Qadimgi yunon san’ati


Download 80.35 Kb.
bet1/8
Sana30.03.2023
Hajmi80.35 Kb.
#1308920
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUNON docx


QADIMGI YUNON SAN’ATI
KIRISH……………………………………………………………………………1
I. BOB. QADIMGI YUNON MADANIYATI
1.1. QADIMGI YUNОN MАDАNIYATI………………………………………...3
1.2. QADIMGI YUNОN MАDАNIYATINING GUMАNISTIK YO’NАLISHLАRI…………………………………………………….………….15
II. BOB. QADIMGI YUNON TEATRI
2.1 QADIMGI YUNONISTONDA TEATR SAN’ATI VA UNDA UCH JANRNING VUJUDGA KELISHI.........................................................................30
2.2 ANTIK DAVR TRAGEDIYANAVISLAR VA KOMEDIYANAVISLARINING IJODI…………………………………………40
XULOSA …………………………………………………………………………44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….…45

KIRISH
Mavzusining dolzarbligi. Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib keyingi davr, umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bo`la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qo`shni davlatlar, ayniqsa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bo`lgan.


Qadimgi yunon madaniyati o`zining ulug`vorligi, nafisligi, qamrab olgan ko`lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratlantirib keladi. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga keltirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini ko`rsatib berdi. Hozirgi zamon san‘ati va adabiyotining ko`pgina tur va janrlarining shakllanishiga sabab bo`ldi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Yunon madaniyati o`sha davr kishilarining his-tuyg`ulari, intilishlari-yu, orzu-umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllangan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g`oyaviy va badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi hislatlarni madh etishib, pastkashlik, qurqoqlik, sotqinlik kabilarni qoralaganlar.
Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday cho`qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari o`z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan O`rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan.

Download 80.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling