Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja
Qadimgi Urartu madaniyati
Download 70.5 Kb.
|
1479927461 66199
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ular iyeroglif va mix-ponasimon yozuvlardir.
- Monsey Xoren
4. Qadimgi Urartu madaniyati. Urartlar va nlarga qarindosh bo`lgan Kavkazorti qabilalari Old Osiyoning eng azaliy xalqlaridan biri bo`lgan. Ular qo`shni xalqlar madaniyatidan foydalanib Urartu xalqlarining o`ziga xos madaniyatini yaratganlar.
Urartlar o`zining qadimiy yozuviga ega bo`lgan. Ular iyeroglif va mix-ponasimon yozuvlardir. Urartlar o`z yozuvlarini yaratishda Mesopotamiya yozuvlaridan foydalanganlar. Ular Mesopotamiyaning surat-belgi va mix-ponasimon yozuvlarini o`rganib, soddalashtirib va biroz mukammallashtirib o`z yozuvlarini yaratganlar. Qadimgi Kavkaz, Kavkazorti va unga qo`shni mamlakatlar hududidan iyeroglif va mixxat-ponasimon yozuvlari bilan sopol va toshlarga bitilgan so`z, matn-lavhalar topilgan. Bu matn-lavhalar Qadimgi Urartu tarixini o`rganishda eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Bu jihatdan Argishti I ning xor-xor yozuvi va Sarduri II ning katta yozuvi hamda Van ko`liga yaqin joydagi bir qoya tokchasi – «Mxer eshigi», Karmir – Blurdan topilgan dubulg`a, jez idishga yozilgan bir qancha urart yozuvlari diqqatga sazovordir. Karmer-Blur va Tuproq qal`alardan ham sopol buyum parchalariga bitilgan yozuvlar topilgan. O`qish va o`rganishda M. V. Nikolskiy, Mesrop Sibatyan, I. A. Orbeli va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir. Urartuda me`morchilik, haykaltaroshlik, qabartma rassomlik va san`atning boshqa turlari ancha rivoj topgan edi. Bu jihatdan qal`a devorlari, saroylar, ibodatxonalar va qalqon sirtini bezagan echki, buqa, sher, qoplon, odam, muqaddas hayot daraxti tasvir-rasmlari ahamiyatlidir. Urartu haykaltaroshlarining bronzadan yasalgan yarim odam, yarim hayvon qiyofasidagi haykali, xudo Teyshebaning haykalchasi juda mahorat bilan ishlangan. Hosildorlik ma`budasining haykali oldida ta`zim bajo keltirib turgan Urartu malikasining oltindan ishlangan medalyoni ham Urartu tasviriy san`atining nodir namunalaridan hisoblanadi. Qadimgi Urartuda xalq og`zaki ijodiyoti yozma adabiyot va tarix ancha rivoj topgan edi. Bu jihatdan Argishti I, Sardur II, «Mxer eshigi» va boshqa manbalar diqqatga sazovordir. Ularda Urartu xalqlari tarixi, madaniyati va diniy e`tiqodi haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Qadimgi arman yozuvchisi Monsey Xorenning asarlari, Nard eposi, Dovud Sosuniy kabi dostonlar urartlar adabiyoti va tarixining ajoyib namunalaridan hisoblanadi. Qadimgi Urartuda tabobat, yodnoma, yilnoma yozish, astronomiya, matematika, tarix, dehqonchilik va veterinariya bilimlari ham rivoj topgan edi. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling