Qanday qilib yangi hayot boshlash
Bugundan boshlab yangi odatlar orttiring
Download 131 Kb.
|
hoot
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYGA VAZIFA 1
1. Bugundan boshlab yangi odatlar orttiring.
Inson dunyodagi eng mukammal organizm (menimcha). Inson tanasidagi eng murakkab va mukammal ishlaydigan yagona a’zo bu miya hisoblanadi. Inson tug’ilishidanoq uning miyasida ma’lum darajada o’rganilmaydigan bilimlar, hatti-harakatlarni bajarish haqidagi tushunchalar mavjud bo’ladi. Shartsiz reflekslarni ham shunday tushunish mumkin. Inson miyasida biologik organizm, mavjudot sifatida imkon qadar uzoqroq vaqt tanani tirik holda saqlab turish va imkon qadar ko’proq nasl qoldirish haqidagi axborot birinchi raqamli vazifa sifatida muhrlangan. Buning isbotini har bir kishi o’z tanasida topishi mumkin. Masalan, qo’limiz kuyadigan darajada issiq jismga tegsa o’zimiz xohlamasak ham miyamiz asab tolalari orqali qo’limizni o’sha issiq jismdan darhol uzoqlashtiradi. Bu tananing “o’zini o’zi himoya qilish” tizimi ishga tushdi degani. Bu miyaning inson o’zi boshqarmaydigan “odati”. Nasl qoldirish masalasida ham huddi shunday. Bularning barchasidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, miyamizda biz bilmagan, tug’ilganimizdayoq mavjud bo’ladigan “odatlar” bor. Bungi kunga kelib insoniyat uchun ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi miya odatlari: tanani tirik saqlab qolish va imkon qadar ko’proq nasl qoldirish asosiy vazifalar bo’lmay qoldi. Biz endi zamonaviy bo’la boshladik, miyamizda yangi hayotiy “odatlar” paydo bo’lib boshladi. Biz yaxshi kasbda ishlashni va ko’proq pul topishni xohlaymiz, hayotning hamma sohasida birinchi bo’lishga intilamiz, eng zamonaviy rusumdagi mashinamiz bo’lishini xohlaymiz va qomatimizni TV-shoularda ko’rsatiladigan super modellarning qomatlariga o’xshatishga harakat qilamiz. E, xa! Sal qolsa unutibman: yana biz baxtli bo’lishni ham juda xohlaymiz! Bularning barchasi yangi istaklar. Vaziyat va sharoitdan kelib chiqqan holda miyamiz ham yuqoridagi talablarni hisobga olib yangidan yangi “odatlar”ni o’zlashtiraveradi. Endi bu “odatlar”ni qanday qilib biz uchun foydali tomonga o’zgartirish haqida gaplashsak. Birinchidan, shu narsani tan olish kerakki miya uchun odatga aylanib ulgurgan narsadan osonlik bilan voz kechib bo’lmaydi. Yuqorida keltirilgan misoldagi yashash uchun kurash va nasl qoldirish “odat”larini misol qilib keltirish mumkin. Hozir bizning miyamizda juda ko’p “odatlar” bor. Dunyo esa soat sayin yangilanib borayapti: biz yangi bilimlar olayapmiz va tinimsiz ravishda yangi odatlar orttirayapmiz. Miyamizdagi 1 ta odatni tashlashga urinayotganimizda o’zimiz bilmagan holda miyamiz yana 5 ta yangi odatni o’zlashtirgan bo’ladi. Shunday ekan miyamizdagi hech bir odatni tashlashga bekorga harakat qilmaylik. Ikkinchidan, miyadagi odatlar biz ularni qanchalik tez-tez ishlatishimizga qarab mustahkamlana boradi. Demoqchimanki, agar siz yangi ijobiy odat orttirsangiz va bu odatingizni har kuni kanda qilmay amalda qo’llasangiz, bu miyangizdagi boshqa zararli odatlarni ham yengib o’ta oladigan eng kuchli yaxshi odatga aylanadi! Sizning mukammal va muvaffaqiyatli inson bo’lishingiz uchun o’zingizga mos eng yaxshi odatlarni o’zingiz mustaqil tanlashingiz kerak. Bu haqida o’ylab ko’ring: kasbingiz, oilangiz, o’zingiz va atrofingizdagilar uchun siz o’zingizni qanday holatda ko’rishni xoylaysiz? Shunda kelib chiqib yangi odatlar orttiring. Boshlashingizdan oldin muhimligi bo’yicha birinchi raqamli bo’lgan, “hoziroq orttirib olmasangiz bo’lmaydigan” odatlardan birini aytmoqchiman. Bu odat – HOZIR BAJAR degan odat. Harakatni HOZIR bajarishga odatlaning. Bir narsaga qasd qildingizmi, shu narsani ertaga emas, bir soatdan keyin emas, yoki besh daqiqadan keyin emas, HOZIR bajaring! Soatingizga qarangchi rejangizni qachon, soat nechada bajarishingiz kerak ekan: Menimcha bu rasmdagi soat dunyodagi vaqtni eng to’g’ri ko’rsatadigan soat bo’lsa kerak. Qolgan ishga qor yog’adi. Muvaffaqiyatli bo’lishni HOZIRdan boshlang! Bu sizning birinchi yaxshi odatingiz bo’lsin. Hamma narsani hozir bajarishga o’rganganingizdan keyin quyidagi qoidalarga amal qiling:
Ish-harakatni bajarish uchun energiyangiz va kuchingiz eng ko’p bo’ladinga kun qismini tanlang. Masalan men uchun tong – kuchim eng ko’p bo’lgan vaqt. Shaxsan men kechasi ishlashdan ko’ra ertalab ishlasam ishimning samarasi ko’proq bo’ladi; Eng qiyin ishlarni birinchi navbatda bajaring. Hayot o’zi shunaqa – bajarilishi oson bo’lgan ishlar shundaysiga ham bajarilib ketilaveradi. O’tiring va o’ylang: hozirgi mammolaringizni hal qilishingizga to’sqinlik qilayotgan eng qiyin ish nima? Eng qiyin vazifangizni toping va uni HOZIRdan bajarishga kirishing. Ishlaganingiz sari ishingiz osonlashib boraveradi, chunki siz eng qiyindan osonga qarab harakatlanayapsiz; Bugun bajarishingiz kerak bo’lgan 5 ta eng muhim ishlar ro’yxatini tuzing. Lekin bu 5 ta ish dunyoga hukmronlik qilishdek bajarilishi qiyin bo’lgan super katta vazifa bo’lmasin. Boshlanishiga o’z oldingizga juda oson 5 ta vazifa qo’ying va kun davomida faqat shu 5 tasini bajarishga harakat qiling. Keyinchalik vazifalar sonini o’zingizdan kelib chiqib oshirishingiz mumkin bo’ladi; Maqsadingiz biror ishni bajarishda muvaffaqiyat qozonish emas, balki o’sha ishni bajarish jarayonining o’zi bo’lsin. “Sabr qilsan g’o’radan holva unadi” degan maqolni unutmang! Ishingizning natijasini ko’rishga shoshilmang. Muhimi shu ishni bajarayotganingiz bo’lsin. Bu huddi tosh ko’tarishni mashq qilishga o’xshaydi: siz boshidan 500 kilolik shtangani ko’tarishga oshiqmaysiz. Sizning vazifangiz mashq xonasiga har kuni borish va mashq qilish, kechagiga nisbatan sal og’irroq bo’lgan toshlarni ko’tarishga urinishingiz bo’ladi. Natijaga shoshilmang. Ishning o’ziga e’tibor qarating! UYGA VAZIFA #1: Bilaman, hammalaringiz uyga vazifalarni yoqtirasizlar, shuning uchun sizlarga birinchi bo’limimizga ko’ra uyga vazifa bermoqchiman. HOZIROQ ertaga qilishingiz kerak bo’lgan 5 ta ish ro’yxatini tuzing va ro’yxatni ishning qiyinligi bo’yicha tartiblab chiqing. 1-raqamda ro’yxatning eng qiyin ishi bo’lsin. HOZIROQ uyg’otkichingizni odatdagi vaqtdan bir soat oldinga sozlang, ertaga ertaroq turib reja qilgan 5 ta ishingizni bajarishga kirishing! UYGA VAZIFANI BAJARMASDAN TURIB DAVOMINI O’QIMANG!!! Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling