Qanday qilib yangi hayot boshlash
Download 131 Kb.
|
hoot
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYGA VAZIFA 4
4. Filning dumi bo’ling.
Siz hayotingizni to’liq yaxshi tomonga o’zgartirib, mukammal inson bo’lishga ahd qilgan ekansiz, “Filning dumi bo’lgandan ko’ra itning boshi bo’lgan yaxshiroq” degan maqoldan voz keching. Siz atrofingizni imkon qadar har doim o’zingizdan mavqei, kuchi va aqli ancha baland bo’lgan odamlar bilan o’rashga harakat qilishingiz kerak. Agar atrofingizda sizdan battar kishilar yig’ilib qolgan bo’lsa, kun davomida faqat bekorchi va omadsiz kimsalar bilan birga bo’lsangiz hech qachon rivojlana olmaysiz. Ammo atrofingizda ko’rib o’rnak olishga arzigulik kishilar bo’lsa, ularga havas qilib yuqoriga – ular turgan bosqichga chiqish uchun harakat qilasiz. Itning boshi emas, filning dumi bo’ling (va boshi bo’lishga harakat qiling!). Faqatgina muvaffaqiyatlilar davrasida bo’lishning o’zi yetarli emas. O’zingizdan yuqoriroqda bo’lgan kishilar bilan birga bo’lganingizda bilishingiz kerak bo’lgan yana bir narsa bor. Biladigan narsalaringiz haqida emas, bilmaydigan narsalaringiz haqidagi suhbatlarga qo’shilishga harakat qiling. Unutmang, siz allaqachon sizdan ancha yuqori saviyada bo’lgan kishilar orasidasiz. Ular sizning nimanidir bilishingizga muxtoj emas. Lekin ularda sizga kerakli bo’lgan bilim va tajriba bor. Shuning uchun ko’proq eshitib kamroq gapirishni o’rganing. UYGA VAZIFA #4: O’zingizdan aqlliroq, muvaffaqiyatliroq, kuchliroq, boyroq, tadbirkorroq bo’lgan odamlar bilan do’stlashing. Ulardan nimanidir o’rganishga, har birining qaysidir yaxshi jihatini o’zingizniki qilib olishga harakat qiling. Agar o’zingizni juda super deb hisoblasangiz va sizdan yaxshiroq bo’lgan kishini topa olmasangiz buyuk insonlar haqida yozilgan biografik asarlarni o’qing. Nobel mukofotini olgan kishilar hayoti yoritilgan maqolalarni internetdan topib o’qing. Har kuningizni shaxsiyatingizni yuksaltirish uchun sarflang. UYGA VAZIFANI BAJARING, KEYIN O’QISHNI DAVOM ETTIRASIZ!!! XULOSA Mana hozir yomon ahvolda turibsiz, yoki qayta-qayta yomon ahvolga tushaverishdan charchab hayotingizni to’liq yaxshi tomonga o’zgartirishga urinayapsiz. Shu sababli ham yozganlarimni o’qib chiqdingiz, uyga vazifalarni bajarishga harakat qildingiz. Ammo asosiy savol javobsiz qolayapti: Nima uchun o’zgarishni xohlayapsiz? Hozirgi holatingiz o’zgarsa, shaxsiyatingiz yaxshilansa o’zingizni avvalgidan ko’ra baxtliroq his qilishingizga ko’zingiz yetadimi? Balki holatingizni yaxshilashingiz uchun o’zingizni emas, muhitingizni o’zgartirishingiz kerakdir? Nima bo’lganda ham bitta narsani yodda turing: har qanday muhitda bo’lmang siz to’liq mukammal bo’lishga harakat qilmaysiz. To’liq mukammallik hech qaysi sohada bo’lmaydi. Siz shunchaki kechagidan ko’ra bugun yaxshiroq odam bo’lishga va ertaga bugunning xatolarini takrorlamaslikka harakat qilishingiz kerak. Maqolam juda cho’zilib ketdi. Blogimdagi eng uzun maqola bo’ladi bu, menimcha. Shu yerda tugatmoqchiman. Sabr bilan o’qiganingiz uchun raxmat. Yozganlarim hayotingizni yaxshi tomonga o’zgartirishda ijobiy yordam beradi deb umid qilaman. Raxmat! Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling