Qadimgi yunon san’ati


Download 80.35 Kb.
bet8/8
Sana30.03.2023
Hajmi80.35 Kb.
#1308920
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUNON docx

Yevripid (tahminan mil.av. 480-406 y).
Yevripid yoshligidan yaxshigina tahsil ola olgan. Buning boisi u davlatmand xonadonda tug‘ilganligidadir. Yevripiddan bizgacha 18 ta drama(u jami bo‘lib 75 tadan 92 tagacha asar yozgan), boshqa asarlaridan bir talay parchalar yetib kelgan. Uning asarlari Esxil va Sofokl asarlaridan tubdan farq qiladi. U o‘z qahramonlarini hayotga monand ko‘rinishda ifoda etadi. Aristotelning guvohlik berishicha, u odamlar “qanday bo‘lsa, ularni shunday ko‘rsatgan”. Aristotel yana shunday fikrni ilgari surgan. Jumladan, Yevripidni barcha yunon fojeanavislari orasida eng fojeiy shoir deb atagan. “Medeya” tragediyasi (mil.av.431) Yevripidning eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Oilaviy, ahloqiy masalalar masalalar mavzusida yozilgan tragediyalar orasida “Ifigeniya avlidada” asari jo‘shqin fuqarolik tuyg‘ulariga to‘laligi bilan ajralib turadi. Ushbu asar Yevripid vafotidan keyin mil.av. 404 yilda sahnaga qo‘yilgan. Yevripid yunon mumtoz fojeanavisligi rivojiga yakun yasadi. Undan keyin qadimgi yunon fojeanavisligi sohasida biron bir yuqori, qimmatli asar yaratilmadi.
Aristofan (tahminan mil.av. 446-380 y).
Aristofan – qadimiy komediyaning pesalari bizgacha yetib kelgan yakkayu yagona namoyondasidir. Boshqa dramaturglarning komediyalaridan ba'zi parchalargina saqlanib qolgan. Uning ota-onalari erkin fuqarolar bo‘lib yashashgan. Lekin aftidan unchalik davlatmand bo‘lishmagan. Uning birinchi pesasi mil.av. 427 yilda qo‘yilib ikkinchi darajali mukofotga sazovor bo‘lgan. Aristofan 40 dan ortiq komediya yaratgan bo‘lib, bizgacha 11 tasi yetib kelgan. Miloddan avvalgi 424 yilda qo‘yilgan “Suvoriylar” Aristofanning eng ko‘zga ko‘ringan siyosiy komediyasi hisoblanadi. “Tinchlik” komediyasi Afina bilan Sparta o‘rtasida sulh tuzish paytida muzokara olib borilayotgan paytda mil.av. 421 yili ulug‘ Dionsiy bayramida qo‘yilgan. Aristofan bir vaqtning o‘zida qadimgi Attika komediyasining ham eng yuqori cho‘qqisini ham xotimasini belgilab berdi.
2.2 ANTIK DAVR TRAGEDIYANAVISLAR VA KOMEDIYANAVISLARINING IJODI.
Qadimgi Yunonistonda teatr tomoshalarini tashkil etish bilan bog'liq jamiki ishlarga davlatning o'zi bosh-qosh bo'lgan. Dramalar Dionis sha'niga atalmish: Kichik yoki Qishloq Dionisiyi (dekabr — yanvar); Leney (yanvar — fevral); Ulug' yoki Shahar Dionisiyi (mart — aprel) degan uch bayramda namoyish etilgan.
Drama tomoshalari dramaturglarning o'zaro musobaqasi tar­zida o'tkazilgan. Musoabaqada uch fojianavis va uch komediyanavis shoir ishtirok etgan. Fojianavislarning har biri uch trage­diya (trilogiya) va bir satirlar dramasi (ya'ni satirlar ishtirok etuvchi rivoyatga asoslangan quvnoq komediya)dan iborat to'rtadan pyesa taqdim etishi lozim bo'lgan. Sujet jihatidan bir-biriga bog'liq uch tragediya trilogiya va shu trilogiyaga satirlar dramasi qo'shimcha qilinganda tetralogiya deb atalgan.
Musobaqalar uch kun davom etgan. Har kuni ertalabdan uch tragediya — trilogiya, so'ng satirlar dramasi va kechki payt komediyanavislardan birining komediyasi namoyish etilgan. Musobaqaga faqat yangi yozilgan asarlar qo'yilgan. Dramaturglar uchun xorni arxont tayin etgan. Lekin xorni musobaqaga tayyorlash vazifasi, odatda, o'ziga to'q va o'zi xohish bildirgan yunon fuqarosi zimmasiga yuklangan. Uni xoreg deb ataganlar. Xoreg o'z mablag'i hisobidan xor tarkibini belgilagan, kiyim-kechaklar bilan ta'min et­gan. Dramaturglarning har bir bellashuvida: uchta tetralogiya uchun, uchta komediya uchun, jami oltita xoreg talab etilgan.
Musobaqa natijalari nufuzli hakam xay'ati tomonidan baholangan. Zafar qozongan dramaturglar uch xil mukofot olgan (lekin uchunchi o'rin mag'lubiyat hisobida baholangan).
Dramaturglar qalam haqidan tashqari, zafar ramzi bo'lmish gulchambarlar bilan e'zozlangan. Ayniqsa, xoreglarning qadr-qimmati baland edi. Xoreg o'z g'alabasi sharafiga yodgorlik o'rnatish huquqiga ega bo'lgan. Yodgorlikka tomoshaning o'tgan vaqti, dramaturg, xoreg va pyesaning nomlari yozib qo'yilar edi. Bundan tashqari, musobaqa natijalari maxsus qaydlarda qayd etilgan va ular davlat arxivida saqlangan. Bunday qaydlar didaskaliyalar deb atalgan.
Barcha qadimgi yunon teatrlarining usti ochiq bo'lgan, ularga juda ko'p tomoshabin sig'gan. Afinadagi Dionis teatriga 17 ming, Epidavrdagi teatrga 10 minggacha tomoshabin joylashgan. —Mil. av. V asrda Yunonistonda butun antik davr uchun umumiy teatr inshooti nusxasi tasdiq etiladi. Teatr, asosan, uch qismdan iborat bo'lgan: bular orxestra (aktyor o'ynaydigan maydon), teatron (tomoshabin o'tiradigan joy; teaomay — «ko'ryapman» fe'lidan) va skena (skene — «chodir», keyinroq yog'och yoki g'ishtdan tiklangan qurilma) deb atalgan.
Teatr qurilishida ovoz va so'zning uzoq-uzoqlardan ham yaxshi eshitilishiga alohida e'tibor berilgan. Bundan tashqari, ba'zan o'rindiqlar oralig'iga aks-sado beruvchi moslamalar o'rnatish usulidan ham foydalanilgan.
Naqlga ko'ra Fespid o'z tragediyalarida faqat o'zi chiqqan yakka aktyor bo'lgan ekan. Esxil ikkinchi (devteragonist), uning yosh zamondoshi Sofokl uchinchi (tritagonist) aktyorni kiritganlar. Lekin hamma vaqt asosiy rollarni protagonist — birinchi aktyor o'ynab kelgan.
Yunon teatri xalqning eng sevimli bayrami — Dionis marosimi bilan bog'liq bo'lgani uchun ham Yunonistonda, ayniqsa quldorlik demokratiyasi gullagan davrda aktyorlar yuqori ijtimoiy mavqega ega bo'lib kelganlar. Yunon qavmiga mansub kishigina aktyor bo'la olgan. V—IV asrlarda aktyorlar dramaturglar qatori polis ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib keldilar. Ular Afina yuqori davlat lovozimlariga saylanar va elchilar tariqasida o'zga mamlakatlarga ham yuborilar edi.
Teatr musobaqalarida dastlabki paytda faqat xoreg va drama­turglar ishtirok etgan. Miloddan avvalgi V asr o'rtalaridan boshlab, musobaqalarda aktyor-protagonistlar ham ishtirok eta boshlagan.
Yunon dramasida aktyorning soni uch kishidan oshmaganligi vajidan, pyesa davomida bir aktyorga bir necha rol o'ynashga to'g'ri kelgan.
Xotin-qizlar rollarini ham erkaklar o'ynagan. Aktyor o'rinlatib she'r o'qish, ashula aytish layoqatiga ega bo'lishi shart edi.
Aktyorlar niqob kiyib o'ynaganlar, binobarin, mimikadan foydalanishga o'rin qolmagan. Harakat va jest san'ati ustida ishlashning zarurligi shu bilan ham belgilangan.
Fojeiy xor tarkibi dastavval 12 kishidan iborat bo'lib, keyinroq 15 kishigacha yetgan. Komediyada xor hamisha 24 kishidan iborat bo'lgan. Xor qatnashchisi xorevt, xor boshlig'i korifey deb atalgan. Xor orxestrga sibizg'achi (fleytachi) yetakchiligida kirib kelar, tomosha mehrob zinasiga ko'tarilgan sibizg'achining sehrli ohanglari ostida boshlanar edi.
Teatr tomoshalari, yuqorida ta'kidlanganidek, Dionisiy umumxalq bayramlari vaqtida o'tkazilgan. Bu davrda barcha yumushlar to'xtatilar edi. Bayram kunlarida qozixonalar yopib qo'yilar, qarzdorlar qarz to'lashdan ozod etilar edi. Umumiyat bayramidan bebahra qoldirmaslik uchun hatto hibsga tushganlar ham turmadan bo'shatilgan: erkaklar qatori xotin-qizlar, bolalar va hatto malaylar ham teatrga kelishgan. Teatrga kirish biroz pulli bo'lib, bino qaroviga sarflanuvchi xarajatlar shu hisobdan qoplab kelingan.
Afinada teatr musobaqalari ertalabdan boshlanib, to shomga qadar davom etar edi. Tomoshabinlar oziq-ovqatlarini teatrning o'zida yeb-ichganlar. Hamma bayram libosi kiyar, gulchambarlar taqar, yasan tusan bo'lib kelar edi. Ulug' Dionisiy mavridiga juda ko'p fuqarolar yig'ilar, boshqa shahar-davlatlardan, butun Yunonistondan kelgan kishilar qatnashardi.
Qadim zamondan bizgacha ko‘xna yunon san'ati klassik davri yutuqlarini umumlashtiruvchi bittayu bitta asar yetib kelgan. Bu Aristotelning yunonlarning qadimiy davridan toki, miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan kitob “Poetika” risolasidir. Adabiyot va teatr tarixi bobida uniing “Poetika” asari eng ahamiyatlidir. Aristotelning fikricha, san'atning tub mohiyati hayotiy borliqni haqqoniy aks ettirishdan iborat. Klassik davr yunon teatri ellinizm davriga (mil.av. IV-I asrlar) kelib, dramaturgiya sohasidan ham, aktyor ijrochiligi va teatr binosi me'morchiligi sohasida ham jiddiy ravishda o‘zgardi. Bu o‘zgarishlar yangi tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq edi. Ellinizm davri teatrida avvalgidek tragediyalar ham, komediyalar ham qo‘yiladi. Lekin mil.av. IV asr tragediyalaridan ayrim parchalargina yetib kelgan. Chunki, ellinizm tragediyasi yetarlicha badiiy qimmatga ega bo‘lmagan. Komediya haqida ko‘proq ma'lumotlar mavjud. O‘sha zamon eng yirik komediyanavisi Menandr hisoblanib, u yuzdan ortiq komediya yozgan, biroq u 8 martagina g‘alaba qozongan. Uning bitta (“Odamovi” pesasi) to‘la asari hamda yana boshqa pesalaridan bir necha parchalar saqlanib qolgan. Ellinistik davr komediyasini yangi attika komediyasi deb ataydilar. Mil.av. IV asr o’rtalarida Yunoniston ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar bu komediyada o‘ziga xos ravishda aks ettirilgan.
XULOSA
Qadimgi Yunon san'ati, antik Yunon uyushmalarining (mil. avv. 8-6 asrlar) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu dastlabki Klasik davrda (mil. avv. 5-4 asrlar) rivojlanib, daha keyin Hellenistik davrda (mil. avv. 3-1 asrlar) o'zini namoyish etgan. Qadimgi Yunon san'ati, ko'p qirrali materiallardan va ko'p qirrali tekshiruvlardan iborat bo'lgani uchun, bu sohada yuzlab yillar davomida rivojlanib kelgan va bir necha tarixiy bosqichlarga bo'lingan.
Qadimgi Yunon san'ati barcha hunarmandchilik turlari (rasmlar, skulptura, arxitektura, mozaika va keramika)da namoyish topgan. Bu san'atning xususiyatlari odatda oʻn beshyuz yillik davrda yaratilgan maʼruzalar, skulpturalar va arxitekturalarning yoʻnalishlarida aks etiladi.
Qadimgi Yunon sanʼatida rassomlikka katta e'tibor berilgan edi. Ular hayvonlar va odamlarni shakllantirishdan koʻra tabiat manzaralari ham rasmlashga ega boʻldilar. Skulpturada esa musulmonlikdan oldingi davrlarga nisbatan boshqa shakllantirish usullari ishlatilgan. Qadimgi Yunon arxitekturasi esa, koʻpgina yurtdosh davlatlariga taʼsir qilgan va bugungi kunda ham qiziqarli izlanishda turgan bir yoʻnalishdir. Budayliklardan, oltin ustuvorlikdan va zargarlikdan foydalanilgan.
Qadimgi Yunon san'ati tarixiy ko'rsatkichlarini qo'llab-quvvatlashda ahamiyatli rol o'ynagan nomuslar, mozaikalar va keramika asarlaridan ham foydalanadi. Bu asarlar odatda insonlarning zamonaviy hayotining sahifalarini namoyish etadilar.
Qadimgi Yunon san'ati oʻzida xususiy estetik qoidalarni tugʻitadi. Uning jasoratlari toʻgʻridan-toʻgʻri nisbatlarga ega boʻlib, idealizmni ifodalaydi. Bu idealizm odamlarning yuqori unvonlarga erishishiga yo'l ochdi va bu unvonlarni aks ettirish uchun mo'tabar usullar ishlatildi.
Qadimgi Yunon san'ati dunyo san'atining eng muhim dasturlaridan biri hisoblanadi va bugun ham ko'pgina hunarmandlar uchun ilhom manbai sifatida xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. S.Tursunbоev. Xоrijiy teatr tarixi. O’quv qo’llanma. T.: O’MKHTM, «Turоn-Iqbоl» nashriyoti. 2005 yil.

  2. Sh.Minavarоv. Teatr-tarbiya maskani. T. «O’qituvchi». 1997.

  3. X.Abdusamatоv. Teatr tanqid ko’zgusida. T. «Fan». 1993.

  4. O’zbek entsiklоpediyasi. 1-tоm. Tоshkent. 1971.

  5. Istiqlоl imkоniyatlaridan оqilоa fоydalanaylik. «Xalq so’zi» gazetasi. 1995 yil, 1 dekabr .








Download 80.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling