Qanday qilib yangi hayot boshlash


Download 131 Kb.
bet12/12
Sana08.01.2022
Hajmi131 Kb.
#242164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
hoot

Birinchi qadam


Muallif:Azamat Xodjakov bo'lim:Shaxsiy rivojlanish Aprel 19, 2013 1 ta fikr 686 marta o'qilgan

Dunyoda o’zingiz ko’rishni istagan o’zgarish bo’la oling”. Dunyoni o’zgartirish o’zimizni o’zgartirishdan boshlanadi. His-tuyg’ularimizni o’zgartirmasdan esa o’zimizni o’zgartira olmaymiz. O’zimizni o’zgartira oldikmi, demak biz dunyoni o’zgartirdik degani.

O’zimizni o’zgartirishimiz, shu bilan birga atrofimizdagi kishilarning bizga bo’lgan munosabati, jamiyatdagi mavqeimiz, o’z o’rnimizni topishga olib keladigan shart-sharoitni yaxshi tomonga o’zgartirishimiz nimadan boshlanadi? Balki ishonmasligingiz mumkin, ammo har qanday ishda eng qiyin bosqich – bu birinchi qadamni qo’yish hisoblanadi. Birinchi qadamni qo’ya oldingizmi, demak Siz oldingizga qo’yilgan maqsadning yarmiga erishdingiz!

Nima deb o’ylaysiz, nega dunyo aholisining 80% dan ko’prog’i u yoki bu turdagi katta ishga qo’l urishni, birinchi qadamni qo’yishni juda katta qiyinchilik bilan amalga oshiradi va oxir oqibatda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, ammo 10% kishilar esa birinchi qadamni ishonch bilan qo’yishadi va deyarli har doim har qanday ishda g’olib bo’lishadi? Xo’sh, birinchi qadamni qo’yishimiz nega bunchalar qiyin? Hamamsiga javobni mana bu ikkita so’z bilan berish mumkin: qo’rquv va ishonchsizlik.

Umuman olganda, qo’rquv ta’sirida ishonchsizlik kelib chiqadi, ishonchsizlik tufayli esa qo’rquv paydo bo’ladi. Har ikkala holatda ham natija bitta: Siz o’z oldingizga qo’ygan maqsadingiz sari birinchi qadamni qo’ya olmaysiz.

Eng avval qo’rquv haqida o’ylab ko’raylik. “Harakatsizlik va bekorchilik qo’rquvni keltirib chiqaradi. Agar qo’rqishni istamasangiz, uyda o’tirmasdan tashqariga chiqing va biror ish bilan band bo’lib“, degan edi Deyl Karnegi. Harakatlanish va biror ish bilan band bo’lish biz qilmoqchi bo’layotgan ishini bajarishni boshlashimizni anglatadi. Ya’ni, ikkilanib turgan holatimizda qo’rqamiz va ishga kirishganimizda – birinchi qadamni qo’yganimizda qo’rquvlarimizdan halos bo’lamiz. Qaysidir ishni boshlashga qo’rqib turibsizmi? Unda uning natijasi haqida o’ylamasdan shu ishni bajarishga kirishing va qo’rquvlaringiz qanchalar tez yo’qolib ketishini kuzatasiz!

Ishonchsizlik birinchi qadamni qo’yishga to’sqinlik qiluvchi qo’rquvning bir turi hisoblanadi. Ishonchsizlik qachon yuz beradi? Insonda ishonchning bo’lmasligi uning o’z kuchiga ishonmasligidan kelib chiqadi. Agar Siz kuchli, irodali, sabrli bo’lsangiz, bilimingiz bajarmoqchi bo’lgan ishingizni oxiriga yetkazish uchun yetarli bo’lsa Sizda hech qachon ishonchsizlik bo’lmaydi. Bu holatning Sizda bo’lmasligi uchun qilishingiz mumkin bo’lgan amaliy harakat – bu ko’p o’rganish, tajriba orttirish, ilm olish, yangi narsalarni sinab ko’rishdan qo’rqmaslik hisoblanadi.



Agar Siz muvaffaqiyatli shaxs bo’lishni istasangiz, o’z tengdoshlaringiz va safdoshlaringizdan mukammallik bo’yicha bir qadam oldinda yurishni istasangiz qo’rquv va ishonchsizliklaringizni chetga surib qo’ying. Ulardan vos kechish birdaniga bo’lmasligi mumkin, ikkilanishlar, qo’rquvlar va ishonchsizliklar Sizni ta’qib qilishi mumkin. Ammo shu narsani hech qachon unutmang: birinchi qadamni qo’yganingiz zahoti bulardan asar ham qolmaydi. Eng muhimiz birinchi qadamni qo’yish!
Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling