Sharq biotasi.
2.5. O’zbekistonda uchraydigan sarvnamolar qabilasi vakillari . Sarvnamolar - Cupressales muxofazasi.......
Oʻzbekiston hududida uchraydigan Sarvnamolar qabilasi vakillari manzarali daraxtlar sifatida butun hududlarda ekiladi. Sarv turlari 0 ‘zbekistonning janubiy hududlarida o ‘rmon xo'jaligi va ko'kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Arizona sarvisi o‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish uchun istiqbolli tur hisoblanadi. Sarvning doim yashil sarv (Cupressus sempervirens L.), yirik mevali sarv (Cupressus macrocarpa Hartw.), Duklo sarvisi (Cupressus duclouxiana Hick.), Kaliforniya sarvisi (Cupressus goveniana Gord), Himolay sarvisi (Cupressus torulosa D.Don.) yalang‘och sarvi (Cupressus glabra Sudw.) kabi turlari mavjud.Archa 0 ‘zbekistonning tog‘ o ‘rmonlarida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlardan hisoblan. Biota Toshkentda o‘stirilmoqda va ko‘kalamzorlashtirish uchun keng miqyosda ko‘chatlari yetishtirilib tarqatilmoqda. Virgin archasi 0 ‘zbekiston sharoitiga yaxshi moslashgan archa turi boiib, ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Shahar havosining ifloslanishiga va tutunga chidamli tur,Toshkent sharoitlarida о‘sib turgan archa daraxtlarining 80% yaqini shu turga tegishli. 0‘zbekistonshimoli, Qoraqalpogiston Respublikasida ham yaxshi o‘smoqda.Yog‘ochidan qalam ishlab chiqarishda, duradgorlikda va qurilishda foydalanish mumkin. Uning novdalaridan meditsinada va parfyumeriyada ishlatiladigan archa moyi olinadi. Bu archa turi manzarali daraxt sifatida Qora dengiz bo‘ylarida ekish tavsiya qilinadi.
Qabila. Sarvnamolar (Cupressales) — Кипарисовые
Oila. Taksodiyadoshlar (Taxodiaceae Warm.) — Таксодиевые
Turkum. Taksodiya (Taxodium Rich.) — Таксодий
Turkum. Sekvoyadendron (Sequoiadendron Bushholz.)—Секвояден- дрон
Oila. Sarvdoshlar (Cupressaceae Bartl.)— Кипарисовые
Turkum. Tuyopsis (Thujopsis Cieb. et Zucc.) — Туевые
Turkum. Tuya (Thuja L.) — Туя
Do'stlaringiz bilan baham: |