Qadimgi yunon san’ati


Download 80.35 Kb.
bet5/8
Sana30.03.2023
Hajmi80.35 Kb.
#1308920
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUNON docx

,,Teatr" so`zining asl ma‘nosi ,,ko`rish", ,,kuzatish" degan ma‘nolarni anglatgan. "Teatr" atamasining butun teatr binosiga nisbatan ishlatilishi taxminan milodiy V asrlarga kelib iste‘molga kiritilgan. Yunon teatrlari ko`pincha tog`lik, qiyalik, tepalik yon bag`rilarida qurilgan. Aktyorlar tomosha ko`rsatadigan joy sahna (stsena-gr, ,,skena" so`zidan olingan bo`lib ,,chodir" degan manoni anglatadi). Haqiqatdan ham, aktyorlar tomosha o`tkaziladigan joyning orqa tomoniga qurilgan chodirdan kiyinish va niqoblarni almashtirish joyi sifatida foydalanishgan. Pastda-sahna oldida xor joylashgan. Xorning vazifasi sahnada rol ijro etayotgan aktyorlarning ijro yclybini yanada kuchaytirish hamda, Dionisga atab yozilgan yoki ijro etilayotgan tomoshalardagi voqealar rivojini yanada kuchaytirishdan iborat bo`lgan. Xor joylashgan sahnaning pastki qismi ,,orxestro" (hozirgi ,,orkestr" so`zi) deb nomlangan.
Qadimgi yunon aktyorlari rol ijro etishayotganda yuzlariga niqob kiyib olganlar. Chunki, teatrlar benihoya katta bo`lganligidan, aktyorlarning yuz ifodalari tomoshabinlarga yaxshi ko`rinmagan. Bu kamchilik o`rnini turlicha yuz ifodalari tushirilgan niqoblar to`ldirib turgan. Niqobning yana bir hususiyati - bitta aktyor turli-tuman rollarni, hatto ayollar qiyofasida ham chiqishi mumkin bo`lgan. Aktyorlar foydalanadigan niqoblar turg`un bir ruhiy holatni ifodalagan va chinakam insoniy kechinmalarni yashirib turgan. Shuningdek, aktyorlarning o`zlarini baland ovoz bilan deklamatsiya qilishlari, xorning butun tomosha davrida bir joydan qimirlamasdan turishi tomoshalarning hayotiyligiga putur yetkazgan. Shunga qaramasdan qadimgi yunon teatrlarining umuminsoniy ma‘naviy taraqqiyotiga, shu jumladan, hozirgi teatr san‘atining rivojiga ulkan ta‘sir ko`rsatgan.
Qadimgi yunon teatrining shakillanishi va rivojlanishi jarayoni o`z navbatida buyuk dramaturglarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Qadimgi yunon tragediyasining titanlaridan biri, ,,tragediya otasi" Esxil (mil.avv. 525-456 yillar) 90 taga yaqin tagediya yaratgan. Bizgacha uning faqat yettita tragediyasi-"Eroniylar", „Fivaning yetti dushmani", „Iltijoguylar", "3anjirband Prometey", ,,Orestiya" trilogiyasiga kiruvchi ,,Agamemnon", ,,Xoeforlar", ,,Evmenidalar" kabi tragediyalari yetib kelgan. Esxil asarlarida taqdir bilan qahramonning irodasi yonma-yon qo`yiladi. Esxil mashhur Prometey obraziga o`ziga xos tarzda yondashadi.
U Prometeyni ulug` titan, insoniyatning homiysi, odamzotni halokatdan qutqaruvchi buyuk rahnamo sifatida tasvirlaydi. Prometey odam bolasiga uy-joy qurishni, kema yasashni, o`qish-yozishni, hisob ilmini, dehqonchilik ishlarini, eng muhimi Olimp tog`idagi olovdan o`g`irlab olib kelib undan foydalanishni hamda boshqa turli xil xunarlarni o`rgatadi. Prometeyning bu xizmatlari tufayli inson bolasining hayoti yengillashib, turmush kechirishi osonlashadi.
Esxil haqiqatan ham tragediyaning otasi hisoblanadi. Chunki u tragediyani badiiy barkamollik bosqichiga ko`tara oladi. U birinchi bo`lib, tragediyaga ikkinchi aktyorni kiritadi. Uning bu yangiligi dramaturgiya janrida ulkan o`zgarish yasaydi. Aristotel o`zining „Poetika" asarida bu hususda shunday deb yozadi: "Esxil birinchi marta aktyorning sonini ikkitaga ko`paytiradi, xorning rolini qisqartiradi va shu bilan dialogning rivoj topishiga zamin hozirlaydi".
Qadimgi yunon tragedi yana vislaridan biri Sofokldir. (er. avv. 496-406 yillar.) U 120 dan oshiqroq asar yozgan bo`lib, bizgacha atigi yettitasigina yetib kelgan. Sofokl o`z tragediyalaridaqahramonlarning ruhiy holatlariga alohida e‘tibor beradi va asar mazmunining hayotiyligiga erishadi. Xorning vazifasini qisqartirish orqali bir tomondan voqealarning keskinlashuviga erishsa, ikkinchi tomondan asarga uchinchi aktyorni kiritadi. Sofokl islohotlari dramaturgiya janrining mavjud imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek, u dramaga dekoratsiyani kiritgan. Sofoklning ,,SHox Edip", ..Edip Kolonda", ,,Antigona" kabi tragediyalari jahon adabiyoti oltin xazinasidan munosib o`rin egallaydi.
Qadimgi yunon tragediyanavisligining uchinchi vakili Evripid (er. av. 480-406 yil)dir. U qadimgi yunon tragediyanavislaridan farqli o`laroq, o`z tragediyalarida tasvirlayotgan voqealarni demokratik nuqtai nazardan tasvirlashga harakat qiladi. U voqealarni bo`rttirmasdan, realistik tarzda yoritib berishga intiladi. O`z davrining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-ahloqiy masalalarini yoritib berish, bu masalalarni hal qilishni tomoshabin hukmiga havola etishga intilish Evripid ijodining asosiy hususiyati hisoblanadi. Uning asarlaridagi personajlar falsafiy fikr-mushohada qilishi, voqea va hodisalarni falsafiy tahlil qilishi bilan ajaralib turadi. Shu bosidan ham, o`sha davr kishilari Evripedni ,,sahnadagi faylasuf" deb ataganlar.
Buyuk tragediyanavis hisoblangan Evripid o`z asarlarning markaziga tirik odam obrazini qo`yadi. Shuning uchun ham Evripid qahramonlari Esxil va Sofokl qahramonlaridan farqlanib turadi. Aristotel o`zining ,,Poetika" asarida yozishicha, Sofokl o`z asarlari va Evripid asarlari o`rtasidagi tafovutni tan oladi va shunday deb yozadi: ,,U /Sofokl/ odamlarni qanday bo`lishi kerak bo`lsa, shunday tasvirlagan. Evripid esa qanday bo`lsa o`shanday tasvirlagan".
Mil avvalgi V-IV asrlar nafaqat qadimgi yunon teatr va dramaturgiyasining rivojlangan davri hisoblangan, balki bu davrda proza janri. ayniqsa, uning tarixiy proza janri ham taraqqiyot bosqichini bosib o`tadi.
Tarixiy prozada qalam tebratgan buyuk mutafakkirlardan biri ,,tarix otasi"deb tan olingan Gerodot mil. avv.485-425 yillar dir. Gerodot Misr, Eron, Bobil, Finikiya davlatini, Qora dengizning shimoliy qirgoqlaridagi yunon mustamlakasi hisoblangan Skifiyani kezib chiqadi va bu hududlarda yashovchi xalqlar tarixini, marosimlari va diniy qarashlarini o`rganadi. U o`zining ,,Tarix" asarida hatto qadim ajdodlarimiz yashagan hududlarga oyoq bosmagan bo`lsa-da, ularning hayotini tasvirlashga harakat qiladi. Gerodotning ta‘kidlashicha, Kaspiy dengizi sohillaridan boshlab, Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar cho`zilib ketgan keng sarhadlarda massaget ko`chmanchi qabilalari yashagan. Ular hech qanday ekin ekmaganlar, faqat chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Mehnat qurollari asosan, misdan yasalgan. Ayollari erkaklar singari jasur bo`lganlar va erkaklar bilan bab-baravar janglarda qatnashganlar, hatto qabila boshlig`i bo`lib saylanganlar. Qadim ajdodlarimiz qahramonliklari va vatanparvarliklarini madh etuvchi "Tumaris" va ,,Shiroq haqidagi qissa hamda afsonalar ham Gerodotning ana shu asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Klassik davrga kelib tasviriy san‘at, arxitektura va haykaltaroshlik yuqori rivojlanish bosqichini bosib o`tadi. Bu davr san‘atida ko`proq realistik tasvir yaqqolroq ko`zga tashlanadi. O`sha davr ijodkorlari o`z e‘tiborlarini inson obrazini ravshanroq tasvirlashga qarata boshlaydilar. Ob‘ektiv dunyo voqealarini realistik tarzda sanat asarlariga singdirishga intiladilar va san‘at tarixida birinchi marta insonni hayratlantira oladigan me‘moriy yodgorliklar va insonning yorqin obrazini tasvirlovchi haykallar yaratadilar.
Klassik davrning boshlari /mil.avv.490-450 yillar da ko`plab me‘moriy binolar yaratilib, Eron-yunon urushida vayronaga aylangan ayrim shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda qurilgan ko`pgina ibodatxonalar doriycha uslubda qurilgan. Periklning buyrug`iga ko`ra, Afinaning ichki qal‘asi - Akropolda hunarmandchilik va shahar homiysi hisoblangan Afinaga bag`ishlab qurilgan ibodatxona - Parfenon quriladi. Ibodatxona o`rtasida faqat fil suyagi va oltindan yasalgan Afinaning o`n to`rt metrlik haykali o`rnatilgan. Tarixiy ma‘lumotlarga ko`ra, haykalga sarflangan mablag` o`sha davr Afina shahrining 20 yillik byudjetiga to`g`ri kelgan. Parfenondan tashqari Akropolda Attikaning afsonaviy podshohi Erexteyga atalib qurilgan Ereyteyon ibodatxonasi va yana bir qancha binolar qurilgan. Akropolning hovli sahni gulzorlar, daraxtlar bilan bezatiladi, marmar va bronzadan haykallar o`rnatilgan.
Qadimgi yunon haykaltaroshlari va arxitektoralari hamkorlikda ikkala san‘atni sintez qilish natijasida o`ziga xos mahobatli va nihoyatda go`zal san‘at asarlarini yaratganlar. Arxitektura yodgorliklarida haykallardan ustun sifatida foydalanish, bino devorlari, kapitel-muqarnasning tepa qismi va binoning boshqa ayrim joylariga relefli haykaltaroshlikdan, shuningdek, binoning fronton /binoning eng yuqori cho`qqisi/ qismiga haykallar o`rnatish binoga o`ziga xos go`zallik va salobat baxsh etgan.
Haykaltaroshlikning rivojlanishi yuqori klassik davriga kelib, nihoyatda yuksak darajaga ko`tarilgan. ,aykaltaroshlar odam qomati va yuz tuzilishini to`g`ri tasvirlabgina qolmay, o`z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodalashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bo`lishiga alohida e‘tibor bera boshlaydilar. Bu davrning eng buyuk haykaltaroshlaridan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri ,,Diskabol" .Disk uloqtiruvchi" haykalidir. U ,,Diskabol" haykali orqali o`zini boshqara oladigan, har qanday holatda o`zini tuta biladigan odam qiyofasini gavdalantirib, qadimgi yunonlarning ideal inson to`g`risidagi tushunchasini ifodalab beradi.
Agar buyuk haykaltarosh Miron o`z asarlarida kuchli va keskin harakatlarni tasvirlash va bu bilan insonning ma‘naviy go`zalligini ifodalashga intilgan bo`lsa, shu davrning yana bir buyuk haykaltaroshi, Peloponnes maktabining vakili Poliklet xotirjam, tinch holatda turgan inson qiyofasida uning ichki ma‘naviy olamini ochib berishga intiladi. Uning ,,Dorifor" /"Nayzabordor"/ asari uning shu davrdagi izlanishlarini namoyish etadi. Bu asarda harakat va osoyishtalik bir-biri bilan uygunlashib ketadi.
Mashhur yunon haykaltaroshi Fidiy o`z asarlarida greklarning jasurligini, eronliklar ustidan qozonilgan g`alabani aks ettiruvchi haykallar ishlagan. Uning ilk asarlari oltin va fil suyagidan yasalgan. \/ asrning 70 yillarida afinaliklar buyurtmasiga ko`ra, Fidiy Marafon jangini ulug`lovchi ko`p figurali kompozitsiya ishlagan. Mil.avv. 460 yillarida Appolonning bronzadan yasalgan yirik haykalini, mil.avv. 460-450 yillarda esa mashhur jangchi ayol Afina haykalini yaratadi.
Fidiy bir qator monumenttal haykallarning ham muallifidir. Uning Akropoldagi oltin va fil suyagidan yasalgan Afina haykallari. Olimpiadadagi Zevs haykali o`ta mashhur asarlar hisoblanadi. Yetti iqlimning yetti mo`‘jizalaridan biri-Zevs haykali ibodatxona ichida joylashgan bo`lib, uning /ibodatxonaning/ uzunligi 64 metr, eni 28 metr, xonaning ichki balandligi 20 metr bo`lgan. Ulkan zalning oxirida taxtda o`tirgan holdagi Zevs haykali savlat to`kib turgan. Zevsning boshi binoning shipiga tegib turgan. Zevsning badanini pushtirang fil suyagidan ishlangan plastinka yopib turgan. Kiyimi oltin qoplamadan yasalgan. O`ng qo`lida g`alabalar va yutuqlar ma‘budasi Nikaning oltindan yasalgan haykalchasi, ikkinchi qo`lida asoni ushlab turgan. Zevs o`tirgan taxt fil suyagidan bo`rtma holda va oltindan ishlangan haykalchalar bilan bezatilgan.
Keyinchalik Vizantiya imperatori Feodosii Zevs haykalini Konstantinopol /hozirgi Stambul/ga ko`chirtiradi. Ular xristian diniga sig`ingan bo`lsalar-da, Zevs haykalini buzib tashlashga hadlari sig`maydi. Milodning V asrida imperator Feodosiy II ning saroyiga o`t ketadi. Ulkan haykalning yog`och qismi butunlay kulga aylanadi, oltindan yasalgan qismlari esa erib, yaltiroq bo`laklarga aylanadi.
So`nggi klassika davri haykaltaroshlari o`z qobiliyati, dunyoqarashi va imkoniyatlaridan kelib chiqishib, inson manaviy olamining turli qirralarini ochib berishga harakat qiladilar. Bu davrning mashhur haykaltaroshi Praksitel qadimgi yunon haykaltaroshlari ichida birinchi bo`lib, ideal ayol qiyofasini, ya‘ni ishq-muhabbat va go`zallik ma‘budasi Afrodita obrazini aks ettirib beradi.
Grek klassikasi bilan ellinistik davr chegarasida yashab ijod etgan buyuk haykaltaroshlardan biri Lisipp edi. U o`z haykallarida ko`proq jismoniy baquvvat va irodasi kuchli shaxslarni e‘zozlaydi va ularni ko`proq charchagan va dam olayotgan holda tasvirlagan.
Umuman olganda bu davr san‘atining asosiy hususiyati shunda ediki, san‘atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta o`z ijodlarini qat‘iy aniq ilmiy asosga qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a‘zolarini ham aniq mutanosib uyg`unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot go`zallik yaratib qoldirganlar.
Ellinizm davri madaniyati. Miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya podshohi Aleksandr Makedonskiy yunon tuprog`ini zabt etib, ellin xalqidan tashkil topgan yirik qo`shin bilan Sharq mamlakatlariga qarshi urush boshlaydi. Tez orada eron shohi Doro III ni mag`lubiyatga uchratadi. Aleksandr Makedonskiy o`zining istilochilik yurishlarini davom ettirib, Hindiston chegaralarigacha bo`lgan ulkan hududlarni, shu jumladan Markaziy Osiyoning ko`pgina joylarini bosib olib o`zining ulkan imperiyasi tarkibiga kiritadi. Mazkur imperiya tarkibiga kiruvchi xalqlarning yagona madaniyati va madaniy hayoti keyinchalik ellinistik madaniyat nomi bilan atalgan. Ellinistik davr o`z ichiga mil.avv. III-I asrlarni qamrab olgan bo`lib, bu davr madaniyatining harakterli jihati uning grekcha tus olganligi edi.
Mil.avv.I asrga kelib greklar o`rtasida yangi dunyoqarash paydo bo`ladi va ellinizm davriga kelib keng ko`lamda tarqala boshlaydi. Keyinchalik bu dunyoqarash falsafiy shaklga kiradi. Bu dunyoqarash ,,kosmopolitizm" /gr.,,kosmoplites"-,,dunyo grajdani"degan manoni anglatadi/ deb nomlanib, turli hududlarni o`zining vatani yoki turli davlatlar manfaatlarini o`z manfaatlari sifatida qarovchi grajdanlar ,,kosmopoliteslar"deb atalgan.
Kosmopolitizm hukmron sinf mafkurasining muhim belgisi bo`lib u butun ellinistik dunyoga yoyilib ketgan nisbatan oz sonli ellinlarning yoki ellinlashgan hukmron sinflarning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Turli xalqlar ustidan qilinadigan hukmronlik bora-bora ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga, so`ngra buyuk imperiyaning parchalanishiga olib keladi. A.Makedonskiy o`limidan so`ng mil.avv.323 yil buyuk imperiya parchalanib ketadi. Bu esa jamiyatda turli xil ichki ziddiyatlarning keskinlashuviga sabab bo`ladi. Siyosiy va ijtimoiy huquqlarning barbod bo`lishi, maslaksizlikning kuchayishi, vatanparvarlikning so`nishiga olib keladi.
Bu ijtimoiy o`zgarishlar natijasida paydo bo`lgan siyosiy loqaydlik beparvolik va umidsizlik kayfiyatlari kiniklar, stoiklar va epikurchilik kabi falsafiy oqimlarning vujudga kelishiga olib keladi.
Kiniklar mil.avv. IV asrda qadimgi Yunonistonda sokratchilar maktabining vakillari sifatida vujudga kelgan falsafiy oqimdir. Kiniklar deganda asosan mil.avv.435-370 yillarda yashab ijod etgan Sokrotning shogirdi bo`lgan Antisfenning izdoshlari hisoblangan faylasuflar tushunilgan. Kiniklar Sokrat maktabini yanada rivojlantiradilar va faqat ayrimlik haqidagi bilimnigina haqiqat hisoblaydilar. Ular Platonning ideyalar, ya‘ni mustaqil suratda mavjud bo`lgan umumiy tushunchalari haqidagi ta‘limotini tanqid qiladilar va faqat ayrim narsalarning mavjudligini tasdiqlaganlar. Ular ijtimoiy normalarga nafrat bilan qarashni, bilimdon, shon-shuhratdan va barcha hissiy qoniqishlardan voz kechishni baxt deb hisoblaydilar.
Stoiklar falsafasi esa ko`p jihatdan Epikur falsafasiga yaqin turadi. Bu oqimga asos solgan Zenon /mil.avv.335-265 yillar/ o`zining mashg`ulotlarini Afinadagi peshayvon taxlit binoda o`tkazgan. Yunoncha ,,stoya" so`zi ,,peshayvon" ma‘nosini anglatadi. ,,Stoya" so`zi keyinchalik mazkur oqimning nomiga aylanib qolgan. Stoiklar asosan, shafqat, sahovat g`oyalarini targ`ib qilganlar. Ularning fikriga ko`ra odam bolasi ehtiroslarning ta‘sirini yengib, taqdirning izmi, tabiat qonunlari asosida ma‘naviy erkin hayot kechirmog`i zarur. Insonning baxt-soadati uning ruhiy holatlariga bog`liqdir. Tashqi dunyo ikir-chikirlariga parvo qilmasdan, qalb amriga quloq solib yashagan kishiga hayotning alam-sitamlari, hatto qullikning qismatlari kor qilmaydi, hech qanday musibatlar uning shaxsiy erkinligini, ruhiy halovatlarini buza olmaydi.
Ruhiy erkinlikni boy bermaslik, hayvoniy ehtiroslarga qul bo`lmaslik uchun har bir odam turmushning shodliklarini ham, xo`rlik, qashshoqlik va xastalik alamlarini beparvolik bilan tortmog`i zarur.
Stoiklar barcha narsalarni, shu jumladan, fikr, so`z, olov kabilarni jism deb ataydilar. Ular butun olamni uzluksiz rivojlanib turadigan olov deb hisoblaydilar. Ularning tasavvuriga ko`ra koinot olovdan paydo bo`lgan va keyinchalik ham uni olov yutadi va yana qayta boshdan olovdan vujudga keladi. Qaytadan paydo bo`lgan koinotda ilgari mavjud bo`lgan narsapar qaytadan takrorlanadi. Olamda yuz berib turadigan barcha narsalar qonuniy va zaruriy holatda ro`y berib turadi. Stoiklar bu qonuniyatlarni taqdir va qismat deb ataydilar.
Epikurchilik falsafiy ta‘limoti ham ellinistik davr falsafiy talimoti sifatida keng tarqalgan. Uning asoschisi Epikur mil.avv. 341-272 yillar koinotning mohiyati va qonuniyatlarini Demokritning atomistik nazariyasiga asoslangan holda izohlaydi. Epikur koinotni bo`shlikda harakatlanuvchi behisob atomlarning birga qo`shilishidan iborat deb tushungan. Epikurning ta‘limotiga ko`ra, odamlar ham barcha mavjudotlar kabi atomlarning biri-biri bilan qo`shiluvi natijasidir. Shu boisdan ham odamda ruh mavjuddir. Odamlarda ruh mavjud bo`lganligi bois uzluksiz rivojlanib turadigan tashqi dunyoni bilib boradilar. Inson sezgilari mazkur olamni to`la va ishonarli tarzda qabul qiladi. Sezgilarning yig`ilishi natijasida insonda umumiy tushunchalar hosil bo`ladi.
Ellinizm davri madaniyatining asosiy jihatlaridan biri-yunonlarning ilk bor Sharq madaniyati bilan chuqurroq tanishishlari va o`z tafakkur doirasini yanada rivojlantirib, fan taraqqiyotiga kuchli tasir ko`rsatganliklaridir. Bu davrda yashagan olimlardan Evklid va Arximed matematika ilmini, Aristarx va Gipparxlar astronomiyani, Erotasfen geografiyani yuqori darajaga ko`tarib, jahon ilm-fanining kelgusi taraqqiyotiga keng yo`l ochib berdilar. Shuningdek, bu davrda mexanika optika, tabobat, botanika kabi bir qator fanlar ham ulkan yutuqlarga erishadi.
Albatta fan taraqqiyotiga o`sha davrning ayrim hukmdorlari ham o`zlari tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlari bilan ulkan hissa qo`shadilar. Masalan, Misrda hukmdorlik qilgan Ptolemey hukmdorlari Aleksandriya shahrida hozirgi zamon fanlar akademiyasiga o`xshash maxsus ilmiy markaz-"muzey", ya‘ni muzalar (homiy farishtalar) koshonasini tashkil qiladilar, Ellinistik dunyoning turli burchaklaridan chaqirilgan olimlar mazkur markazda maruzalar o`qib, laboratoriyalarda turli xil tajriba ishlarini olib boradilar. Muzey huzuridagi ulkan kutubxonada o`sha davrning eng nodir qo`lyozmalari saqlangan.
Iskandariya olimlari matematika, tabiiyot va texnika fanlari sohasida ham ulkan yutuqlarga erishadilar. Mashxur matematik Yevklid /mil.avv.Ill asr/ o`zining ,,Negizlar" nomli asari orqali matematika va geometriyaning rivojlanishiga ta‘sir ko`rsatgan bo`lsa, Museyon /Muzey/ kutubxonachisi Erotasfen /mil.avv.272-208 yillar/ esa yer shari aylanasining uzunligini ko`p darajada aniqlik bilan hisoblab chiqib, geografiyaning fizika-matematika asoslarini yaratadi. ,,Geografiya" terminini ham birinchi bo`lib Erotasfen qo`llagan.
Ellinistik dunyo madaniyatining rivojida nafaqat Aleksandriya shahri muhim rol o`ynagan, balki Orantdagi Pergam va Antioxiya kabi shaharlar ham fan va madaniyatning yuksalishiga o`z hissasini qo`sha olgan. Ellinistik dunyoning ko`zga ko`ringan olimlaridan Teofrast Afina shahrining, Arximed Sirakuza shahrining dong`ini atrof javonibga tarata olishgan. Injener-ixtirochi hisoblangan Arximed nazariy mexanikaning, gidrostatikaning, sferik geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratib bergan. Shuning uchun Arximed katta sonlarni hisoblab chiqishning arifmetik uslublarini takomillashtiradi va oliy matematikaning hisoblash uslublarini yaratishda dastlabki ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. U Misrda dalalarni sug`orish uchun chig`iriq - Arximed parragini yasaydi.
Quldorlik jamiyati sharoitida texnikaning yuksalishi ellinistik madaniyatining yana bir hususiyati edi. Qadimgi Sharq va qadimgi yunonlar tajribasiga suyanish mehnat qurollari, hunarmandchilik va hayvon kuchi bilan harakatlanuvchi nomurakkab mexanizmlarning takomillashuviga olib keladi. Harbiy va binokorlik texnikasida katta yutuqlarga erishiladi. Ellinizm davri sanatiga to`xtaladigan bo`lsak, bu davr hukmdorlari o`zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san‘at namunalari bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu davrda san‘atning yangidan-yangi janrlari yuzaga kelib, Park-bog` san‘ati bilan bog`liq bo`lgan dekorativ haykaltaroshlik keng tarqaladi. Ijtimoiy binolar, teatr, hukmdorlarning saroy va Qasrlari, turli park va bog`lar, sport maydonlari va savdo markazlari vujudga keladi hamda ular o`zining serhashamligi va serfayzligi bilan ajralib turadi.
Bu davr me‘morlari devorga yopishib turgan ustun va yarim Ustunlardan binoni bezash maqsadida foydalana boshlaydilar. Qadimgi Gretsiyada ibodatxona shahar markazi rolini o`ynagan bo`lsa, endilikda katta ma‘muriy bino oldidagi maydon yoki savdo uchun mo`ljallangan maydonlarga alohida e‘tibor berila boshlanadi.
Hulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yevropa madaniyatning bir-biri bilan bog`lab turuvchi antik davr yunon madaniyati o`z ahamiyati jihatidan umuminsoniy madaniyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti uchun zamin bo`lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va uning hodisa hamda voqealariga yangicha-ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi ko`pgina Yevropa xalqlari yozuvining shakllanishiga asos bo`lib xizmat qildi. Uchinchidan, qadimgi Gretsiya teatr va dramaturgiyaning vatani hisoblanadi. To`rtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy san‘ati keyingi davrlar san‘atining umumtaraqqiyotiga kuchli tasir ko`rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar o`rtasidagi do`stlik aloqalarini o`rnatishda muhim rol o`ynayotgan Olimpiada o`yinlari ham dastlab ana shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, astronomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan zrishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali tasir ko`rsatgan.
II. BOB. QADIMGI YUNON TEATRI
2.1 QADIMGI YUNONISTONDA TEATR SAN’ATI VA UNDA UCH JANRNING VUJUDGA KELISHI.
Yevropa zaminidagi eng qadimiy teatr madaniyatini yunonlar va rimliklar yaratganlar. Yunon teatri miloddan avvalgi V asrda gullab-yashnadi. Rim teatri esa, yunon teatridan keyin paydo bo’ldi va uning gullash davri miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmi va II asrga to'g'ri keldi.
San'at bobida bizga antik (qadimgi) davrdan ulkan meros qolgan. Antik olam me'morchiligi, haykaltaroshligi, adabiyoti va san'ati keyingi zamonlarda muttasil o'rganish va ergashish manbayi bo’lib keldi. Uyg'onish davrida, masalan, ilk komediya va tragediyalarni yaratishda antik davr mualliflarining asarlari namuna bo'lib xizmat qildi. Keyingi davrlarda ham G'arbiy ovro'polik dramaturglar (Shekspir, Kornel, Shiller; Gyote) antik davr teatr merosi boyliklariga faol murojaat qilib kelganlar. XX asrda ijod qilgan ko'pgina dramaturglar ham (Gauptman, O'Nil, Sartr, Anuy va boshqalar) antik sujet va obrazlardan barakali foydalanganlar.
XIX—XX asrlar davomida Ovro'po sahnalarida antik dramalar muntazam ravishda ko'rsatilgan va ko'rsatilmoqda.
Antik dramaturglar asarlari sobiq sho'ro tetarlari repertuarida ham keng o'rin tutib kelgan: masalan, 1918-yili Petrogradda Yu. Yuryev tomonidan tashkil etilgan «Fojialar teatri» Sofoklning «Shoh Edip» asari bilan ochilgan, 1957-yili Sh. Rustaveli nomli gruzin teatrida, 1969-yili Hamza nomli O'zbek akademik teatrida yaratilgan «Shoh Edip» spektakllari yirik badiiy voqealarga aylandi.
Ilg'or teatr arboblari antik dramaturgiyaning nimasi qiziqtiradi? Nega qariyb 2500-yil avval yaratilgan asarlarga hanuz murojaat etib kelamiz?
Taraqqiyotning bosh omili shunda ediki, Afina demokratiyasi ziddiyatli va nuqsonli bo'lsa-da, aynan shu demokratik polisda salohiyatlarni erkin rivojlantirish imkoni tug'ildi, zotan, fuqarosi o'z davlati doirasida o'zini jamiyatning teng va to'la huquqli a'zosi deb bilardi. U polis-hayoti bilan uzviy bog'liqligini doimo his etar va o'z hukumatining jamiki siyosiy-iqtisodiy ishlarida jon-dili bilan ishtirok etardi.
Zamonning ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog'liqliq, insonga, uning ma'naviy yetukligiga diqqat-e'tibor, yunon eposi va lirikasining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanish — bularning hammasi Afina teatrining ulug'vor g'oyalar va ajib badiiy shakllar teatri bo'lishini belgilab berdi. Zo'rlik va zulmning har qanday ko'rinishiga qarshi norozilik, el-yurtni jo'shqin sevish, fuqarolik va insonparvarlik e'tiqodlarini ulug'lash singari g'oyalar taraqqiyparvar insoniyatga uning tarixida hamma zamonlarda hamroh va tushunarli bo'lib kelgan. Shu boisdan ham antik drama qahramonlarining kurashlari, g'am-anduhlari hozirgi tomoshabinlarni ham hayajonga solib keladi.
Hosildorlik ma'budi Dionis sha'niga atalmish marosim, o'yin va qo'shiqlardan qadimgi yunon dramasida tragediya (fojia), komediya va satiraiar dramasidan iborat uch janr tarkib topgan. Tragediyada Dionis marosimlarining iztirobli, noxushlik jihatlari aks ettirilgan bo'lsa, komediyada kulgili, mazaxomuz jihatlari ifodalangan. Satirlar dramasi o'rta janr hisoblangan.
Yunon tragediyasining kelib chiqishi tragediya va komediya so'zlari orqali ham oydinlashadi. Tragediya so'zi ikki yunon so'zidan tarkib topgan: tragos — «echki» va ode — «qo'shiq», ya'ni «echki qo'shig'i» demakdir. Bu tushuncha yana bir bor Dionisning yo'ldosh va hamrohlari — satirlar echki tuyoqli maxluqlar taxlitida tasavvur etilganligini ko'rsatadi. Komediya so'zi komos va ode so'zlaridan kelib chiqqan. «Komos» — bu Dionis sha'niga atalgan qishloq bayramlarida masxaraboz va qiziqchilarning shirakayf bo'lib, bir-biridan kulib, qo'shiqlar aytib namoyish qilib yurishlarini anglatgan. Demak, komediya so'zi «komos qo'shig'i» degan ma'noni anglatadi.
Yunon tragediyasi, odatga ko'ra, har bir yunonga yaxshi tanish bo'lgan mifologiya sujetlariga asoslangan. Shu bois tomoshabinni voqeaning o'zi emas, balki muallifning ma'lum rivoyatni qanday talqin etganligi, qanday ijtimoiy va axloqiy muammolarni olg'a surganligi qiziqtirgan. Dramaturg rivoyat bahonasida zamonaviy siyosiy hayot masalalarini olg'a surishi va o'zining axloqiy, falsafiy va diniy qarashlarini yaratishi lozim edi.
Miloddan avvalgi V asrda yuzaga kelgan attika komediyasi o'z mohiyatiga ko'ra siyosiy komediya bo'lgan. Unda hamma vaqt siyosiy tuzum va Afina davlatining tashqi siyosati, yoshlarni tarbiya­lash, adabiy kurash kabi masalalar olg'a surib kelingan.
Qadimgi attika komediyasining dolzarbligi unda ayrim fuqarolarning asl nomlarini ko'rsatib, ularni masxaralash mumkinligida edi. Bunga Aristofan asarlarida shoirlardan Esxil, Sofokl, Yevripid, Agafon, Afina demokratiyasining dohiysi Kleon, faylasuf Sokrat (Suqrot) kabilarning nomlari ko'rsatilganligi misol bo'la oladi. Shu bilan birga, qadimgi attika komediyasida alohida-alohida o'ziga xos obrazlar emas, balki xalq masxarabozlik teatri obrazlariga hamohang tarzda umumlashgan obrazlar yaratilgan.
Qadimgi yunon teatr san'atining eng jo'shqin, shukuhli davrini miloddan avvalgi V asrda yashab o'tgan Esxil, Sofokl, Yevripiddan iborat uch ulug' fojianavis va faoliyati mil. av. IV asr bilan ham tutashib ketuvchi komediyanavis Aristofan belgilab berganlar.

Download 80.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling