda Frot daryosining yuqorisidagi mamlakatlar ustiga zafarli yurishlar qiladi. o`sha vaqtdagi toshga bitilgan yozuvlarning birida «Menua mingan ot – Arsibinni 22 tirsak – 11 metr-u 20 sm kenglikdagi jarlik ustidan sakrab o`tgan», deyiladi. Shu tufayli bo`lsa kerak, otning o`zbekcha nomi «Burgut» bo`lgan. Menua qo`rqmas jangchi, mashhur shoh va uzoqni ko`ruvchi siyosatchi bo`lgan. Menua davrida Urartu davlati har jihatdan gullab-yashnagan.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling