Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat


Urug’li qirqquloqsimonlar ajdodi - Lyginopteridopsida (Pteridospermae)


Download 0.69 Mb.
bet2/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1220474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilas

Urug’li qirqquloqsimonlar ajdodi - Lyginopteridopsida (Pteridospermae)


Bu ajdodga mansub turlar to’liq qirilib ketgan. Ular yuqori Devon davrida paydo bo’lib, Toshko’mir davrida yer yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari Perm davrining oxirlarigacha o’sgan. Urug’li qirqquloqlar daraxt, liana va o’t o’simliklarni o’z ichiga olgan.
Barglari yirik, murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning barglariga o’xshash bo’lgan. Xarakterli xususiyatlari ular urug’ hosil qilgan. Urug’li qirqquloqlar urug’lari yordamida ko’paygan. Biroq urug’lari juda sodda tuzilishga ega bo’lib, urug’ murtagi bo’lmagan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug’li o’simliklar emas, balki urug’kurtakli o’simliklar deb atashgan. Mikrosporangiyalari tuzilishi jihatdan hozirgi qirqquloqlarnikiga o’xshash bo’lgan. Urug’li qirqquloqlarning mikrosporalari kattaligi va tuzilishi jihatdan har xil bo’lgan.
Urug’li qirqquloqlarning poyasi datslab protostel tipda bo’lib, keyinchalik sifonostel tipga o’tgan. Poyasining o’zak qismi atrofida bir qancha o’tkazuvchi bog’lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo’lgan.
Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat: Lignopterisnamolar - Lyginopteridales, Medullosnamolar - Medullosales, Keytoniyanamolar - Caytoniales, Glossopterisnamolar - Glossopteridales.
BENNETTITSIMONLAR AJDODI - BENNETTITOPSIDA
Bennettitsimonlar asosan Perm davriga oid qazilma o’simliklardir. Bo’r davrining oxirlarida, ya’ni 70 mln. yil ilgari ular batamom qirilib ketgan (14-rasm). Bennetgitlarning qoldiqdari O’zbekistan (Hisor tizmasi) dan ham topilgan. Ular tashqi ko’rinishdan hozirgi sagovniklarga o’xshash bo’lgan. Bennettitlarning poyasi yo’g’on bo’lib, tik o’sgan. Barglari ko’pchilik turlarida murakkab patsimon, ayrimlarida esa oddiy va butun bo’lgan. Poyasida o’zak va po’stloq qavatlari rivojlangan, yog’ochlik qismi esa kam taraqqiy etgan. Shuningdek kambiy qavati va kollateral tipdagi o’tkazuvchi bog’lamlari bo’lgan. Qubbalaridagi barglari spiral shaklda o’rnashgan. Undan ichkarida mikrosporofillar o’rnashgan. Mikrosporafillardagi mikrosporangiyalarda bir qancha mikrosporalar hosil bo’lgan. Mikrosporafillar qubbadagi tangachasimon barglari bilan navbatlashib joylashgan. Tangachasimon barglarga bo’lg’usi gulqo’rg’on deb qaraladi. Mikrosporafillarda urug’kurtak taraqqiy yetgan. Urug’lari kichik, ya’ni sholi doni kattaligida bo’lgan.
Bennettitsimonlarning urug’i ikki palladan iborat bo’lib, urug’pallalarida zahira moddalari to’plangan. Bennettitsimonlar ko’pincha ikkita: Vilyamsoniyadoshlar - (Williamsoniaceae) va
Bennettitdoshlar - (Bennettitaceae) oilasiga ajratiladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling