Qanday qilib yangi hayot boshlash


Xatolaringizning yomon ta’siri bo’lmasligini tan oling


Download 131 Kb.
bet5/12
Sana08.01.2022
Hajmi131 Kb.
#242164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
hoot

Xatolaringizning yomon ta’siri bo’lmasligini tan oling. Xatolar baribir o’rganish qismida qolib ketadi. Shaxsiyatingizda esa faqat sinovdan o’tgan yaxshi jihatlaringiz doimiy qoladi. Katta-katta seminarlarda nutq so’zlaydigan bir do’stim bor. U minbarda gapirganda shunchalar ravon va to’xtovsiz gapiradiki, ba’zan uning nutq qobiliyatini ko’rib u doimiy shunday gapira oladi deb o’ylayman. Lekin ishonavering, u ham nutq so’zlashni seminarlardan oldin kechalari uxlamasdan mashq qiladi. Tabiiyki tayyorlanish va o’rganish davomida u juda ko’p xatolar qiladi. Ammo siz va men buni ko’rmaymiz. Bizga faqat minbarda chiroyli gapirayotgan kishi ko’rinadi, o’rganayotgan vaqti ming martalab gapini yo’qotib qo’ygan kishi emas. Shunday ekan, har qanday xato qilsangiz ham uni fojea sifatida emas, o’rganish yo’lidagi bir tajriba sifatida qabul qiling.

UYGA VAZIFA #2: Tanlagan yo’lingizdan borayotganingizni kun davomida eslatib turadigan yozma yoki telefon budilnigi ko’rinishi eslatmani hoziroq yozib qo’ying. Bu eslatma kun davomida 5-9 marta sizga nima qilayotganingizni eslatib turishi kerak.

YUQORIDAGI UYGA VAZIFANI HOZIROQ BAJARMASINGIZDAN TURIB O’QISHNI DAVOM ETTIRMANG. JIDDIY TAYAPMAN!!!




Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling