Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja
Miloddan avvalgi 735-yili
Download 70.5 Kb.
|
1479927461 66199
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi 590-yili
- Tabaqalar
Miloddan avvalgi 735-yili Ossur qo`shinlari Urartuga qo`shin tortib; Urartu qo`shinlarini yengadilar. Sarduri II vafotidan keyin Urartu taxtiga uning o`g`li Rusa I (miloddan avvalgi 735–712-yillar) o`tiradi. Rusa I hukmronligi davrining dastlabki yillarida mamlakatda g`alayonlar va fitnalar boshlangan. Podsho mamlakatdagi ichki nizolarni bartaraf qilib, vaziyatni yaxshilagan. U Kavkaz va Sevan atroflarida 23 podsho ustidan g`alaba qozongan. Urartuni mustahkamlanayotganidan xavfsiragan Ossur podshosi Sargon II miloddan avvalgi 714-yili Urartuga qarshi qo`shin tortib kelgan. Urmiya ko`li atrofidagi jangda ossurlar qo`shinlari Rusa I qo`shinlarini yengib, shahar va qishloqlarni vayron qilganlar. Ossurlar juda katta boylik va ko`p sonli asirlar bilan orqaga qaytganlar. Qaytishda ular Musasirga kirib uni ham vayron etib, boyliklarini talaganlar. Bu xabarni eshitgan Rusa I o`zini-o`zi o`ldirgan. Rusa I vorislari, xususan Rusa II davrida Urartu o`z mustaqilligini saqlab qolgan bo`lsa ham, avvalgi shon-shuhratini boy bergan edi. Shu davrda Urartu podsholari Ossuriya bilan osoyishta va tinch-totuv yashashga harakat qilganlar. Ammo Old Osiyodagi keyingi mudhish voqealar natijasida Urartudagi osoyishtalik uzoqqa cho`zilmagan.
Xuddi shu davrda Urartuga shimoldan dastlab kimmeriylar, so`ng skiflar bostirib kirib mamlakatni xonavayron qilganlar. Sharqdan esa Midiya qo`shinlarining hujumi boshlangan. Dastlab ular Manani, so`ng Urartuni bosib olganlar. Shunday qilib, janubdan ossur, shimoldan kimmeriy, skif va sharqdan midiyaliklar bergan zarbalar natijasida Urartu davlati o`z mustaqilligini yo`qotgan. Miloddan avvalgi 590-yili Urartu Midiya tomonidan bosib olinadi va barham topadi. Urartu podsholigining ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati 1. Mamlakatning ijtimoiy tuzumi. Urartu Old Osiyodagi boshqa davlatlar kabi quldorlik davlati edi. Urartuda xo`jalikning rivojlanishi talonchilik urushlari va boshqa omillar natijasida asta-sekin xususiy mulk paydo boia boshlaydi. Xususiy mulkning orta borishi oqibatida esa mulkiy tengsizlik kelib chiqadi. Mulkiy tengsizlik esa o`z navbatida tabaqalanishni keltirib chiqardi. Tabaqalar bu jamoa a`zolarining boy-badavlat, o`rtahol, kambag`al va qullarga bo`linishidir. Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarmida Kavkazortida yashagan qabilalar orasida ham tabaqalanish sodir bo`la boshlaydi. Jamoa tomonidan saylangan oqsoqollar va harbiy boshliqlar asta-sekin boyib bora boshlaganlar. Endilikda ular o`zlarini oddiy kishilar emas, balki mashhur kishilar aslzodalar – ya`ni zodagonlar deb hisoblaganlar. Boyib borayotgan Urartu qabilalarining harbiy yo`lboshchilari va oqsoqollari to`plagan boyliklarini farzand va aka-ukalariga meros qilib qoldirganlar. Bugina emas ular egallagan oqsoqollik va harbiy boshliqlik lavozimlarini ham o`g`il yoki aka-ukalariga meros qilib o`tkazganlar. Urartuda qabilalar ittifoqining harbiy boshliqlari va oqsoqollari asta-sekin qabila ittifoqining sardorlariga, hokimlariga aylana boshlaganlar. Hokim va sardorlar katta haq-huquqqa ega bo`lib, keyinchalik o`zlarini podsho deb hisoblaydigan bo`ldilar. Shunday qilib, podsho darajasiga ko`tarilgan kishi, podsholik lavozimini o`g`illari va ukalariga merds qilib qoldiradigan bo`lganlar. Urartu davlati tashkil topib, gullab-yashnab, inqirozga yuz tutib, parchalangunicha bo`lgan davrda ham podsholik taxti otadan bolaga va aka-ukalarga meros bo`lib o`tgan. Sharqdagi boshfla davlatlarda bo`lgani kabi Urartu podsholari huzurida uning aka-ukalari, qabila oqsoqollari va harbiy boshliqlaridan iborat aslzodalar kengashi bo`lgan. Urartu podshplari katta huquqqa ega bo`lsalar-da, davlatni ana shu aslzodalar kengashiga tayanib boshqarganlar. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling