Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi


Sarvnamolar qabilasi vakillarining urugʻchi qubasi va barglarning koʻrinishi


Download 0.99 Mb.
bet6/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1127248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasanova Marjona 10 21 (2)

Sarvnamolar qabilasi vakillarining urugʻchi qubasi va barglarning koʻrinishi.
2.4. Sarvdoshlar - Cupressaceae oilasining turkumilari. Sarv turkumi
Ushbu turkumga 0 ‘rta yer dengizi, Himolay, Xitoy, Yaponiya va Amerikada tarqalgan 15 ta tur kiritilgan. Ninabarglari novdalariga yondashgan, qipiqsimon, qarama-qarshi. Qubbasi deyarli dumaloq bo‘lib, rivojlanib chiqqanidan so‘ng ikkinchi yili yetiladi. Bu o‘simlikning, ayniqsa, piramidasimon yashil turi mashhurdir. MDH da, Qrim, Kavkazda manzarali o'simlik sifatida keng ekiladi. Bo‘yi 30 metr, tana diametri 50-60 sm ga yetadi. 4-6 yoshida urug‘ beradi. 1000-1500 yilgacha yashaydi, yog‘ochi sifatli mebel tayyorlashda ishlatiladi. Toshkentga sarv turlarining faqatgina uchtasi introduksiya qilingan: arizona sarvisi (Cupressus arizonica Greene.) marosimli sarvi (Cupressus funebris L.) va Kaliforniya sarvisi (Cupressus Goveniana Gord.) sovuqqa chidamli ekanligini ko‘rsatdi. Arizona sarvisi (Cupressus arizonica Greene.) bo‘yi 20-25 metr, bir uyli, shox-shabbasi keng konussimon shaklga ega. Asosan u Arizona tog Marida, Kalifomiyada va Shimoliy Meksikada 1500-2400 metr dengiz sathidan balandliklarida o ‘sadi. 5-6 yoshida ilk gullashi qayd etildi. Sarv turlari 0 ‘zbekistonning janubiy hududlarida o ‘rmon xo'jaligi va ko'kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Arizona sarvisi o‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish uchun istiqbolli tur hisoblanadi. Sarvning doim yashil sarv (Cupressus sempervirens L.), yirik mevali sarv (Cupressus macrocarpa Hartw.), Duklo sarvisi (Cupressus duclouxiana Hick.), Kaliforniya sarvisi (Cupressus goveniana Gord), Himolay sarvisi (Cupressus torulosa D.Don.) yalang‘och sarvi (Cupressus glabra Sudw.) kabi turlari mavjud.

Cupressum arizonica.(5) Cupressum assamica.(6)
Archa (Juniperus) turkumi.
Bu turkumga daraxt va butalar kiradi. Ulaming bargi ninasimon yoki tangachasimon. Odatda yosh daraxtda avval ninabarglar paydo bo‘lib, so‘ngra tangachasimon shaklga kiradi. Ular 3 tadan bo‘lib doira shaklida joylashadi. Urug‘chi qubbalari yashil rangli bo‘lib, ular 3 ta yoki ko‘proq tangachasimon urug‘chi barglardan (urug‘kurtakdan) tuzilgan. Ularda 10 tagacha urug‘ rivojlanadi. Changchi qubbalari sarg‘ish rangli 3-6 ta changdoni bo‘lgan tangachasimon changchidan tuzilgan. Qubbalari ikkinchi yili yetiladi. Archa mojjevelnikning mahalliy nomi bo‘lib, turkiy xalqlarda shunday nomlanadi.Archalar urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Bu turkumga 60 tur kiradi. Ular shimoliy yarim shaming mo‘tadil iqlim mintaqalarida hamda Markaziy Amerikada, G‘arbiy Hindistonda va Sharqiy Amerikaning tropik qismidagi tog‘larda tarqalgan. MDH da 21 turi o‘sadi. Kavkaz va Markaziy Osiyoda ayrim turlari archazorlar hosil qiladi. Archa 0 ‘zbekistonning tog‘ o ‘rmonlarida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlardan hisoblan.
Turkman archasi (Juniperus turcomanica Kom.) bo‘yi 10 m ga, diametri 50 sm ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi yoyiq, ikki uyli. Katta yoshda po‘stlog‘i qizg‘ish bo‘ladi. Shoxlari ingichka, barglari tikanli, 5-7 mm uzunlikda. Ular tangachasimon, uchi yumaloq, bir oz bukik bo‘lib, tubida bezi bor, novdada zich joylashadi. Qubbasi qora, diametri 1 sm bo‘lib, unda 2-4 ta urug‘ rivojlanadi. Urug‘i yaltiroq, cho‘ziq, oval shaklida bo‘lib, jigarrangda. Bu archa tog‘ qiyaliklaridagi quruq tuproqli yerlarda o‘sadi va yashil archazorlar hosil qiladi, u 700 yilgacha yashaydi. Markaziy Osiyoda, jumladan, Kopetdog‘da va Balxash ko‘li atroflarida tarqalgan. Chet mamlakatlarda Eron va Iroqda uchraydi. Qurg‘oqchilikka eng chidamli archa turi hisoblanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling