Qaragʻaysimonlar Pinopsida haqida umumiy malumot va kelib chiqishi


Download 0.99 Mb.
bet3/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1127248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasanova Marjona 10 21 (2)

Kurs ishining maqsadi.
Kurs ishinig maqsadi Sarvnamolar qabilasi kelib chiqishi, oilalarga bo’linish va o’sha oilalar haqida to’liq malumot to’plash va ular haqida chuqur o’rganish. Sarvnamolar qabilasi O’zbekistonda tarqalishi va o’rni haqida bilib olish.
Kurs ishining vazifasi.

  1. Qaragʻay toifasi boʻlimi bilan yaqindan tanishish.

  2. Sarvnamolar - Cupressales qabilasi bilan tanishish.

  3. Taksodiyadoshlar - Taxodium oilasi bilan toʻliq tanishish.

  4. Sarvdoshlar - Cupressaceae oilasi bilan toʻliq tanishish.

  5. Sarvnamolar oilasini O’zbekistondagi tarqalishi va foydali chihatlari.

Kurs ishining hajmi.
Kurs ish 25 bet, shrift uslubi Time New Roman, hajmi 14. Shriftlar 1.5 intervalda yozilgan. 4 bobdan: Kirish, Adabiyotlar tahlili, Asosiy qism va Xulosadan iborat. Mazkur kurs ishi 9 dona rasmni o’z ichiga olgan.



1. Adabiyotlar tahlili
Xozirgi vaqtda o’simliklar dunyosini o’rganuvchi botanika fani bir-biri bilan uzviy bog’liq bolgan quyidagi asosiy tushinchalarni o’z ichiga oladi. "O’simliklar morfologiyasi-bu botanikaning eng katta va dastavval shakllangan bulimi bulib, usimlik organlarini, ularning turli-tumanligini amalda hosil bulish qonuniyatlarini tushuntiradi. U o’simliklarning kelib chiqish tarixini asoslab beruvchi botanikaning muhim bo’limi hisoblanadi.O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O’rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma’lumotlami bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) tabobatga bag'ishlangan. „Kitob as-Saydana fit-tibb“ nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida m a’lumotlar bergan. Abu Ali ibnSino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlarihaqida qimmatli m a’lumotlar berilgan.
bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro‘yxati“ deb nomlangan ko‘p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.
O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o'rganish o'tgan asrning 20-yillaridan boshlangan.1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbekistonbotaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika IIChM) „O'zbekiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi Ajratilgan oilalar bilan bir qatorda qo'shilgan oilalar ham bor. Masalan, Orobonchaceae (Shumg'iyadoshlar) oilasi Scrorhulariaceae (Sigirquyruqdoshlar) oilasiga, Limoniaceae oilasi Rlumbaginaceae (Karmakdoshlar) oilasiga, Monotropaceae va Rurolaccae oilalari Ericaceae (Erikadoshlar) oilasiga qo'shilgan. Botanika nomenklaturasi qoidalariga amal qilingan holda ayrim oilalarning nomlarini turkumlarga asoslanib yozish tavsiya etiladi. Yer yuzida tarqalgan barcha oʻsimliklar maʼlum va oʻxshash belgilari asosida qabilalarga, oilalarga, turkumlarga birlashtiriladi. Oʻsimliklar dunyosi oʻzining xilma-xilligi, barcha joylarda oʻsib oʻsha joy muhitiga moslashgan. Yuksak oʻsimliklar tuban oʻsimliklardan ancha farq qiladi va juda keng tarqalgan.
Qoidaga ko'ra Cruciferae (Krestguldoshlar) oilasini Brassicaceae (Karamdoshlar) Leguminosae (Dukkakdoshlar)ni Fabaceae (Burchoqdoshlar), Labiatae (Labguldoshlar)ni Lamiaccae (Yalpizdoshlar), Umbelliferae (Soyabondoshlar)ni Apiaccae (Ziradoshlar), Compositae (Murakkabguldoshlar)ni Asteraccae (Qoqio'tdoshlar) va Gramineae (Boshoqdoshlar)ni Poaceae (Bug'doydoshlar) deb yozish tavsiya etildi Qayd etilganlardan ko'rinib turibdiki, oliy o'quv yurtlaridagi yuksak o'simliklar sistcmatikasiga oid darsliklarda keltirilgan sistematik birliklarning nomlari va ayrim terminlarni yozishda jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Agar yuksak o'simliklar bilan bog'liq eng muhim kategoriya va terminlar qayta ko'rib chiqilib tartibga keltirilsa, bir xil sistematik birlik, termin va nomlar asosida dars berish imkoniyatiga ega bo'lamiz.
O'zbek tilida yozilgan yuksak o'simliklar sistematikasiga oid aksariyat birliklar va ularga berilgan qo'shimcha (afilks)lar talab darajasida emasligini inobatga olib, quyidagi sistematik birlik (kategoriya)lar va ularning qo'shimchalariga ayrim o'zgartirishlar kiritish tavsiya etildi O'simliklarga bag'ishlab o'zbek tilida nashr etilayotgan ayrim ilmiyommabop asarlarda, ba’zi maqolalarda hamda darslik va qo'llanmalarda o'simliklarni nomlashda chalkashliklarga yo'l qo'yilib, atam a va kategoriyalarning nomlari buzib yozilmoqda. Bulardan tashqari, bir tur yoki turkumga mansub o'simlikning bir necha nomlar bilan yozilish hollari ham kuzatilmoqda. O'simliklarning o'zbekcha botanik terminlari va ularning ilmiy asoslari hamda turli darajadagi kategoriyalarning nomlari to'liq ishlab chiqilmaganligi sababli nashr etilgan darsliklarda birliklarning nomlarini yozishda bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Ana shu xilma-xillikni qiyoslash maqsadida o'zbek tilida turli vaqtlarda nashr etilgan botanikaga oid darsliklarga (Kursanov va b., 1963; Sahobiddinov, 1966; Burigin va b., 1977; Hamdamov va b., 1990; Mahkamova, 1995) qisqacha to'xtalib o'tamiz. Darsliklar oliy o'quv yurtlari talabalari uchun yozilganligi tufayli keltirilgan kategoriya va taksonlarning soni jihatidan ancha farq qiladi. Darsliklarda qabul qilingan yirik birliklar—bo'limlami yozishda ham ba’zi kelishmovchiliklar mavjud. Jumladan, rus tilidagi „Моховидные" (bo'limi) o'zbek tilida „Moxsimonlar”, „Yo'sinsimonlar” deb, „Псилoтовидные"-„ Psilotsimonlar", „Psilofitsiomonlar", „Psilotlar" deb, „ Хвощевидные"- „ Ponabarglilar" yoki, „Bo'g'imlilar", „Ponabargsimonlar" deb, „Папоротниковидные", „Qirqquloqsimonlar", „Paporotniksimonlar" deb, „Голосеменные", „Yalang'och urug'lilar", Ochiq urug'lilar" deb, „Покры тосеменные" yoki „Цветковые" -„Yopiq urug'lilar", „Gulli o'simliklar" yoki „Yopiq urug'lilar" deb yozilgan. Shuni ham aytish kerakki, ba’zi darsliklarda bo'limlardan ayrimlarining o'mi almashtirib yuborilgan yoki umuman keltirilmagan.
Darsliklarda sinflarning nomlarini yozishda ham bir-biriga mos kelmaydigan birliklar va qo'shimchalar (affikslar) ishlatilgan. Mazkur birliklarni yozishda mualliflar turlicha manbalardan foydalangan yoki mustaqil ijod qilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Yirik sistematik birliklarni qiyoslash va tahlil qilish S.S.Sahobiddinov qo'llanmasining ikkinchi jildida sinfdan keyin ,,singarilar“ qo'shimchasibilan o‘n bir marta keltirilgan „tana'1 so'zining qanday maqsadda keltirilganligi, uning filogenetik sistematikada tutgan o'rni, etimologiyasi juda ham aniq emasligini ko'rsatdi. Sinfdan keyingi birlik sinfchani, undan keyingi o'rinda turadigan qabilalar (tartib)ni yozishda ham xatoliklarga yo'l qo'yilgan.
Darsliklarda oilalarning lotincha va o'zbekcha nomlarini yozishda ayrim chalkashliklar mavjud. Mana shulardan ayrimlari: Torondoshlar oilasi Otquloqlar yoki Grechixalar, Yalpizdoshlar oilasi Labguldoshlar yoki Yasnotkadoshlar, Loladoshlar oilasi Liliyadoshlar, Ra’nodoshlar oilasi Rozadoshlar, Atirguldoshlar, Ra’noguldoshlar deb yozilgan. Darsliklardagi munozarali masalalardan yana biri yirik taksonlarga beriladigan qo'shimcha (affiks)lar bo'lib, ular ham qayta ko'rib chiqishni va har bir birlik uchun muayyan qo'shimcha ishlatishni taqozo etadi. Botanika nomenklaturasi qoidalariga muvofiq, sistematik birliklarni ifodalovchi maxsus qo'shimchalar ishlab chiqilgan. Unga muvofiq oilaga lotincha „aceae", qabilaga ,,Ies“ , sinfga — „opsida", bo'limga —„phyta" qo'shimchalari berilgan. Akad. Q. Z.Zokirov bularni o'zbek botanika terminologiyasiga tatbiq etgan. Ta’kidlash joizki, 1966-yili nashr etilgan Q.Z.Zokirov va X.Jamolxonovlarning „O'zbek botanika terminologiyasi masalalari" nomli asarida sistematik birliklar va ularning qo'shimchalari ilk bor ishlab chiqilgan. Unda bo’limga toifa, sinfga simonlar, lilar, qabila (tartibga)ga dor, namolar, oilaga doshlar, guldoshlardan iborat qo'shimchalar qo'shib yozish tavsiya etilgan. Bu birliklar respublikada o'zbek tilida yozilgan darslik, qo'llanma va risolalarda hamda O'zbekiston milliy ensiklopcdiyasidan puxta o'rin olganiga qaramay, botanikaga oid ba’zi darslik va ommabop asarlarda unga jiddiy e’tibor berilmadi. Natijada bitta qo'shimcha boshqa birliklarga ham tatbiq etildi. Darsliklardagi birliklar va ularning qo'shimchalaridan ko'rinib turibdiki, eng katta sistematik birlik—bo'limga akad. Q.Z.Zokirov tavsiya etgan qo'shimcha (affiks) toifa birorta ham darslikda qo'llanilmagan.
Ajdod vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Bu ajdod ikkita kichik ajdodga: kordaitkabilar (Cordaitidae) va qaragʼaykabilar (Pinidae) boʼlinadi.Kordaitkabilar (Cordaitidae) ajdodchasi bitta qabila kordaitnamolar (Cordaitidae) va bitta oila kordaitdoshlar (Cordaitaceae) ni oʼz ichiga oladi. Kordaitkabilar bizgacha yetib kelmagan barchasi qirilib ketgan. Kordaitlar toshkoʼmir davri boshlarida va trias davrigacha yashagan. Ular daraxtsimon shaklda boʼlib, boshqa sporali daraxtsimon oʼsimliklar bilan oʼrmonlar hosil qilib oʼsgan. Ularning boʼyi 30 m, eni esa 1 m kelgan. Lentasimon barglarining uzunligi 1 m, eni 20 sm ga etgan. Qubbalari bir jinsli, ikki oʼyli oʼsimliklar boʼlib hisoblangan. Kordaitlar urugʼli paporotniklardan kelib chiqqan va ulardan esa qaragʼaylar kelib chiqqan. Qaragʼaykabilar ajdodchasi vakillarining tarixi toshkoʼmir davridan (370 mln yillar muqaddam) boshlanadi. Trias davrida (240 mln yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim sharning oʼsimliklar qoplamida katta rol oʼynagan. Qaragʼaykabilarning koʼpchilik turlari baland boʼyli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada oʼsuvchi doim yashil sekvoyaning (Sequoia sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining diametri esa 10 m gacha etgan. Meksika taksodiumi (Taxodium mucronatum) poyasining diametri 16 m, mamont daraxti (Sequoidendrom giganteum) poyasining yoʼgʼonligi esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan. Qaragʼaykabilar asosan urugʼlari orqali koʼpayadi.[2[148]]
SARV (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shim. Amerika, Shim. Afrika, Jan. Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi maщarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50 — 60 sm, 200—300-yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000-y. gacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. TUpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang. Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil Sarv turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib ʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. Sarv turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan.[115. ]Sarvdoshlar (Archadoshlar) (Cupressaceae) oilasi. Oilaga 19 turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar boʼlib, ularda smola yoʼllari boʼlmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki halqasimon oʼrnashgan. Changchi qubbalari yakka holda boʼlib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti reduksiyalangan. Urugʼchi qubbasida qoplagich tangacha barg va urugʼtangachasi qoʼshilib, oʼsib bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yogʼochlangan yoki yumshoq etli (archalar) dir.[2.[160]]

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling