Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi
Download 0.99 Mb.
|
Hasanova Marjona 10 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu dolzarbligi.
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................24.
Kirish O‘simlik hayot manbai, shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlani o’simliklar olamisiz tassavvur etish qiyin. O’simliklar Qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat va insonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Yer yuzida o'simliklar turlari juda keng tarqalgan. Ularni tabiatning turli burchaklarida va har xil ekologik sharoitda, boshqacha qilib aytganda, jazirama cho'llardan baland qorli cho'qqilargacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. Hozirgi ma’lumotlarga ko'ra, Yer yuzida tuban va yuksak o’simliklarning 500 mingga yaqin turlari o'sadi, shulardan 2 sinf (ajdod), 533 oila va 13000 turkumga mansub 250 mingdan ziyod turlami gulli (yopiq urug'li) o'simliklar yoki magnoliyatoifalar tashkil etadi. O'rta Osiyoda yuksak o'simliklarning 8097 ta va O'zbekistonda 4500 ga yaqin turlari uchraydi. Bu o'simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish botaniklardan ularni har tomonlama mukammal o'rganishni talab etadi. Buning uchun ularning qanday taksonomik birliklardan tashkil topganligini, hayoti, rivojlanishi, tashqi va ichki tuzilishi, tarqalishi, o'sish sharoiti, turli omillarning ularga ta’siri hamda o'tmishini chuqur o'rganish zarur. O'simliklar dunyosi sodda tuzilishga ega bir hujayrali o'simliklardan tarixiy taraqqiyot jarayonida asta-sekin takomillashib borgan. Natijada murakkab tuzilishga ega va hozirgi paytda Yer yuzi o'simliklar qoplamida ustunlik qilayotgan gulli (magnoliyatoifa) o'simliklar paydo bo'lgan. Mavzu dolzarbligi. Bu oilaga kiruvchi o'simlik turlari va vakillarining deyarli barchasi efir moyli,dorivor xususiyatga ega bo’lgan barcha o'simliklarni o'z ichiga oladi. Eng asosiysi bu oilaga kirivchi ko'plab o'simliklar butun dunyo va O'zbekiton hududida kamayib bormoqda shu sababli bu guruh o'simliklarini ko'p qismi O'zbekiton Respublik Qizil kitobiga kiritilgan va muxofazaga olingan.Ayniqsa, aholi o’ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta’sir ko’rsatishi bilan qattiq bog’liq bo’lgan hududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo’lib bormoqda. Shuning uchun ham bu o”simliklar turini o’rganib yo’qolib ketish xavfini kamaytirish kerak. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling