Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi


Baland bo‘yli archa (Juniperus excelsa M.B.)


Download 0.99 Mb.
bet7/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1127248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasanova Marjona 10 21 (2)

Baland bo‘yli archa (Juniperus excelsa M.B.) bo‘yi 15 m ga yetadigan, shox-shabbasi zich, tuxumsimon yoki keng piramida shaklda daraxt bo‘lib, shoxlari egilib, yerga tegib turadi. Tana va shoxlarining po‘stlog‘i qo‘ng‘ir yoki och jigarrangda, novdalari esa to‘q yashil, havo rangda. Ninabarglari ingichka, nozik, zangori rangda. Bir uyli yoki ikki uyli daraxt. Qubbalarining diametri 1,5 sm bo‘lib, ular oval shaklda, yashil rangda yetilganda to‘q qizil rangga kiradi. Unda 3-8 dona urug‘ rivojlanadi. Urug‘i cho‘ziq-tuxumsimon, qattiq qirrali va yaltiroq bo‘lib, uch tomoni cho‘tir. Bu archa urug‘dan ko‘payadi. U issiqsevar, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Toshli, ohakli quruq tuproqlarda yaxshi o ‘sadi. Archa 500 yilgacha yashaydi. U yaproqli va boshqa ninabargli daraxtlar bilan birga o‘sib, qalin o‘rmonzorlar hosil qiladi.
TUYYA (THUJA) TURKUMI
Bu turkumga daraxt yoki buta o‘simliklar kiradi. Uning 5 ta turi bor. Shulardan bittasi g‘arb tuyyasi ustida to‘xtalib o‘tamiz.G‘arb tuyyasi (Thuja occidentalis L.) bo‘yi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. Ayrim tuplarining bo‘yi 30 m gacha ham yetadi. Shox-shabbasi piramida shaklda tanasi jigar rangda. Katta yoshida po‘st tashlab turadi. Birlamchi va ikkilamchi novdalari yassi boiib, yasmiqchali. Ular uchinchi yili silindr shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan. Barglari yozda to‘q yashil, qishda yashil-qo‘ng‘ir rangda boiadi, smola bezlari yo‘q. Yuqori novdalardagi barglari o‘tkir uchli, qattiq, yon novdalaridagisi to‘mtoq va oval shaklda boiib, novdaga yopishib joylashadi. Ular daraxtda 2- 3 yilgacha saqlanadi.
Thuja occidental (7) Thuja plicata (9)

BIOTA (PLATIGLADUS) TURKUMI.
Bu turkumning bitta - sharq biotasi yoki saur (Platigladus orientalis Spach.) turi bor.Platigladus orientalis daraxt yoki buta, bo‘yi 10 metrgacha b o ‘ladi. Tanasining po‘stlog‘i to‘q kul rangda, po‘st tashlab turadi, shoxshabbasi piramida shaklida boiib, vertikal o‘sadigan novdalardan tuzilgan. Novdalari yassi, pishiq, yashil rangda. Barglari ninasimon, tangachasimon bo‘lib, uchi o‘tkir, bezli, tiniq yashil rangda. Saur bir uyli o‘simlik.Asosan urug‘idan ko‘payadi, qalamchadan ham ko‘paytirish mumkin. U sekin o‘sadi, soyasevar, issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, katta yoshida sovuqqa va gazlarga chidamli. Har xil tuproqda o‘saveradi. Lekin ohakli qumloq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Ildizi baquvvat. Shoxlari egiluvchan bo‘lib, shamol ta’siridan va qor bosib qolishidan zararlanmaydi. Saur Shimoliy Xitoyning tog'li hududlarida va Hisor tog‘ining To‘palang daryosi qirg‘oqlarida tarqalgan. MDH ning janubiy hududlaridagi shahar va parklarda o‘sadi. Uni yakka-yakka yoki to‘datoʼda qilib ekish tavsiya qilinadi. U Toshkentda o‘stirilmoqda va ko‘kalamzorlashtirish uchun keng miqyosda ko‘chatlari yetishtirilib tarqatilmoqda. Sharq biotasi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling